Nufuzli CB Insights tahlilida, Plug and Play Ventures dunyo venchur firmalari orasida eng faol fond deb topildi. Yillar davomida Plug And Play Pre-Seed bosqichidan Series B bosqichigacha bo’lgan turli yo`nalishlardagi startaplarni qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Innovatsion g’oyalarni qo`llab-quvvatlash va keng ommaga tatbiq etishdagi harakatlari tahsinga sazovordir.
Plug and Play o’zlarining O’rta Osiyo mintaqasidagi birinchi investitsiyasini e’lon qilgan edi.
Shuningdek, Plug and Play jamoasi mintaqadagi innovatsion o’zgarishlarining bir qismi bo`lish va rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shayotganliklaridan mamnunligini, mintaqaning yuqori potensialga ega iqtidorli yoshlarini doim qo’llab-quvvatlashga doim tayyorligini bildirgan.