Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun iqtisodiyotni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 4, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun iqtisodiyotni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevga “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi.

Mazkur qonun 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat bo‘lib, unda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topgan. Xususan, 2025-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 6 foiz o‘sishi kutilmoqda.

Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 431 trillion so‘m miqdorida, xarajatlari esa 480,5 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdoridagi taqchillik bilan tasdiqlandi. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari balansi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foiz miqdorida taqchillik bilan shakllantirildi. Bunda davlat byudjeti daromadlari 308,5 trillion so‘m, xarajatlari esa davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 344,8 trillion so‘m miqdorida rejalashtirildi.

2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari prognozi 65,8 trillion so‘m, xarajatlari prognozi 84,3 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi inobatga olingan. Shuningdek, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga 18,5 trillion so‘m miqdorida tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar o‘tkazib berilishi nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra, bu yil ham byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolindi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi tadbirlar uchun jami davlat byudjeti xarajatlarining 52 foizi yo‘naltiriladi.

Mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish va mustaqilligini oshirish maqsadida quyidagi soliq turlari qo‘shimcha tarzda tuman va shaharlar byudjetlarida qoldiriladi:

  • aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari to‘liqligicha (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizi (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
  • davlat mulkini xususiylashtirishdan mahalliy byudjetlarga tushadigan tushumlarning 50 foizi.

Shuningdek, tuman va shaharlar mahalliy kengashlariga ayrim soliq turlari bo‘yicha koeffitsiyent qo‘llash vakolatlar berilgan.

Umuman, davlat byudjeti joriy yilda ham iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Previous Post

USAID O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasini rivojlantirish uchun 287 nafar ayol bojxona xodimlarini tayyorladi

Next Post

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026
Alipay+ tizimi Qirg‘izistonning Elcard milliy to‘lov operatori bilan hamkorlikda xalqaro QR to‘lovlarini ishga tushirdi

Alipay+ tizimi Qirg‘izistonning Elcard milliy to‘lov operatori bilan hamkorlikda xalqaro QR to‘lovlarini ishga tushirdi

Iyun 5, 2026
Uzbek IT companies may gain access to the european market as IT Park and Schwarz Digits explore cooperation

O‘zbekiston IT kompaniyalari Yevropa bozoriga chiqishi mumkin. IT Park va Schwarz Digits o’rtasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilindi

Iyun 5, 2026
Next Post
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Chef Burak Gurme, Chalet va Novikov Café – O‘zbekistonga xalqaro brendlarni olib kirayotganlar bilan suhbat

Chef Burak Gurme, Chalet va Novikov Café – O‘zbekistonga xalqaro brendlarni olib kirayotganlar bilan suhbat

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi

Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi

Iyun 8, 2026
McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

Iyun 8, 2026
Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi
  • McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi
  • Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?