Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI eng yaxshilar va boshqalarni ajratadimi?

by Gulnoza Sobirova
Fevral 23, 2025
in AI
Reading Time: 4 mins read
A A
AI eng yaxshilar va boshqalarni ajratadimi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Fevralning 10-11-kunlari Parijda bo‘lib o‘tgan sammitda dunyoning eng yirik sun’iy intellekt (AI) yetakchilari kelajak haqidagi dadil bashoratlarini e’lon qildi. Google kompaniyasining asoschisi, Alphabet bosh direktori Sundar Pichay AI’ni “hayotimizdagi eng keskin burilish” deb atadi. Anthropic bosh direktori Dario Amodey esa AI “dunyo mehnat bozoriga tarixdagi eng katta o‘zgarishni olib kelishini” aytdi. OpenAI rahbari Sem Altman esa yanada ilgarilib, kelgusi o‘n yillikda AI har bir insonni bugungi eng muvaffaqiyatli odamlardan ham unumliroq ishlashga qodir qiladi, deb ta’kidladi.

Bu g‘oya dastlab hayajon bilan kutib olindi. Ko‘plab ekspertlar AI barchaga bir xil imkoniyatlar beradi, deb hisoblashdi – yangi texnologiyalar tajribasiz odamlarga ham mutaxassislar kabi samarali ishlash imkonini berishi kutilgan edi. AI vositalari yozish, tadqiqot qilish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi vazifalarda yordam bera olishi tufayli har bir inson o‘z mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Nvidia bosh direktori Jenson Xuang kelajakda har bir xodim o‘zining sun’iy intellekt yordamchisi ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘lishini tasavvur qildi.

Biroq, yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, AI umid qilinganidek hammani tenglashtirish o‘rniga, eng yaxshi odamlarga ustunlik berib, boshqalarni ortda qoldirishi mumkin.

AI kimga foyda: eng yaxshilargami yoki boshqalarga?

Dastlabki tadqiqotlar AI eng ko‘p yangi boshlovchilarga yordam berishini ko‘rsatgandi. 2023-yilda Stenford va MIT olimlari o‘tkazgan tadqiqot shuni aniqladiki, sun’iy intellekt mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi ishchilarning samaradorligini 34 foizga oshirdi, ularga tezroq va yaxshiroq javob berishga yordam berdi. Shunga o‘xshash tadqiqotlar AI zaif yozuvchilarga mahoratini oshirishga yordam bergani va hattoki huquqshunoslik talabalarining shartnomalar tuzish bo‘yicha ko‘nikmalarini yaxshilaganini ko‘rsatdi. G‘oya oddiy edi: AI tajribasi kam ishchilarga qisqa yo‘l bilan yaxshiroq natijaga erishish imkoniyatini berishi kerak edi.

Biroq, endi yangilangan tadqiqotlar boshqacha natijalarni ko‘rsatmoqda. AI hamma uchun foydali bo‘lish o‘rniga, asosan eng kuchli mutaxassislar uchun samarali ishlaydi – ya’ni allaqachon malaka va bilimga ega bo‘lganlar uchun. Nega? Chunki AI’dan samarali foydalanish faqatgina uning javoblarini qabul qilish bilan emas, balki qaysi ma’lumot foydali, qaysi biri esa noto‘g‘ri ekanini tahlil qila olish bilan bog‘liq.

Masalan, MIT tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, AI eng yaxshi olimlarning mahsuldorligini ikki baravar oshirib, yangi materiallarni kashf etish jarayonini tezlashtirgan. Biroq, kamroq tajribaga ega tadqiqotchilar uchun AI hech qanday foyda bermagan – ular AI yaratgan g‘oyalarning qaysi biri yaxshi yoki yomonligini ajrata olmagan.

Xuddi shunday, Keniyadagi tadbirkorlar ustida o‘tkazilgan yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi biznes egalari AI yordamida foydalarini 15 foizga oshirgan, tajribasi kamroq tadbirkorlar esa zarar ko‘rgan. Chunki ular AI maslahatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilib, ularni biznes modeliga moslashtira olmagan.

