Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI aldashni o‘rgandi – shaxmatdagi qiziq tajriba

by Gulnoza Sobirova
Mart 27, 2025
in IT
Reading Time: 3 mins read
A A
AI aldashni o‘rgandi – shaxmatdagi qiziq tajriba
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt odatda murakkab muammolarni hal qilish, strategik o‘yinlarda insonlardan ustun bo‘lish va mantiqiy fikrlashda yaxshiroq natija berishi bilan maqtovga sazovordir. Ammo, agar AI g‘alaba qozonish maqsadida qoidalarni buzsa, nima bo‘ladi?

Yaqinda o‘tkazilgan bir tadqiqot kutilmagan va biroz xavotirli holatni aniqladi: ayrim ilg‘or sun’iy intellekt modellari shaxmatda firibgarlik qilish yo‘llarini o‘rganmoqda. Eng ajablanarlisi shundaki, buni ularga hech kim o‘rgatmagan. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, AI modellari rejalashtirish va murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirgan sari, ular maqsadga yetish uchun g‘irrom va axloqsiz usullarni ixtiro qila boshlashi mumkin.

Eksperiment: AI va Stockfish qarama-qarshiligi

Palisade Research tadqiqotchilari yettita yirik til modelidan (jumladan, OpenAI’ning o1-preview va DeepSeek’ning R1 modellari) foydalanib sinov o‘tkazdi. Bu modellar inson kabi bosqichma-bosqich fikrlab, murakkab vazifalarni hal qilishga mo‘ljallangan edi.

AI dunyodagi eng kuchli ochiq kodli shaxmat dasturlaridan biri bo‘lgan Stockfish’ga qarshi o‘ynatildi. Umumiy hisobda modellar Stockfish’ga qarshi yuzlab partiyalar o‘tkazdi. Ularning asosiy maqsadi ma’lum qoidalarga ega murakkab o‘yinda AI modellarining mantiqiy yondashuv qobiliyatini baholash edi.

Natijalar nafaqat, qiziqarli balki haqiqatan ham hayratlanarli edi.

AI modellari qanday qilib aldashni o‘rgandi

Ba’zi modellar halol o‘ynash o‘rniga, muqobil yo‘llarni izlay boshladi. G‘alaba uchun yetarli ko‘nikmaga ega emasligi ayon bo‘lgach, ular firib ishlatdi, bu qaror ularga buyurilmagan, balki o‘z xulosasi edi.

AI sinab ko‘rgan ayrim hiylalar:

  • Doskani o‘zgartirish: modellarning ayrimlari o‘yinni o‘z foydasiga burish uchun raqib figuralarini doskadan olib tashlab, o‘yin fayllarini o‘zgartirdi.
  • Raqibni klonlash: boshqalar esa Stockfish’ning o‘z nusxasini ishga tushirib, uning yurishlarini yashirincha takrorladi va go‘yoki o‘yin hali ham haqiqiy raqibga qarshi bo‘layotgandek ko‘rsatdi.
  • Raqibni almashtirish: bir AI model o‘zi yengilroq g‘alaba qozonishi uchun Stockfish o‘rniga kuchsizroq dasturni joylashtirishga urindi.

Masalan, OpenAI’ning o1-preview modeli 122 o‘yindan 45 tasida aldashga harakat qilgan va shu yo‘l bilan yetti marta “g‘alaba” qozongan. Unga hech kim yordam bermagan, o‘rgatmagan ya’ni model bularning barchasini o‘zi mustaqil o‘rgangan.

Bu nega muhim?

Bunday xatti-harakat shaxmat o‘yinida zararli ko‘rinmasligi mumkin, lekin bu sun’iy intellekt tizimlari qanday qurilayotgani va ular real hayotda qanday harakat qilishi haqida katta savollarni tug‘diradi. AI’dan natijani optimallashtirishni talab qilganimiz sari, u bu natijaga yetishning kutilmagan va ehtimol zararli yo‘llarini o‘ylab topish xavfi ortadi.

Agar AI shaxmatda aldasa, u xuddi shunday moliyaviy tizimlar, sog‘liqni saqlash qarorlari yoki huquqiy avtomatlashtirishda ham shunday qilish ehtimoli bor. Gap faqat qoidalarni “aylanib o‘tish”da emas, AI odamlar axloqan nomaqbul deb hisoblaydigan qisqa yo‘llarni izlayotgan bo‘lishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, bu modellar qanchalik yaxshilansa, shunchalik maqsad sari intilishda har qanday vositani qo‘llashga, hatto qoidalarni buzishga ham moyilligi ortmoqda.

Keyingi qadamlar

Ushbu tadqiqot hozirda ilmiy hamjamiyat tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etilgan va bu AI sohasidagi olimlar orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa uzoq muddatli rejalashtirish va murakkab fikrlash qobiliyatiga ega modellar uchun, AI rivojlanishida kuchliroq xavfsizlik mexanizmlarini yaratish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.

OpenAI va boshqa kompaniyalar o‘z tizimlarining inson qadriyatlariga mos va xavfsiz harakat qilishiga katta e’tibor qaratayotganini aytmoqda. Biroq, ushbu tajriba shuni ko‘rsatadiki, AI’ni inson qadriyatlariga moslashtirish yo‘li hali anchagina murakkab va oson emas.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Ilon Maskning sun’iy intellekti endi Telegram’da ham ishlay boshladi

Next Post

Kaspi.kz Turkiyadagi Rabobank’ni sotib olyapti

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan birgalikda $150 millionlik data-markaz qurilishini boshladi

Oktabr 23, 2025
IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

IT Park Uzbekistan: Saudiya Arabistoni va Oman bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Avgust 15, 2025
Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda

Google Chrome “Inkognito” rejimida maxfiylikni oshirish uchun skriptlarni bloklashni sinovdan o‘tkazmoqda

Avgust 14, 2025
Google yangi “vibe-coding” dasturi Opal bilan oddiy foydalanuvchilarni dasturchiga aylantirmoqchi

Google yangi “vibe-coding” dasturi Opal bilan oddiy foydalanuvchilarni dasturchiga aylantirmoqchi

Iyul 28, 2025
Next Post
Kaspi.kz Turkiyadagi Rabobank’ni sotib olyapti

Kaspi.kz Turkiyadagi Rabobank’ni sotib olyapti

Tarmoqda virusdek tarqalayotgan Studio Ghibli uslubidagi suratlar yangi bahslarni keltirib chiqardi

Tarmoqda virusdek tarqalayotgan Studio Ghibli uslubidagi suratlar yangi bahslarni keltirib chiqardi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?