Mohirdev IOEʼning Seadstars bilan hamkorlikdagi 4-chi “Migration Challenge” nufuzli tanlovida final qatnashchisi sifatida tanlab olindi! “Quvonchimiz cheksiz, chunki bu tanlov migratsiya sohasiga innovatsiyalar kiritish va oʻz soʻzimizni aytish yoʻlidagi eng muhim qadamlardan biri boʻlmoqda.” deb yozadi Mohirdev asoschilaridan biri Muhammad Xalil o’z Linkedin sahifasida.
Jenevada boʻlib oʻtadigan GFMD 2024 koʻrgazmasida Mohirdevni qoʻllab-quvvatlashni unutmang. Bu shunchaki texnologiyaga oid tanlov emas, balki butun dunyo bo’ylab muhojirlar hayotida ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishni maqsad qilgan tadbirdir. Mohirdev aynan shu yerda, koʻplab global innovatorlar qatorida, oʻz ilgʻor yechimlarinii namoyish etadi.
Sammitda boshqa soha rahbarlari, potensial hamkorlar va ilgʻor insonlar bilan aloqa oʻrnatish mumkin.