Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

by Pivot
Sentabr 10, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekiston 2030-yilgacha elektrtexnika va unga turdosh tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini $11 mlrdga, eksportni esa $5 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu maqsadlarga erishish uchun sohaga $3 mlrd investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilgan.

10-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga elektrtexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli oshgan. 2018-yilda bu ko‘rsatkich 4,7 trln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, hozir 43,1 trln so‘mga yetgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini 65 ta davlatga eksport qilmoqda, soha eksporti esa $1 mlrdan oshgan.

2026-yilning dastlabki yetti oyida korxonalar 30 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi va $706 mlnlik eksport amalga oshirdi. Shu davrda $148 mlnlik 16 ta loyiha ishga tushirilib, 1,2 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Yil yakuniga qadar ishlab chiqarishni 51 trln so‘mga, eksportni esa $1,6 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, umumiy qiymati $420 mln bo‘lgan 67 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan.

Sohada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi ham o‘zgarib bormoqda. Quyosh panellari, yuqori kuchlanishli kabellar, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vakuumli o‘chirgichlar va issiqlik nasoslari kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Maishiy texnikaga ichki talabning 80 foizi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplanmoqda.

Yashil energetika ham elektrtexnika sanoati uchun yangi bozor yaratishi kutilmoqda. Yaqin yillarda umumiy quvvati 15 GVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu elektrtexnika mahsulotlariga yiliga qariyb $500 mlnlik buyurtmalar bozorini shakllantirishi mumkin.

Bundan tashqari, 2030-yilgacha mis mahsulotlaridagi qo‘shilgan qiymat ulushini 35 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Hozir mamlakatda yiliga 150 ming tonnadan ortiq mis katodi ishlab chiqariladi, yangi quvvatlar ishga tushirilgach, bu hajm 300 ming tonnaga yetishi kutilmoqda.

Sohani qo‘llab-quvvatlash uchun korxonalarga moliyaviy mexanizmlar ham taklif qilinmoqda. Jumladan, mis xomashyosi xaridida xarajatlarning 75 foizini “O‘zsanoateksport” AJ moliyalashtirishi va korxonalar mablag‘ni 90 kun ichida qaytarishi mumkin. Bu mexanizm uchun $50 mln yo‘naltirilishi belgilangan.

Shuningdek, kamida $50 mln investitsiya kiritadigan yirik xalqaro brendlarga soliq imtiyozlari va tayyor infratuzilmaga ega binolar taklif qilinadi. Elektrtexnika sanoati uchun amaldagi soliq va bojxona imtiyozlarini 2030-yilgacha uzaytirish ham rejalashtirilgan.

Previous Post

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Next Post

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Pivot

Related Posts

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026
Microsoft Maia 300 AI chipini taqdim etdi

Microsoft Maia 300 AI chipini taqdim etdi

Oktabr 14, 2026
O‘zbekiston va AQSh konchilik, energetika va IT sohalarida investitsiya loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSh konchilik, energetika va IT sohalarida investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Oktabr 14, 2026
Next Post
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Xorijiy onlayn savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari joriy etiladi

Xorijiy onlayn savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari joriy etiladi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

Oktabr 15, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi
  • AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin
  • TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?