Bugungi kunda aniq ma’lumotni Internetdan qidirish behuda harakatdek tuyuladi.
Xatto, ba’zi yangiliklar chalg’ituvchi yoki to’g’ridan-to’g’ri yolg’on kontentga asoslangan bo’lishi mumkin.
Shu kabi o’zgarishlar natijasida ko’plab investorlar dezinformatsiya ya’ni noto’g’ri ma’lumotni yo’q qilishga qaratilgan bizneslarni qo’llab-quvvatlashga e’tiborlarini qaratmoqda.
Bu yangilik emas. Bir yil oldin biz dezinformatsiya va noto’g’ri ma’lumotlarga qarshi kurashish yo’llari ustida ishlayotgan moliyalashtirilgan startaplar haqida yozgan edik, ularning ba’zilari katta kapital yig’di. Biroq, hammasi ham kutilgan natija bermayapti.
AI yolg’onlariga qarshi kurashish uchun AI vositalari
Investorlarni nimaga qiziqtirayotganini tushunish uchun biz 16 ta kompaniya roʻyxatini tuzdik, ularning aksariyati oxirgi marta oʻtgan yili o’z investitsiyalarini jalb qilgan. Bugungi kunga qadar saralangan startaplar birgalikda 250 million dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishgan.
Umuman olganda, bu guruh AI ga katta e’tibor qaratgan bo’lib, dezinformatsiyani yaratish va unga qarshi kurashishda sun’iy intellektning ortib borayotgan rolini aks ettiradi.
Quyidagi jadvalda dezinformatsiyaga qarshi kurashayotgan ba’zi kompaniyalar va ularga ajratilgan investitsiyalar bilan tanishishingiz mumkin:
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2024/03/image-2.png)
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2024/03/image-5.png)
Shunisi e’tiborga loyiqki, bir necha yirik moliyalashtirish loyihalari faqat joriy yilning o’zida yopildi. Fevral oyida, masalan, zararli deepfakes va AI tomonidan yaratilgan sintetik ommaviy axborot vositalarini aniqlaydigan va himoya qiluvchi dasturiy ta’minot provayderi Clarity moliyalashtirishning dastlabki bosqichida 16 million dollar oldi. Bessemer Venture Partners va Walden Catalyst ikki yil oldin tashkil etilgan Nyu-Yorkdagi kompaniyani moliyalashtirishga rahbarlik qilishdi.
Bir necha hafta oldin Google kompaniyasining mahsulotlarga ishonch va xavfsizlik bo’yicha jamoasining sobiq rahbari tomonidan asos solingan yashirin startap Reken birinchi bosqichda 10 million dollar yig’di. Greycroft va FPV Ventures generativ sun’iy intellekt tahdidlaridan himoya qilish uchun platforma ustida ishlayotgan San-Fransiskoda joylashgan kompaniyaga sarmoya kiritdi.
Xuddi shunday, Tel-Avivda joylashgan Cyabra, ijtimoiy tahdidlar bo’yicha razvedka kompaniyasi yanvar oyida 5,7 million dollarlik A seriyasini yopib qo’yganini e’lon qildi. O’tgan haftada Los-Anjelesda joylashgan PeakMetrics, tashkilotlar uchun ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontentni topish va ularga tezkor javob berish vositalarini ishlab chiquvchi loyiha esa 3 million dollar investitsiya olishga muvaffaq bo’ldi.
Reputational damage nazorati
Globallashuv zamonida, mashhur brendlar, korxonalar va jismoniy shaxslarning obro’sini himoya qilishga asoslangan biznes modellari keng tarqalgan. Ro‘yxatimizdagi startaplarning yarmidan ko‘pi ma’lum darajada ushbu strategiyaga amal qiladi.
Biroq, kelajakka nazar tashlaydigan bo’lsak, dasturiy ta’minoti uchun onlayn auditoriyani aldashni kamaytirish borasida qo’shimcha texnologiyalarni ko’rib chiqish maqadga muvofiq bo’ladi. Bu, ayniqsa, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent uchun foydali bo’lar edi.