Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Boylarning 6 qimmatli siri  

by Gulnoza Sobirova
Iyun 23, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 3 mins read
A A
Boylarning 6 qimmatli siri  
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Jovan Jonson — CPA va CFP sertifikatlariga ega bo‘lgan, Piece of Wealth Planning kompaniyasining hammuassisi. U strategik soliq rejalashtiruvi, shaxsiy moliyaviy boshqaruv hamda kichik biznes buxgalteriyasi sohasida chuqur tajribaga ega mutaxassis sanaladi. O‘n yildan ortiq faoliyati davomida u yuqori daromadli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan ishlagan. Jonson muvaffaqiyatga erishgan mijozlarini tahlil qilar ekan, ularning ba’zilarida takrorlanuvchi fikrlash tarzi, odatlar va strategiyalar mavjudligini aniqlagan. Ajablanarlisi shundaki, bu sirlar faqat milliarderlar yoki moliyaviy elitalar uchun emas — ular har bir inson tomonidan o‘rganilib, hayotga tadbiq etilishi mumkin.

1. Saxiylik – uzoq muddatli foyda garovi

Jonson bilan ishlagan eng boy mijozlar odatda nafaqat pulda, balki vaqt, maslahat va imkoniyatlarda ham saxiy bo‘ladi. Kim boshqalarga — xodimlari, oilasi yoki jamoasiga — sarmoya kiritar ekan, bu nafaqat moliyaviy daromad, balki undan ham kattaroq foyda keltiradi.

Masalan, jamoasini faol qo‘llab-quvvatlagan rahbarlar ko‘pincha barqarorlik, kam xodim almashinuvi va samimiy ish muhitiga ega bo‘ladi. Bu — mehnat orqaligina erishib bo‘lmaydigan, qalb bilan barpo etiladigan boylikdir.

2. Boylik yolg‘iz qurilmaydi

Boy mijozlar orasida yana bir umumiy xususiyat — boshqalarga suyanishni bilish. Ular band va talabchan hayot tarzida yashaganlari uchun, topshiriqlarni boshqalarga topshirish tanlov emas, zarurat ekanini tushunadilar.

Ular moliyaviy maslahatchilar, buxgalterlar, parvarishchilar yoki shaxsiy yordamchilarni yollab, o‘z kuchlarini faqat eng samarali yo‘nalishlarga safarbar qiladi. Bu — vaqtni tejash, sifatni oshirish va katta maqsadlar sari qat’iy intilish uchun muhim strategiyadir.

3. Sog‘liq — muhokama qilinmaydigan ustuvorlikdir

Boylikning o‘zi yetarli emas, agar undan bahramand bo‘lishga jismoniy va ruhiy quvvat yetmasa. Ko‘plab boy insonlar — ba’zida og‘ir tajriba orqali — charchoq, stress yoki sog‘liqdagi muammolar orzularni izdan chiqarishi mumkinligini tushunib yetgan.

Shuning uchun ular sog‘liqni doimiy ustuvorlik sifatida ko‘rishadi. Kimdir muntazam mashq qiladi, boshqasi psixoterapiyaga qatnaydi yoki shunchaki dam olish uchun vaqtni tejaydi — barchasi farovonlikni uzoq muddatli sarmoya sifatida ko‘rishadi. Chunki ular biladi: yetakchilik qilish, rivojlanish va o‘sish faqat sog‘lom tanada bo‘ladi.

4. Umrbod o‘rganish — raqobatdagi ustunlikdir

Jonson kuzatgan eng boy mijozlar bir jihat bilan ajralib turadi: ular hech qachon o‘rganishni to‘xtatmaydi. Ular yangi bilimga chanqoq, har doim savollar beradi, yangi tendensiyalarni kuzatadi va o‘z ustida ishlaydi. Kimdir executive coaching’ga mablag‘ ajratadi, yana kimdir mastermind guruhlarda ishtirok etadi yoki har oy yangi kitoblar bilan tanishadi.

Ularda doimiy o‘sishga intilish, yangilikka ochiqlik mavjud — bu esa ularni raqobatda har doim oldinda ushlab turadi.

5. Intizom daromaddan muhimroq

Daromad oshishi boylik ortishini kafolatlamaydi. Eng barqaror boy mijozlar orasida “hayot tarzi inflatsiyasi”ga qarshi tura oladiganlar ko‘p. Ya’ni, ular har safar ko‘proq pul ishlaganida darrov ko‘proq sarflashga o‘tmaydi — aksincha, uzoq muddatli maqsadlarga e’tibor qaratadi.

Bu, masalan, ijaraga beriladigan mulklarga sarmoya kiritish, kelajakdagi loyihalar uchun jamg‘arish yoki kuchli investitsiya portfeli yaratish bo‘lishi mumkin. Ular hashamatga qiziqish paydo bo‘lganda ham intizomni saqlaydi, chunki haqiqiy boylik oylik maoshlarda emas, yillar davomida ongli tarzda quriladigan moliyaviy asosda yotadi.

6. Egalik — haqiqiy boylik manbai

Eng muhim saboq shundaki: moliyaviy erkinlik siz qancha topganingizdan emas, nimalarga egalik qilganingizdan kelib chiqadi. Yuqori maosh qulaylik yaratadi, ammo o‘zi bilan barqaror boylik olib kelmaydi.

Haqiqiy boylar e’tiborni daromad keltiruvchi aktivlarga egalik qilishga qaratadi — ya’ni, ular uxlayotgan paytda ham pul ishlaydigan aktivlar. Bunga aksiyalar, ijaraga beriladigan ko‘chmas mulk yoki boshqalar boshqaradigan bizneslar kiradi.

Egalik orqali ular o‘zlari ishlamayotgan vaqtda ham o‘sishda davom etadigan moliyaviy poydevor yaratadi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Disruptor Detective: aqlli sarmoya uchun yangi vosita

Next Post

TBC Bank Gollandiyalik impakt-investor Triple Jump’dan $12,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

YETB: Markaziy Osiyo aholisining o‘sishi energetika va suv sohasida keskin burilish yasashni talab etadi

Fevral 28, 2026
Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini oshirdi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini oshirdi

Oktabr 10, 2025
Halyk Bank va Click o‘rtasida Markaziy Osiyodagi muhim fintech bitimi imzolandi

Halyk Bank va Click o‘rtasida Markaziy Osiyodagi muhim fintech bitimi imzolandi

Iyul 23, 2025
Next Post
TBC Bank Gollandiyalik impakt-investor Triple Jump’dan $12,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qildi

TBC Bank Gollandiyalik impakt-investor Triple Jump’dan $12,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qildi

Tarixdagi eng yirik parol sizib chiqishi: 16 milliard parollar oshkor bo‘ldi

Tarixdagi eng yirik parol sizib chiqishi: 16 milliard parollar oshkor bo‘ldi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Mart 12, 2026
O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

Mart 11, 2026
Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Mart 11, 2026
Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Mart 10, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi
  • O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?
  • Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?