2023 yil 29 dekabrdagi 698-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko’ra, endilikda IT Park rezidentlari bo’lish imkoniyati quyidagi sohalarga ham ruxsat etiladi:
– Multimedia va dizayn sohasida (veb-dizayn, grafika dizayni, kompyuter o’yinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D-grafika, vizuallashtiruvchi dizayn, interfeys dizayni, texnik dizayn, motion dizayn) xizmat ko’rsatish;
– Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda multiplikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;
– Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati;
– Kibersport sohasida xizmat ko’rsatish.
![](https://pivot.uz/wp-content/uploads/2024/01/TyAaHj16616125131457_b.jpg)
Yuqorida keltirilgan sohalardagi kompaniyalarga soliq imtiyozlari hamda shu orqali IT eksportini qo’llab quvvatlash uchun imkoniyatlar beriladi.