Press ESC to close

Abdulla Qurbanovning Ayan Capital kompaniyasi Buyuk Britaniyada Islomiy fintexni rivojlantirish uchun 3,6 mln dollar investitsiya jalb qildi

Londonda joylashgan, Abdulla Qurbanov bilan hamkorlikda tashkil etilgan Ayan Capital Buyuk Britaniyada halol moliyaviy yechimlar doirasini kengaytirish uchun $3,6 million miqdorida investitsiya jalb qildi. Qurbanov, Markaziy Osiyoning yetakchi Islomiy raqamli banki Alifni yaratgani bilan tanilgan bo‘lib, o‘z tajribasini Buyuk Britaniya moliya bozoriga olib kelmoqda. Moliyalashtirish raundini Buyuk Britaniyada joylashgan etikal investitsiyalarga ixtisoslashgan Cur8 Capital platformasi olib bordi.

2024-yil boshida Ayan Capital xususiy avtomobillar uchun haydovchilarga, jumladan Uber, Bolt va Wheely kabi platformalarda ishlovchi haydovchilarga elektromobillar (EV) va past chiqindi gazli gibrid avtomobillarni sotib olish uchun halol avtokredit dasturini ishga tushirdi. Ayanning maxsus ma’lumotlarga asoslangan underwriting texnologiyasi tufayli loyiha 3,4 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ ajratib, 0% noreal kreditlar (NPL) darajasini muvaffaqiyatli saqlab kelmoqda.

2024-yil noyabr holatiga ko‘ra, kompaniya halol avtokreditlashda oyma-oy 97% o‘sish suratiga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so’ng, Ayan yaqinda AyanPayni – avtomobil ta’mirlash va uy jihozlash uchun 0% li moliyalashtirish xizmatini ishga tushirdi. AyanPay mijozlarga 12 oylik muddatga £20,000 gacha foizsiz kredit olish imkonini beradi.

Ayanning asosiy maqsadi — rivojlangan va rivojlanayotgan bozorlarda Shariatga mos moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirish orqali global Islomiy neobankga aylanishdir. Kurbanovning qayd etishicha, dunyodagi 1,7 milliard bank xizmatlaridan foydalanmaydigan aholining deyarli yarmi musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etuvchi mamlakatlarda istiqomat qiladi, bu esa katta imkoniyat yaratadi.

“Bizning maqsadimiz texnologiyaga asoslangan halal moliyaviy xizmatlar ekotizimini yaratishdir, ular an’anaviy xizmatlardan arzonligi, qulayligi va foydalanuvchilarga mosligi bilan ajralib turadi,” — deya ta’kidladi Qurbanov.

Ayanning asoschilari katta tajribaga ega. Ular avval Alifni – 3,8 million mijozga xizmat ko‘rsatuvchi va 1,300 dan ortiq xodimlarga ega Markaziy Osiyodagi bank va fintex guruhini tashkil qilgan. Shuningdek, Alif Akademiyasini ham tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda bepul dasturlash kurslaridan 3,000 dan ortiq bitiruvchi chiqqan.

Cur8 Capital boshqaruvchisi Uzair Ali izoh berdi:

“Gen Z musulmonlarining 85% o‘z qadriyatlariga mos bank xizmatlarini izlashayotganini hisobga olsak, Ayan ulkan imkoniyatdan foydalanmoqda. Abdulloning tasdiqlangan natijalari va jamoaning katta tajribasi ularning raqamli Islomiy neobankni qurish rejasiga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaydi. Ularning avtomobil moliyalashtirishdan boshqa yechimlarga muvaffaqiyatli kengayishi tahsinga sazovor.”

Cur8 Capital’ning investitsiyasi Ayan’ga Buyuk Britaniya bozorida yangi texnologiyaga asoslangan mahsulotlarni taqdim etish imkonini beradi. Ushbu mahsulotlar fintex ekotizimidagi uzoq kutish vaqtlari, yashirin to‘lovlar va mijozlar tajribasidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan.

“Bizga ishonch bildirgan investorlarimizdan minnatdormiz, – deydi Qurbonov. “Ushbu mablag‘ bizga Buyuk Britaniya bozoridagi mijozlar muammolarini hal qilish imkonini beradi va bu jarayonda biz o‘z qadriyatlarimiz va tamoyillarimizga sodiq qolamiz.”

2023-yilda tashkil etilgan Ayan Capital ilg‘or texnologiyalar va ochiq bank tizimidan foydalanib Islomiy moliya yechimlarini taklif qiladi. Hozirgi vaqtda kompaniya halol avtokredit, xususiy haydovchilar uchun ijaradan sotib olish dasturlari, shuningdek, uy jihozlash va avtomobil ta’mirlash uchun 0% moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. Kompaniyaning maqsadi global miqyosda axloqiy va shariatga mos moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirishdir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan