Mohirdev- bu IT sohasi bo’yicha onlayn platforma hisoblanib, unda data science, sun’iy intellekt, frontend ishlab chiquvchi yo’nalishlari bo’yicha kurslar o’rgatiladi. Shuningdek dasturlash tiliga — Python, Java JavaScript, C++, Go (golang) ga doir darslar ham mavjud. Hozirda 8 ta butkemplar (dasturlashni intensiv o’rgatuvchi ta’lim lagerlari) bor bo’lib, ular 20 ta pulli va bepul kurslardan iborat.
Mohirdev bilan istalgan joyda, o’zingizga qulay vaqtda ta’lim olishingiz mumkin.