Sun’iy intellekt ish bozorini o‘zgartiradi, ammo bu hamma uchun teng ta’sir qilmaydi

AI allaqachon oddiy va takrorlanuvchi ishlarni avtomatlashtirmoqda. Masalan, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalari kassirlarni almashtirdi. Endilikda esa, AI bilan ishlovchi chat-botlar mijozlarga xizmat ko‘rsatish xodimlarini o‘rnini egallamoqda. ServiceNow Technology kompaniyasi rahbarlaridan biri shuni ta’kidladi: mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolarning 85 foizini endi inson ishtirokisiz hal qilish mumkin. Bu shuni anglatadiki, AI dastlab ishchilarning tezligini oshirsa ham, uzoq muddatda ularni butunlay almashtirishi mumkin.

Hatto yuqori malakali kasblarda ham AI ish vazifalarini o‘zgartirmoqda. Yirik yuridik firmalarda endi AI shartnomalarni bir necha soniyada tahlil qila oladi, ilgari bu ish yosh yuristlar tomonidan bajarilardi. Natijada, yangi kasb egalariga o‘z qadr-qimmatini saqlab qolish uchun tezroq yangi ko‘nikmalar o‘rganishi zarur bo‘lmoqda. Yetakchi yuridik firmalardan birining hamkori shunday izoh berdi: eng yaxshi yuristlar AI’dan strategik qarorlar qabul qilish uchun foydalanmoqda, holbuki kuchsizroq mutaxassislar bu texnologiya bilan hamnafas bo‘lishda qiynalmoqda.

Kelajak: Eng yaxshi va o‘rtachalar orasidagi farq kattalashadi

Tarix davomida yangi texnologiyalar har doim g‘olib va mag‘lublarni yaratgan. Sanoat inqilobi davrida mashinalarni tushungan muhandislar ko‘proq daromad topgan bo‘lsa, jismoniy mehnatga tayanadigan ishchilar ish o‘rinlarini yo‘qotgan. Kompyuterlar ommalashganda dasturiy ta’minot muhandislari muvaffaqiyatga erishdi, lekin mashinkada yozuvchilar yo‘qolib ketdi. AI ham shu ketma-ketlikni takrorlayotganga o‘xshaydi – tanqidiy fikrlay oladigan, murakkab ma’lumotlarni tahlil qilib, tez moslasha oladigan odamlar bundan foyda ko‘radi.

AI rivojlanib borar ekan, u yarim-avtonom AI yordamchilarini yaratishi mumkin, xuddi Nvidia bosh direktori bashorat qilganidek. Agar bu amalga oshsa, har bir xodim AI tomonidan boshqariladigan “CEO yordamchi”ga ega bo‘lishi mumkin. Ammo hamma ham undan samarali foydalanishni bilmaydi. Eng yuqori malakaga ega bo‘lganlar doim oldinda qolishning yangi yo‘llarini topadi, natijada eng yaxshi ishchilar va qolganlar o‘rtasidagi farq yanada kattalashadi.

Xulosa qilib aytganda, AI hammani tenglashtiradigan sehrli vosita emas. Kelajak AI’ni oqilona ishlata oladigan odamlarga tegishli bo‘ladi – ya’ni nafaqat AI javoblariga ergashadigan, balki ularni shubha ostiga qo‘yib, takomillashtiradigan va yaxshilay oladigan insonlarga.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

YouTube yaqin orada ‘Premium Lite’ obuna ta’rifini  ishga tushiradi

Next Post

Qanday qilib DeepSeek sun’iy intellekt brend strategiyasini o‘zgartirmoqda?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Sentabr 9, 2026
Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Claude Code endi dizayn ham yaratadi

Avgust 20, 2026
Grok 4.6 taqdim etildi: yangi model uzoq muddatli AI-agentlar uchun yaratilgan

Grok 4.6 taqdim etildi: yangi model uzoq muddatli AI-agentlar uchun yaratilgan

Avgust 13, 2026
Gemini oyiga 1 milliard faol foydalanuvchiga yetdi

Gemini oyiga 1 milliard faol foydalanuvchiga yetdi

Avgust 12, 2026
Next Post
Qanday qilib DeepSeek sun’iy intellekt brend strategiyasini o‘zgartirmoqda?

Qanday qilib DeepSeek sun’iy intellekt brend strategiyasini o‘zgartirmoqda?

Canva: Dizayn olamini barcha uchun ochgan startap

Canva: Dizayn olamini barcha uchun ochgan startap

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?