Anthropic Claude Code’ga yangi /design skill’ini qo‘shdi. Research preview rejimidagi funksiya dasturchilarga kod yozishdan oldin loyihaning interfeysini vizual tarzda yaratish va tahrirlash imkonini beradi.
Foydalanuvchi /design buyrug‘i orqali kerakli funksiya yoki interfeysni tasvirlaydi. Claude esa loyiha kontekstini tahlil qilib, bir nechta tahrirlanadigan UI artboard variantlarini yaratadi. Dasturchi ulardan o‘ziga ma’qulini tanlab, o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Eng muhim jihati — dizayn tanlangandan keyin Claude uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyihadagi kodga implement qilishga o‘tadi. Ya’ni dasturchiga alohida dizayn dasturiga o‘tib, maketni qayta kodlash shart emas.
Funksiya hozircha research preview sifatida Claude Code CLI va Desktop’da mavjud bo‘lib, Pro, Max, Team va Enterprise foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan.
Bu yangilik Claude’ning avvalroq taqdim etilgan Claude Design mahsulotidagi vizual artboard imkoniyatlarini bevosita kodlash jarayoniga olib kiradi. Anthropic Claude Design’ni 2026-yil 17-aprelda taqdim etgan edi.
Claude endi nafaqat kod yozadi, balki avval interfeysni ko‘rsatadi → variantlar yaratadi → foydalanuvchi tanlaydi → keyin kodga aylantiradi. Bu AI yordamida frontend ishlab chiqish jarayonini ancha qisqartirishi mumkin.
















