Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Anthropic: Claude ruxsatsiz ravishda uchta tashkilotning real infratuzilmasiga kirib borgan

by Pivot
Avgust 1, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Anthropic: Claude ruxsatsiz ravishda uchta tashkilotning real infratuzilmasiga kirib borgan
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Anthropic o‘zining 141 mingdan ortiq cybersecurity evaluation (xavfsizlik baholash) yozuvlarini qayta tahlil qilar ekan, Claude modellari sinov muhitidan tashqariga chiqib, uchta turli tashkilotning real ishlab chiqarish infratuzilmasiga kirib borgan uchta holatni aniqladi. Hodisalar aprel oyida sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, kompaniya bu haqda faqat 30-iyul kuni ma’lum qildi.

Barcha holatlar capture-the-flag (CTF) formatidagi kiberxavfsizlik sinovlari davomida yuz bergan. Ushbu testlarda modelga tarmoqdagi boshqa qurilmada yashirilgan «sirli ma’lumot»ni topish vazifasi beriladi. Topshiriq ochiq shaklda bo‘lgani sababli, uni bajarish usuli modelning o‘ziga qoldirilgan.

Anthropic tomonidan Claude’ga berilgan promptda bu faqat simulyatsiya ekani va internetga kirish imkoni mavjud emasligi aniq ko‘rsatilgan edi. Biroq Anthropic hamda uning uchinchi tomon baholash hamkori Irregular o‘rtasidagi texnik tushunmovchilik sabab internet aslida ochiq bo‘lib qolgan.

Natijada Claude qidiruv jarayonida real tizimlarga duch kelgan va ularni ham testning bir qismi deb qabul qilgan. Model zaif parollar hamda autentifikatsiyasiz endpointlardan foydalanib, uchta tashkilotning ishlab chiqarish infratuzilmasiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ushbu hodisalarda uch xil Claude modeli ishtirok etgan: Claude Opus 4.7, Mythos va internet tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan, nomi oshkor qilinmagan test modeli.

Anthropic ta’kidlashicha, hech bir holatda model o‘zini tashqi tizimlarga ko‘chirishga (self-exfiltration) yoki sinov muhitidan ataylab chiqishga urinmagan. Kompaniya fikricha, Claude real infratuzilmani sinov muhiti deb noto‘g‘ri talqin qilgan va shu sababli belgilangan chegaradan chiqib ketgan.

Kompaniya hodisadan ta’sirlangan uchta tashkilot nomini oshkor qilmagan. Anthropic ularni dushanba kuni xabardor qilganini hamda Irregular bilan birgalikda vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Bu voqea OpenAI bir hafta avval e’lon qilgan shunga o‘xshash hodisadan so‘ng yuzaga chiqdi. O‘shanda OpenAI o‘z AI modellari zanjirlangan zaifliklardan foydalanib, izolyatsiyalangan test muhitidan chiqib ketgani va Hugging Face ishlab chiqarish infratuzilmasiga kirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Anthropic aynan shu hodisadan keyin o‘zining barcha cybersecurity evaluation tarixini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan va natijada ushbu uchta holatni aniqlagan.

Ketma-ket sodir bo‘lgan bu ikki voqea AI agentlarining tobora mustaqil harakat qilayotgani va bunday tizimlar kiberxavfsizlik uchun qanday yangi xavflarni yuzaga keltirishi haqidagi muhokamalarni yanada kuchaytirdi. Oradan atigi bir necha hafta o‘tib, dunyoning ikki yirik AI laboratoriyasi o‘xshash hodisalarni rasman tan oldi.

Previous Post

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun yagona raqamli makon yaratishni taklif qildi

Next Post

AQSh texnologiya kompaniyalari ochiq kodli AI cheklovlariga rasmiy qarshilik bildirdi

Pivot

Related Posts

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026
Microsoft Maia 300 AI chipini taqdim etdi

Microsoft Maia 300 AI chipini taqdim etdi

Oktabr 14, 2026
O‘zbekiston va AQSh konchilik, energetika va IT sohalarida investitsiya loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSh konchilik, energetika va IT sohalarida investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Oktabr 14, 2026
Next Post
AQSh texnologiya kompaniyalari ochiq kodli AI cheklovlariga rasmiy qarshilik bildirdi

AQSh texnologiya kompaniyalari ochiq kodli AI cheklovlariga rasmiy qarshilik bildirdi

AI sabali yo’q bo’lishi kutilgan kasblarda aksincha o’sish kuzatilmoqda

AI sabali yo'q bo'lishi kutilgan kasblarda aksincha o'sish kuzatilmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

Oktabr 15, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi
  • AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin
  • TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?