Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Google I/O 2025 konferensiyasi: AI olamida yangi davr

by Gulnoza Sobirova
May 22, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 5 mins read
A A
Google I/O 2025 konferensiyasi: AI olamida yangi davr
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2025-yilda Kaliforniyaning Mountain View shahrida bo‘lib o‘tgan Google I/O konferensiyasida kompaniya o‘zining hozirgacha eng katta sun’iy intellekt strategiyasini taqdim etdi. Qidiruv tizimining to‘liq yangilanishidan tortib, kuchli AI obunalari va futuristik aqlli ko‘zoynaklargacha. Google aniq ishora berdi: u AI poygasida shunchaki yetib olmoqchi emas, yetakchilikni maqsad qilgan.

AI davrida qidiruv

Google’ning asosiy mahsuloti — Search tubdan o‘zgarish bosqichiga kirdi. Yangi taqdim etilgan “AI rejimi” foydalanuvchilarga murakkab va ko‘p qismli savollarni kiritishga imkon beradi hamda an’anaviy havolalar ro‘yxati o‘rniga sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan javoblarni taqdim etadi. Klassik ko‘k havolali formatdan voz kechib, intuitiv va suhbatga asoslangan interfeysga o‘tiladi.

AI hozirda moliya, sport va xaridlar kabi mavzularda nozik, real vaqtli javoblarni taqdim etadi. Hatto foydalanuvchilarga “try it on” vizual funksiyasi orqali kiyimlarni virtual tarzda sinab ko‘rish imkonini ham beradi. Dastlab eksperiment sifatida boshlangan bu funksiya endi AQSh bo‘ylab ishga tushirilmoqda va Google’ning dunyo axborotini tartibga solish bo‘yicha yangi yondashuvida markaziy o‘rin egallamoqda.

Google shuningdek Search Live funksiyasini tanishtirdi — u telefon kamerasi orqali ko‘rilayotgan manzara asosida real vaqtli qidiruvni amalga oshiradi. Deep Search va Project Mariner esa AI’ga veb-sahifalarni chuqurroq tahlil qilish va foydalanuvchi ishtirokisiz chipta bron qilish yoki saytlarda harakatlanish kabi vazifalarni avtomatlashtirish imkonini beradi.

AI tomonidan yaratilgan natijalar sayt trafigiga salbiy ta’sir qilishi mumkin degan xavotirlarga qaramay, Google bu evolyutsiya veb faolligini kengaytiradi, deb ishontirmoqda.

Gemini Ultra

Google’ning eng dadil qadami oyiga $249.99 narxda taqdim etilgan Gemini Ultra obuna rejasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Bu yuqori darajadagi paket foydalanuvchilarga kompaniyaning eng ilg‘or AI vositalaridan foydalanish imkonini beradi, jumladan:

  • Gemini 2.5 Pro — Deep Think rejimi bilan ko‘p bosqichli mantiqiy tahlilni amalga oshiradi.
  • Project Mariner — foydalanuvchi o‘rniga saytlarni ko‘zdan kechirib, harakat qiladigan AI agenti.
  • Veo 3 — film darajasidagi sahnalarni, suhbatlar, ovoz effektlari va harakatlar bilan birga yaratadigan video generatsiya modeli.
  • Imagen 4 — realistik tuzilma va 2K vizualga ega ultra-tez, yuqori aniqlikdagi rasm generatori.
  • Gemini Live — foydalanuvchi bilan real vaqt rejimida muloqot qiluvchi AI yordamchi, telefon kamerasidagi yoki ekranidagi ko‘rinishlar asosida ishlaydi.
  • 30TB Google Drive xotirasi va YouTube Premium obunasi.

Ushbu obuna rejasi orqali Google o‘zini OpenAI va Anthropic kabi yirik AI obuna xizmatlari qatoriga qo‘shmoqda.

Project Astra va aqlli qurilmalarning kelajagi

Konferensiyadagi eng muhim lahzalardan biri — Google’ning aqlli ko‘zoynaklar sohasiga qaytishi bo‘ldi. Namoyishda ikki kishi turli tillarda suhbatlashar ekan, ko‘zoynaklar linza orqali jonli tarjima taqdim etdi. Bu texnologiya Project Astra — Google DeepMind tomonidan ishlab chiqilgan, past kechikishli va multimodal AI platformasi yordamida ishlaydi. Ko‘zoynaklar foydalanuvchining atrofidagi muhitga oid savollarga ham javob bera oldi.

