Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

by Pivot
Sentabr 9, 2026
in Voqealar
Reading Time: 2 mins read
A A
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

22-sentabr kuni Toshkentdagi CAEx majmuasida ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi. Tadbir startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar va davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonda jamlaydi.

Sammit O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi startap hamda venchur ekotizimining keyingi rivojlanish bosqichiga bag‘ishlanadi. Unda mintaqadagi texnologik tadbirkorlikning o‘sishi, startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi, investitsiya jalb qilish, venchur kapital bozori va mahalliy loyihalarni global ekotizimga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinadi.

Startup & Venture Summit o‘tgan yili ham ICT WEEK doirasidagi asosiy startap tadbirlaridan biri bo‘lgan. 2025-yilgi sammitda 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, startaplar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar, davlat tashkilotlari va xalqaro ekspertlar qatnashgan.

O‘tgan yilgi sammit doirasida xalqaro bozorlarga chiqish, rivojlanayotgan bozorlarga investitsiya kiritish va korporatsiyalarning startap ekotizimidagi roli kabi mavzular muhokama qilingan. Xususan, Plug and Play Tech Center, Sturgeon Capital, Alchemist Accelerator, Purple Ventures, TBC, Payme va BILLZ kabi kompaniya va tashkilotlar vakillari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashgan.

2025-yilgi sammitda AloqaVentures beshta O‘zbekiston va mintaqa startapiga jami $750 ming investitsiya kiritishini e’lon qilgandi. Jumladan, Paidax $200 ming, EGARANTI $250 ming, KINESTEX $150 ming, TRIDMO $50 ming va RENTA $100 ming investitsiya olgan.

Yana bir yirik natija sifatida €20 mln hajmdagi DOMiNO Uzbekistan Fund tashkil etilishi e’lon qilingan. DOMiNO Ventures tomonidan yaratilgan fondga UzVC anchor investor sifatida €10 mln yo‘naltirgan. Fond sun’iy intellekt, deeptech va cleantech yo‘nalishidagi loyihalarga investitsiya qilishga qaratilgan.

Shuningdek, IT Park Ventures AWS Activate Providers global tarmog‘iga qo‘shilgan. Hamkorlik doirasida startaplar $10 minggacha AWS promotional credit, maxsus takliflar va xalqaro miqyosda masshtablanishga yordam beruvchi AWS Activate vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

2026-yilgi Startup & Venture Summit dasturida ham soha ekspertlarining chiqishlari, panel muhokamalari, founderlar tajribasiga bag‘ishlangan sessiyalar hamda startaplar va investorlar o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘rin oladi. Tadbir mahalliy startaplar uchun xalqaro fondlar, akseleratorlar va potensial hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish, investorlar uchun esa O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi yangi texnologik loyihalar bilan tanishish imkonini beradi.

Bunday uchrashuvlar o‘tgan yilgi sammitda ham alohida B2B formatida tashkil etilgan: ishtirokchilar 20 daqiqalik oldindan rejalashtirilgan uchrashuvlar orqali hamkorlik yo‘nalishlari, pilot loyihalar, xalqaro dasturlar va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Startup & Venture Summit 22-sentabr kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha CAEx majmuasining Hall 1 zalida bo‘lib o‘tadi.

Previous Post

Anthropic tadqiqotchisi nazoratdan chiqishi mumkin bo‘lgan AI xavfi sabab kompaniyani tark etdi

Next Post

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Pivot

Related Posts

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Oktabr 8, 2026
Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Sentabr 22, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Toshkentda Silk Road Finance & Technology Forum davom etmoqda

Toshkentda Silk Road Finance & Technology Forum davom etmoqda

Avgust 25, 2026
Next Post
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

Oktabr 15, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi
  • AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin
  • TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?