Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Anthropic CEO: AI modellarini litsenziyasi emas, sifati baholashi kerak

by Pivot
Iyul 1, 2026
in AI
Reading Time: 2 mins read
A A
Anthropic CEO: AI modellarini litsenziyasi emas, sifati baholashi kerak
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt olamida ochiq kodli (open source) modellar tobora ommalashib borayotgan bir paytda, Anthropic bosh direktori Dario Amodei bu tushunchaga boshqacha qarash bildirdi. Uning fikricha, AI sohasida «open source» modeli an’anaviy dasturiy ta’minotdagi ochiq kod konsepsiyasidan tubdan farq qiladi va ko‘pincha noto‘g‘ri talqin qilinadi.

Amodeining ta’kidlashicha, AI modellarida foydalanuvchilar odatda modelning ichki ishlash mexanizmini emas, faqat uning weights (vaznlar) fayllarini ko‘rishadi. Shu sababli mutaxassislar bunday modellarni ko‘proq «open weights» deb atashadi. Ya’ni modeldan foydalanish yoki uni ishga tushirish mumkin, biroq uning qanday qaror qabul qilayotgani va ichki arxitekturasi to‘liq ochiq emas.

Uning fikricha, shu sababli AI’da open source’ning asosiy afzalliklari ham to‘liq ishlamaydi. Oddiy dasturiy ta’minotda minglab dasturchilar bir loyiha ustida birgalikda ishlashi, kodni yaxshilashi va yangi imkoniyatlar qo‘shishi mumkin. Katta til modellarida esa bunday jarayon deyarli kuzatilmaydi.

Amodei AI sanoatidagi raqobatni baholashda modelning litsenziyasi emas, uning amaliy natijalari muhimligini aytdi. «Yangi model chiqqanda uning open source yoki yopiq ekaniga e’tibor bermayman. Men uchun yagona savol — u yaxshi modelmi va muhim vazifalarni biznikidan yaxshiroq bajara oladimi?» U misol sifatida DeepSeek modelini keltirib, uning muvaffaqiyati ochiq bo‘lgani sababli emas, balki yuqori samaradorligi bilan izohlanishini ta’kidladi.

Shuningdek, Anthropic rahbari yana bir keng tarqalgan qarashni rad etdi: open source AI mutlaqo bepul degan tushuncha ham noto‘g‘ri. Uning aytishicha, zamonaviy AI modellarini ishga tushirish uchun katta hisoblash quvvati va qimmat infratuzilma talab qilinadi.

Ya’ni modelning vaznlari ochiq bo‘lsa ham, uni tez va barqaror ishlatish uchun GPU klasterlari, bulutli serverlar hamda inference xizmatlari zarur bo‘ladi. Bu esa sezilarli xarajatlarni keltirib chiqaradi.

Anthropic rahbarining fikrlari AI bozorida raqobat endi «open source» va «closed source» bahsidan ko‘ra amaliy natijalar tomon siljiyotganini ko‘rsatadi. Ya’ni foydalanuvchi uchun eng muhim mezon — model murakkab vazifalarni qanchalik yaxshi, tez va arzon bajara olishi bo‘lib qolmoqda.

Previous Post

Yangi O‘zbekiston qanday qilib 300000 yosh tadbirkor yetakchiligidagi bilimlar iqtisodiyotiga aylanmoqda

Next Post

Google Coob Ads’ni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning besh bozorida rasmiy Google Ads vakili etib tayinladi

Pivot

Related Posts

Lyzr used an AI agent to help secure a $100 million funding round

Lyzr o‘zining $100 millionlik investitsiya raundini AI agentiga topshirdi

Iyul 13, 2026
Arzon tokenlar davri tugagach narxlar qanday o’zgaradi?

Arzon tokenlar davri tugagach narxlar qanday o’zgaradi?

Iyul 11, 2026
DataVolt Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan yashil ma’lumotlar markazini qurish uchun $150 million jalb qildi

DataVolt Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan yashil ma’lumotlar markazini qurish uchun $150 million jalb qildi

Iyul 8, 2026
Alibaba xodimlariga Claude Code’dan foydalanishni taqiqladi

Alibaba xodimlariga Claude Code’dan foydalanishni taqiqladi

Iyul 6, 2026
Next Post
Google Coob Ads’ni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning besh bozorida rasmiy Google Ads vakili etib tayinladi

Google Coob Ads'ni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazning besh bozorida rasmiy Google Ads vakili etib tayinladi

E-Parliament: Qozog‘istonda davlat boshqaruvining yangi bosqichi

E-Parliament: Qozog‘istonda davlat boshqaruvining yangi bosqichi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi

O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi

Iyul 14, 2026
Lyzr used an AI agent to help secure a $100 million funding round

Lyzr o‘zining $100 millionlik investitsiya raundini AI agentiga topshirdi

Iyul 13, 2026
Apple is reportedly developing a Mac with 1.5tb of memory

Apple 1,5 TB operativ xotirali Mac ustida ishlamoqda

Iyul 13, 2026
Oʻzbekistonda islomiy moliya bozori shakllanmoqda: 2030-yilga borib hajm 15 trillion soʻmga yetishi mumkin

Oʻzbekistonda islomiy moliya bozori shakllanmoqda: 2030-yilga borib hajm 15 trillion soʻmga yetishi mumkin

Iyul 13, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi
  • Lyzr o‘zining $100 millionlik investitsiya raundini AI agentiga topshirdi
  • Apple 1,5 TB operativ xotirali Mac ustida ishlamoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?