Google shu yili Samsung bilan hamkorlikda XR headset (kengaytirilgan reallik qurilmasi)ni ishga tushirishni rejalashtirmoqda va Warby Parker hamda Gentle Monster bilan Android XR tizimida ishlaydigan kelajakdagi AR ko‘zoynaklarini ishlab chiqish uchun hamkorlik qilmoqda.

Har qadamda AI

Sun’iy intellekt endi Google ekotizimining deyarli har bir qismiga chuqur integratsiya qilinmoqda. Gemini ilovasi hozirda oyiga 400 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Yangilanishlarga quyidagilar kiradi:

  • Chrome’dagi Gemini — veb-sahifalarni kontekst asosida tushunish imkonini beradi.
  • Workspace’dagi AI funksiyalari — Gmail, Docs va Vids’da individual aqlli javoblar, email’larni tozalash va kontent yaratish vositalari mavjud.
  • NotebookLM yangiliklari — foydalanuvchiga moslashtirilgan PDF va rasm yuklashni qo‘llab-quvvatlaydi.
  • SynthID Detector — AI tomonidan yaratilgan kontentni aniqlash uchun suv belgisi (watermark) vositasi.
  • Stitch — matn yoki rasm asosida HTML/CSS ilova interfeyslarini yaratadigan vosita.
  • Jules — kod xatolarini tuzatish, GitHub boshqaruvi va kodni tushunishga yordam beruvchi AI dasturchi yordamchisi.
  • Android Studio’dagi yangiliklar — “Journeys” va “Agent Mode” kabi vositalar orqali murakkab ish jarayonlarini AI zimmasiga yuklash, shuningdek, Gemini asosidagi real vaqtli xatolik tahlili bilan kodni tezda tuzatish imkoniyati taqdim etilmoqda.
Qurilmalar va dasturchilar uchun vositalar

Wear OS 6 yangilanishi bilan Pixel Watch soatlariga dinamik mavzular (dynamic theming) va foydalanuvchi interfeysi yaxshilanishlari kiritildi. Play Store esa dasturchilar uchun yangi obuna boshqaruvi vositalari, tezlashtirilgan test tizimi va filmlar hamda ko‘rsatuvlar kabi tanlab olingan kontent sahifalarini taqdim etdi.

Android Studio endi yanada yaxshiroq xatolik tahlili va nosozliklarni tuzatish vositalari bilan boyitilgan.

Shuningdek, ilgari Starline nomi bilan tanilgan Beam qayta taqdim etildi — bu 3D telepresence texnologiyasi bo‘lib, real vaqt rejimidagi tarjima va ko‘p rakursli kameralar orqali realistik tasvirlarni yaratishga qodir.

AI — Endilikda Google’ning asosiy strategiyasi

Alphabet bosh direktori Sundar Pichai AI texnologiyasi qidiruv tizimini almashtirmasligini, balki uni kuchaytirishini va kengaytirishini ta’kidladi. Uning aytishicha, sun’iy intellekt asosidagi funksiyalar Google’ga ilgari hech qachon amalga oshirib bo‘lmagan murakkab holatlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Bu yil AI bilan bog‘liq kapital xarajatlar uchun ajratilgan $75 milliarddan ortiq mablag‘ Google o‘z kelajagini AI asosida qurilgan ekotizimda ko‘rayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Bu tizimda AI oddiy funksiya emas — asos bo‘lib xizmat qiladi.

Raqobatchilar shunga o‘xshash imkoniyatlar taqdim etishga oshiqayotgan bir paytda, Google’ning xabari aniq: qidiruv, kontent yaratish va unumdorlikning kelajagi — bu generativ, multimodal va har bir ekran orqali chuqur integratsiyalashgan AI tizimidir.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Real vaqtda guruh suhbatlarini tarjima qiladigan AI quloqchinlar

Next Post

Meta startaplar uchun Llama AI dasturini ishga tushirdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Noyabr 8, 2025
O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

Noyabr 7, 2025
O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

O‘zbekiston va Serbiya $1 million dollarlik qo‘shma venchur fond tashkil etadi

Oktabr 31, 2025

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar AI.gov.uz hukumat sun’iy intellekt portali ishga tushiriladi

Oktabr 28, 2025
Next Post
Meta startaplar uchun Llama AI dasturini ishga tushirdi

Meta startaplar uchun Llama AI dasturini ishga tushirdi

LM Arena $100M sarmoya oldi

LM Arena $100M sarmoya oldi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Dekabr 28, 2024

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Fevral 27, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Noyabr 8, 2025
O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

Noyabr 7, 2025
Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Noyabr 6, 2025
TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

Noyabr 6, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam
  • O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi
  • Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?