Startup (Startap) o‘zi nima? Ko‘pchilik shu savolni berishi tabiiy, yaqin yillarda O‘zbekistonda ham Startap iborasi tilga olinishi ko‘paydi.
“Startap bu – bir guruh jamoa bilan endigina boshlangan loyiha”. Startaplar odatda 3-5 kishi bilan boshlanib, keyinchalik 10.000lagan insonlar faoliyat olib boradigan kompaniyaga aylanishi mumkin. Jahon tajribasida, Uber, Airbnb, Tvitter, Instagramlar shular jumlasidan.
O‘zbekistonda startaplar ko‘p emas, sanoqli. Ammo yaqin yillarda bu yana-da ko‘payishi kutilmoqda. Bunga albatta Venture va Fondlarning harakati ko‘p bo‘layotgan tahsinga loyiq (Venturlar haqida keyinroq).
Startaplar rivojlanishi juda ham jamiyatga ko‘p foydalar olib keladi. Jumladan ovqat yetkazib berish xizmatlari, masalan Uzum tezkor yoki Yandex Eats, insonlar hayotida ovqat buyurtma qilish madaniyatini keskin o‘zgartirdi desak, Mohirdev, Qalan.uz va Ibrat Akademiyasi kabi taʼlim platformalari, taʼlim sohasida keskin burilish qilib jamiyatga o‘zgacha takliflar va xizmatlarni taqdim qildi. Yana ko‘p loyihalarni misol tariqasida olsak bo‘ladi. Bular barchasi faqat va faqat jamiyat uchun yengilliklar va insoniyat rivojiga xizmat qiladi.
Startap qurish rejangiz bo‘lsa, albatta bizdagi baʼzi shu yo‘nalishda yordam beradigan dasturlarga murojaat qiling, masalan Swift Launch startaplar qurish dasturida qatnashib, turli xil g‘oyalar ustida ishlashingiz va angel, vslardan sarmoyalar jalb qilishda yordam olishingiz mumkin.