Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi

by Gulnoza Sobirova
Fevral 13, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Asosiy jihatlar

Sobiq prezident Donald Trampning X (ilgari Twitter) platformasiga qarshi bergan da’vosi hal qilinadi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal. Ilon Maskga tegishli platforma ushbu 2021-yilda boshlangan senzura da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘lashga rozi bo‘ldi.

X ushbu mablag‘ni to‘lashga kelishib oldi, garchi 2021-yilda Trampning akkaunti bloklanganida platformani Jek Dorsi boshqargan bo‘lsa ham. O‘sha paytda Twitter Trampning 6-yanvar Kapitoliy bosqiniga oid postlari zo‘ravonlikni ulug‘lash siyosatiga zid ekanini aytib, uning akkauntini bloklagan edi.

Tramp to‘rt yil oldin Twitter, Facebook va Google kompaniyalarini sudga bergan bo‘lib, ularni Kapitoliy hujumiga oid postlari sababli uni senzura qilishda ayblagan.

Manbalarga ko‘ra, Trampning advokatlari Maskning Trampga nisbatan do‘stona munosabatda ekanligini inobatga olib, da’voni bekor qilishni o‘ylashgan. The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Mask 2024-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan Trampning saylov kampaniyasiga $200 milliondan ortiq mablag‘ sarflagan.

X platformasi hozircha Forbesning sharh so‘roviga javob bermadi.

Tramp Twitter’dan nima uchun bloklangandi?

Twitter Trampning ikki tvitini bloklashga asos sifatida ko‘rsatdi. Birinchi tvitda u “Amerikalik vatanparvarlar” hech qachon hurmatsiz qilinmasligi yoki adolatsiz munosabatda bo‘lishlarini qabul qilmasligini yozgan edi. Ikkinchi tvit esa uning prezident Jo Baydenning inauguratsiyasida qatnashmasligini bildirgan edi. Twitter ushbu postlar 6-yanvar isyonchilari uchun qo‘llab-quvvatlov sifatida talqin qilinishi va inauguratsiya oldidan zo‘ravonlikni rag‘batlantirishi mumkin deb hisoblagan.

Noma’lum jihatlar

Hozircha ushbu $10 million mablag‘ qayerga yo‘naltirilishi aniq emas. O‘tgan oy Meta (Facebook va Instagram’ning egasi) Tramp bilan shunga o‘xshash da’vo bo‘yicha kelishuvga erishib, $25 million to‘lashga rozi bo‘lgandi. The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘ning asosiy qismi Trampning prezidentlik kutubxonasiga yo‘naltirilishi mumkin.

Orqa fon

X ning bu kelishuvi Meta’ning Trampning senzura da’vosiga oid $25 millionlik shartnomasi ortidan kelmoqda. 6-yanvar voqealaridan so‘ng Meta Trampning Facebook va Instagram’dagi akkauntlarini ham bloklagandi. O‘sha paytda kompaniya rahbari Mark Sukerberg Tramp o‘z platformasidan “tarafdorlari harakatlarini qoralash o‘rniga ularni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalangan” deb bayonot bergan edi. Biroq, hozirda Trampning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari tiklangan.

Mask va Tsukerberg so‘nggi vaqtlarda Trampga yaqinlashgan. Mask saylovdan oldin Trampni qo‘llab-quvvatlagan va hozirda uning ma’muriyatida Davlat Samaradorligi Departamenti rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda. Ushbu departament davlat agentliklarini qisqartirish va federal byurokratiyani kamaytirish bilan shug‘ullanmoqda.

Sukerberg esa saylovdan oldin Trampni rasman qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lsa-da, Meta Trampning inauguratsion jamg‘armasiga $1 million xayriya qilgan. O‘tgan yili Trampga qilingan suiqasd urinishi ortidan Sukerberg uni “badass” (jasur) deb ta’riflagandi.

Yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Trampning inauguratsiyasida Mask va Sukerberg yetakchi texnologiya kompaniyalari rahbarlari qatorida old qatorlarda o‘tirishgan edi.

Previous Post

TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

Next Post

Silkroad Innovation Hub: Markaziy Yevrosiyo va  Kremniy vodiysi o‘rtasidagi innovatsion ko‘prik

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Fevral 28, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

Fevral 4, 2026
Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Fevral 1, 2026
Next Post

Silkroad Innovation Hub: Markaziy Yevrosiyo va  Kremniy vodiysi o‘rtasidagi innovatsion ko‘prik

Grab: Konferensiyadan tug‘ilgan g‘oya qanday global innovatsiyaga aylandi?

Grab: Konferensiyadan tug‘ilgan g‘oya qanday global innovatsiyaga aylandi?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Mart 6, 2026
YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

Mart 4, 2026
O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

Mart 3, 2026
Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Mart 2, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar
  • YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi
  • O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?