Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI gigantlari qanday startaplarni sotib olyapti?

by Pivot
Iyun 20, 2026
in Maqolalar
Reading Time: 4 mins read
A A
AI gigantlari qanday startaplarni sotib olyapti?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bir necha yil oldin yirik texnologik kompaniyalar startaplarni asosan ularning foydalanuvchilari uchun sotib olardi. Facebook Instagram’ni tez o‘sayotgan auditoriyasi uchun oldi. Google YouTube’ni esa internetdagi video kelajagini ko‘rgani uchun sotib oldi. O‘sha paytda qiymat aniq edi: foydalanuvchilar, trafik va bozor ulushi. Lekin AI davrida qoidalar o‘zgardi. Bugun OpenAI, Meta, Anthropic va Google kabi kompaniyalar har doim ham millionlab foydalanuvchisi yoki katta daromadi bor startaplarni sotib olayotgani yo‘q. Ba’zida ular kichik jamoalarni, tor yo‘nalishdagi mahsulotlarni yoki hali erta bosqichdagi startaplarni sotib olyapti. Savol: nega?Javob AI sanoatining qanday o‘zgarayotganida. Sun’iy intellekt poygasida endi eng qimmat aktiv foydalanuvchi emas. Eng qimmat aktiv — iste’dod, texnologiya, maxsus ma’lumotlar va strategik ustunliklardir. Yaqinda sodir bo‘layotgan sotib olishlar to‘lqini aynan qayerga ketayotganimizni va founderlar nimaga e’tibor berishi kerakligini ko‘rsatadi.

So‘nggi yilda AI sohasida kompaniyalarni sotib olish keskin oshdi. Yirik AI kompaniyalari hamma narsani ichida qurish o‘rniga, tezroq rivojlanish uchun startaplarni sotib olishni afzal ko‘rmoqda. OpenAI, Meta, Anthropic va boshqalar endi faqat model emas, balki butun ekotizim qurishga harakat qilmoqda. Endi raqobat faqat eng kuchli model yaratish haqida emas. Bu — eng kuchli AI ekotizimini qurish haqida. Startap sotib olish esa buni tezlashtirishning eng to’g’ri yo’li sifatida qaralmoqda.

1. Iste’dod mahsulotdan qimmatlashdi

AI sotib olishlaridagi eng katta trend — bu jamoalarning qiymati oshishi. Masalan, OpenAI Hiro nomli AI moliyaviy yordamchi startapini sotib oldi. Bitimdan keyin mahsulot yopildi va butun jamoa OpenAI tarkibiga qo‘shildi.Bu yerda asosiy narsa mahsulot emas edi.Asosiy narsa — uni yaratgan odamlar edi. Bunday bitimlar “acqui-hire” deb ataladi, ya’ni kompaniya mahsulot uchun emas, iste’dod uchun sotib olinadi.

Sababi oddiy: eng kuchli AI muhandislari va tadqiqotchilar dunyodagi eng qimmat resurslardan biriga aylangan. Ba’zida butun startapni sotib olish, alohida odamlarni yollashdan tezroq va samaraliroq bo‘lib qolmoqda. AI davrida kuchli jamoa o‘zi ham sotib olinadigan aktivga aylanmoqda.

2. AI agentlari davri keldi

2023-yilda deyarli hamma chatbot qilardi. 2026-yilga kelib esa e’tibor AI agentlarga o‘tdi. Agentlar oddiy chatbotlardan farqli ravishda mustaqil ishlaydi: ular tadqiqot qiladi, vazifalarni bajaradi, kod yozadi, ma’lumot tahlil qiladi va ko‘p bosqichli jarayonlarni mustaqil boshqaradi. Bu o‘zgarish butun bozorni boshqacha yo‘nalishga olib chiqmoqda. Meta tomonidan Manus startapining sotib olinishi ham agentik AI keyingi bosqichning eng muhim yo‘nalishi ekanini ko‘rsatadi.

Endi asosiy savol: “Kimning modeli kuchli?” emas. “Kim real ishni bajara oladigan agentlar yarata oladi?” AI agentlar eng tez o‘sayotgan va eng qimmat segmentga aylanmoqda.

