Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

100 ta rad javobidan keyin Canva qanday qilib dizayn imperiyasiga aylandi?

by Pivot
Yanvar 26, 2026
in Asoschilar hikoyalari
Reading Time: 3 mins read
A A
100 ta rad javobidan keyin Canva qanday qilib dizayn imperiyasiga aylandi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bugun Canva 50 milliard dollarlik gigant, Melani Perkins esa dunyodagi eng boy o‘zini-o‘zi yaratgan ayollardan biri. Ammo 2010-yilda u Silikon vodiysi investorlari uchun shunchaki «Avstraliyadan kelgan xayolparast qiz» edi. Uning muvaffaqiyati ortida nafaqat texnologik yechim, balki suv ustidagi xavfli networking va mislsiz qaysarlik yotibdi.

Melanining tadbirkorlik instinkti 14 yoshida, qo‘lda to‘qilgan sharflarni sotishdan boshlangan. Biroq, haqiqiy burilish nuqtasi u universitetda grafik dizayn kurslaridan dars bera boshlaganida yuz berdi.

O’shanda bozor Adobe va Microsoft kabi gigantlar qo’lida edi. Photoshop yoki InDesign kabi dasturlar shunchalik murakkab ediki, bitta oddiy vizitka tayyorlash uchun talabalar oylab kurslarga qatnashiga to’g’ri kelardi. Melani dizayn dunyosidagi bu «byurokratiyani» ko’rdi: Nega chiroyli narsa yaratish uchun professional bo’lishing shart? Bu savol kelajakdagi Canva’ning poydevori bo’ldi.

G’oya katta bo’lsa ham uni rivojlantirish uchun yetarli pul yo’q bo’lgan. Melani va uning bo’lajak turmush o’rtog’i Klif Obrext g’oyani kichikroq joyda sinab ko’rishga qaror qilishdi. Ular maktab bitiruvchilari uchun yillik albomlarni onlayn yasash imkonini beruvchi Fusion Books loyihasini onasining mehmonxonasida boshlashdi.

Bu loyiha Melani uchun «MVP» (Minimal Working Product) vazifasini o’tadi. Ular u yerda foydalanuvchilar nima xohlashini o’rganishdi: tayyor shablonlar va «drag-and-drop» (turt va qo’yib yubor) funksiyasi odamlarga sehrdek tuyulardi. Bir necha yil ichida Fusion Avstraliyaning eng yirik albom nashriyotchisiga aylandi va Melani bu g’oyani dunyo miqyosida ishlatsa bo’ladigan loyihaga aylantirishni xohlardi.

2010-yilda Melani o’z loyihasini investorlarga ko’rsatish uchun AQSHga yo’l oldi. Ammo natija kutilganidan ancha og’ir bo’ldi. Investorlar «Adobe kabi gigantlar bor bozorda sizga joy yo’q» deb kulishardi.

Aynan shu yerda Melani o’zining eng noodatiy yurishini qildi. U mashhur investor Bil Tay bilan uchrashishga muvaffaq bo’ldi, biroq Bill uchrashuv davomida ko’proq o’zining sevimli sporti — kiteboarding haqida gapirardi. Melani tushunib yetdi: bu dunyoda eshiklarni ochish uchun faqat slaydlar yetarli emas, investorlar bilan «bir tilda» gaplashish kerak.

Melani suvdan qo’rqishiga qaramay, kiteboardingni o’rganishga kirishdi. U ko’kargan oyoqlari, doimiy jarohatlar va shamollashlarga qaramay, investorlar yig’iladigan «MaiTai» lagerlariga bora boshladi. U o’zining «pitch»ini (loyiha taqdimotini) ko’pincha suv ustida, taxtada turgancha amalga oshirgan. Bu qaysarlik Bil Tayga shunchalik yoqdiki, u birinchi bo’lib sarmoya kiritishga rozi bo’ldi.

100 ta «yo’q» va kutilmagan g’alaba

Canva investitsiya olishdan oldin 100 martadan ortiq rad javobini oldi. Melani har bir rad javobidan keyin prezentatsiyasini qaytadan ko’rib chiqardi va takomillashtirardi. 2013-yilda Google’ning sobiq dizayneri Kameron Adams jamoaga qo’shilishi va loyiha ishga tushishi bilan hammasi o’zgarib ketdi.

Canva dizaynni «demokratlashtirdi». Endi har qanday kichik biznes egasi, o’qituvchi yoki talaba bir necha daqiqada professional darajadagi vizuallar yarata olardi. Freemium modeli esa loyihani yashin tezligida virusdek tarqatib yubordi.

Muvaffaqiyat — bu sizning qanchalik aqlli ekanligingizda emas, balki 101-marta «ha» degan javobni eshitguncha urina olishingizda.

Perkins hozirda Canva’ni sun’iy intellekt (Magic Studio) bilan boyitmoqda. Uning maqsadi — dizaynni nafaqat hamma uchun ochiq, balki hamma uchun avtomatik qilish.

Tayyorladi: Gulzoda Abduhalilova

Previous Post

General Atlantic o’z ulushini oshirishi ortidan Odoo’ning bozor qiymati 7 milliard yevrodan oshdi

Next Post

$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar

Pivot

Related Posts

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Yanvar 28, 2026
$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar

$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar

Yanvar 27, 2026
Next Post
$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar

$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar

Fevral oyida Apple nihoyat Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangilangan Sirini taqdim etadi

Fevral oyida Apple nihoyat Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangilangan Sirini taqdim etadi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

Iyun 8, 2026
Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026
IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

Iyun 5, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi
  • Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda
  • IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?