Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Apple narxlarni oshirish fonida bir vaqtning o’zida ham bozor, ham geosiyosiy bosim bilan yuzlashmoqda

by Pivot
Iyun 26, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Apple narxlarni oshirish fonida bir vaqtning o’zida ham bozor, ham geosiyosiy bosim bilan yuzlashmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Apple so’nggi kunlarda bir vaqtning o’zida ham bozor, ham geosiyosiy bosim bilan yuzlashmoqda. Kompaniya xotira chiplari taqchilligi sabab bir qator qurilmalari narxini oshirishini e’lon qilganidan so’ng aksiyalari keskin pasaydi. Shu bilan birga, Rossiyada App Store’dan VK ekotizimiga tegishli ilovalarning olib tashlanishi kompaniya va mahalliy regulyatorlar o’rtasidagi ziddiyatni yanada kuchaytirdi.

CNBC ma’lumotlariga ko’ra, 25-iyun kuni Apple aksiyalari 6,1 foizga qadrsizlandi. Natijada kompaniyaning bozor kapitallashuvi qariyb 265 milliard dollarga kamaydi. Bu 2025-yil aprelidan buyon qayd etilgan eng yirik kunlik pasayish hisoblanadi. Premarket savdolarida aksiyalar qisman tiklangan bo’lsa-da, o’sish atigi 0,5 foizni tashkil etdi.

Investorlar reaksiyasiga Apple’ning yangi narx siyosati sabab bo’ldi. Kompaniya bosh direktori Tim Kuk narxlarning oshishini global xotira chiplari taqchilligi va ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi bilan izohladi. Uning ta’kidlashicha, Apple uzoq vaqt davomida qo’shimcha xarajatlarni o’z zimmasiga olib kelgan, biroq mavjud bozor sharoitida bu siyosatni davom ettirish imkonsiz bo’lib qolgan. Natijada kompaniya bir qator mahsulotlari narxini oshirdi:

  • MacBook Neo — 599 dollardan 699 dollargacha;
  • MacBook Air — 1 099 dollardan 1 299 dollargacha;
  • 14 dyuymli MacBook Pro — 1 699 dollardan 1 999 dollargacha;
  • iPad Air — 599 dollardan 749 dollargacha;
  • 11 dyuymli iPad Pro — 999 dollardan 1 199 dollargacha.

Counterpoint Research prognoziga ko’ra, yaqin oylar ichida iPhone smartfonlari narxi ham oshishi mumkin. Tahlilchilarning fikricha, narx o’sishi, avvalo, katta xotira hajmiga ega modifikatsiyalarda kuzatiladi va ayrim modellarda 200 dollargacha yetishi ehtimoli mavjud.

Moliyaviy bosim bilan bir qatorda Apple Rossiya bozorida ham yangi muammolarga duch kelmoqda. «Kod Durova» nashri xabariga ko’ra, App Store’dan VK kompaniyasiga tegishli deyarli barcha servislar olib tashlangan. Ular orasida VK, Odnoklassniki, VK Music, VK Messenger, VK Video, VK Dating, Mail, Dzen, Yula va boshqa xizmatlar mavjud. Muhimi, ushbu cheklovlar faqat Rossiya App Store’i bilan chegaralanmagan. Foydalanuvchilar akkaunt mintaqasini boshqa davlatga o’zgartirgan taqdirda ham ilovalarni qayta yuklab ololmaydi.

VK kompaniyasi Apple ilovalarni oldindan ogohlantirmasdan o’chirib tashlaganini tasdiqladi. Mavjud foydalanuvchilar servislardan foydalanishda davom etishi mumkin, biroq ilovalarni yangilash yoki qayta yuklab olish imkoniyati mavjud emas.Apple hozircha qarorning rasmiy sabablarini oshkor qilmagan. Avvalroq kompaniya shunga o’xshash holatlarni xalqaro sanksiyalar talablariga rioya qilish zarurati bilan izohlagan edi.

App Store bilan bog’liq vaziyat ortidan Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi Federal aksilmonopoliya xizmatiga murojaat yubordi. Rasmiylar Apple’ni Rossiya qonunchiligida belgilangan talablarni bajarmayotganlikda ayblamoqda. Xususan, kompaniya mahalliy ilovalar do’koni — RuStore‘ni o’z qurilmalariga oldindan o’rnatish majburiyatini bajarmayotgani ta’kidlanmoqda. Agar Federal aksilmonopoliya xizmati vazirlik pozitsiyasini qo’llab-quvvatlasa, Apple mahsulotlarini Rossiya hududida sotish bo’yicha yangi cheklovlar joriy etilishi mumkin. Hozircha kompaniya faoliyatini to’liq taqiqlash yuzasidan rasmiy qaror qabul qilinmagan.

Apple bugungi kunda turli xarakterdagi ikki bosim bilan yuzlashmoqda. Bir tomondan, global ta’minot zanjiridagi muammolar va komponentlar narxining oshishi kompaniyani mahsulot narxlarini qayta ko’rib chiqishga majbur qilmoqda. Bu esa investorlar ishonchiga va kompaniyaning bozor qiymatiga bevosita ta’sir ko’rsatmoqda.

Ikkinchi tomondan, geosiyosiy va regulyator bosimi yirik texnologik kompaniyalar faoliyatiga tobora ko’proq ta’sir qilmoqda. Rossiyada yuzaga kelgan vaziyat Apple uchun nafaqat mahalliy bozor, balki turli mamlakatlarda raqamli platformalarni tartibga solish bo’yicha kuchayib borayotgan talablarning yana bir ko’rinishidir.

So’nggi voqealar Apple endi faqat innovatsiyalar yoki yangi mahsulotlar bilan emas, balki global ta’minot zanjiri, regulyatorlar va geosiyosiy risklar bilan ham raqobatlashishga majbur bo’layotganini ko’rsatmoqda.

Previous Post

Xitoyning Z.ai kompaniyasi GLM-5.2 modelini taqdim etdi: bepul AI endi GPT-5.5 va Claude’ga raqobatchi

Next Post

OpenAI GPT-5.6 Sol modelini taqdim etdi!

Pivot

Related Posts

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
Qozog’istonlik sotuvchilar Wildberries’dan Uzum Marketga ko’chishni boshladi

Qozog’istonlik sotuvchilar Wildberries’dan Uzum Marketga ko’chishni boshladi

Avgust 6, 2026
O‘zbekistonning AI moduli o‘rnatilgan “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga uchiriladi

O‘zbekistonning AI moduli o‘rnatilgan “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga uchiriladi

Avgust 4, 2026
Next Post
OpenAI GPT-5.6 Sol modelini taqdim etdi!

OpenAI GPT-5.6 Sol modelini taqdim etdi!

Xprize asoschisi: “Odamlar kuzatib turilganda o‘zlarini yaxshiroq tutishadi”

Xprize asoschisi: “Odamlar kuzatib turilganda o‘zlarini yaxshiroq tutishadi”

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Avgust 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi
  • Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?