3. AI’ni joriy qilish — eng katta muammo

Ko‘pchilik AI rivojini faqat model darajasida ko‘radi. Lekin bizneslar uchun asosiy muammo boshqa joyda. Ular AI’ga kirish imkoniga ega. Lekin uni ishlatishni bilmaydi. Kompaniyalar ChatGPT yoki Claude’ga ulanishni biladi, lekin uni o‘z biznes jarayonlariga integratsiya qilish qiyin. Shu sababli AI implementatsiya bozori tez o‘smoqda. Yirik AI kompaniyalari endi faqat model emas, balki korxonalarga AI’ni joriy qilishda yordam beradigan kompaniyalarga ham qiziqmoqda.

AI’dagi eng katta muammo texnologiya emas. Eng katta muammo — uni ishlatish. AI’ni biznesga joriy qilish eng katta imkoniyatlardan biriga aylanmoqda.

4. Vertikal AI startaplar yuqori baholanmoqda

AI bozoridagi eng kuchli trendlardan biri — vertikal mahsulotlarning o‘sishi. Bunga eng yaxshi misol — Cursor. Cursor yangi model yaratmadi, OpenAI yoki Anthropic bilan raqobatga ham kirishmadi. U shunchaki dasturchilar uchun real muammoni hal qiladigan mahsulot yaratdi va AI’ni kundalik ish vositasiga aylantirdi.Natijada u juda tez o‘sib, eng qimmat AI startaplar qatoriga chiqdi.

Eng katta qiymat har doim ham eng kuchli modelda emas. Ko‘pincha qiymat — mavjud AI texnologiyasini real muammoga aylantira olishda. Eng istiqbolli yo‘nalishlar:

  • Sog‘liqni saqlash
  • Moliya
  • Logistika
  • Ta’lim
  • Kiberxavfsizlik
  • Yuridik xizmatlar

Bu sohalarda vertikal AI mahsulotlari umumiy chatbotlardan ko‘ra ko‘proq qiymat yaratishi mumkin. Vertikal AI — eng tez o‘sayotgan va eng barqaror yo‘nalishlardan biri.

So‘nggi AI xaridlariga qaraydigan bo’lsak, AI gigantlari asosan 4 turdagi aktivlarni sotib olyapti:

  • kuchli AI jamoalari
  • agentik AI texnologiyalari
  • AI implementatsiya xizmatlari
  • vertikal AI mahsulotlari

Muhim jihat shuki, bu kompaniyalarning ko‘pchiligi katta foydalanuvchiga ega emas. Ularning ustunligi — nusxalash qiyin bo‘lgan qiymat yaratganida.

Bugun ko‘p startaplar yana bir AI chatbot yaratishga urinmoqda. Lekin milliard dollarlik bitimlar boshqa narsani ko‘rsatmoqda: xaridorlar chatbotlarni emas, strategik ustunliklarni sotib olyapti. Bu ustunliklar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • noyob ekspertiza
  • maxsus ma’lumotlar
  • chuqur integratsiya
  • yoki aniq bir bozorni boshqalardan yaxshiroq tushunish

AI iqtisodiyotida eng qimmat kompaniya — eng ko‘p funksiyaga ega kompaniya emas. Eng qimmat kompaniya — nusxalash eng qiyin bo‘lgan qiymatni yaratgan kompaniya.

Tags: #agentlar#AI
Previous Post

Founder kompaniyani boshqaradimi yoki kompaniya founderni?

Next Post

O‘zbekiston va Qatar AI hamda startaplar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Pivot

Related Posts

Y Combinator Fall 2026: Mahalliy founderlar qaysi g‘oyalarga e’tibor qaratishi kerak?

Y Combinator Fall 2026: Mahalliy founderlar qaysi g‘oyalarga e’tibor qaratishi kerak?

Avgust 4, 2026
Nega startaplarning 90 foizi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? G’oyadan bozorgacha eng muhim saboqlar

Nega startaplarning 90 foizi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? G’oyadan bozorgacha eng muhim saboqlar

Iyul 16, 2026
Arzon tokenlar davri tugagach narxlar qanday o’zgaradi?

Arzon tokenlar davri tugagach narxlar qanday o’zgaradi?

Iyul 11, 2026
Startaplar muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga 20 ta sabab

Startaplar muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga 20 ta sabab

Iyul 7, 2026
Next Post
O‘zbekiston va Qatar AI hamda startaplar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qatar AI hamda startaplar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

Tohirjon Mirzajonovning hikoyasi: $400 million dollarlik boshqaruvdan O‘zbekiston startaplarigacha

Tohirjon Mirzajonovning hikoyasi: $400 million dollarlik boshqaruvdan O‘zbekiston startaplarigacha

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Avgust 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi
  • Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?