23–26 sentabr 2025
Toshkent, Central Asian Expo va Raqamli texnologiyalar vazirligi
ICT Week Uzbekistan — O‘zbekiston IT sanoatining eng yirik va nufuzli haftaligi bo‘lib, 2004-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi tadbir 20 000+ ishtirokchi, 300+ startap va 50+ davlat vakillarini bir joyga to‘playdi. 300 dan ortiq B2B uchrashuvlar, yetakchi texnologiya kompaniyalari, davlat tuzilmalari va venchur fondlar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Tadbirga Huawei, ZTE, Yandex Uzbekistan, Beeline, Data-Volt kabi xalqaro gigantlar hamkorlik qiladi.
Asosiy maqsad
ICT Week — O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash, IT-xizmatlar eksportini oshirish va mamlakatni global texnologik xaritada mustahkamlashga qaratilgan.
Haftalikdagi asosiy tadbirlar
- 23-sentyabr — Shared Services and Offshore Outsourcing Summit (CAEX) — IT va BPO xizmatlari eksporti istiqbollari, xalqaro spikerlar va ofis turlari.
- 24-sentyabr — Offshore Outsourcing Conference Workshop (Raqamli texnologiyalar vazirligi).
- 24-sentyabr — Game GAP (CAEX) — xalqaro o‘yin kompaniyalari va mahalliy ishlab chiquvchilar festivali.
- 25-sentyabr — Korean Forum (CAEX) — Koreya–O‘zbekiston IT hamkorligi bo‘yicha forum.
- 25-sentyabr — Startup & Venture Summit (CAEX) — startaplar, investorlar va innovatsion ekotizim konferensiyasi.
- 26-sentyabr — Global Startup Awards: Central Asia Final (CAEX) — mintaqaning eng yirik startap mukofoti finali.
- 27–28-sentyabr — Digital Weekend (Raqamli texnologiyalar vazirligi) — WebSummit Spotlight: Uzbekistan, Investor’s Room, Startup & Tech Expo, Clash of Startups tanlovi va katta shou dasturlar.
O‘zbekistonda IT ekotizimi
- IT Park rezidentlari: soliqlardan ozod, 1 yil bepul ofis, Zero Risk dasturi orqali ish haqi uchun 15% kompensatsiya.
- 14 ta IT Park filiali, 205 IT markazi, 225 000 m² ofis maydoni.
- 500+ faol startap, asosiy yo‘nalishlar: e-commerce, EdTech, FinTech, MedTech, AI.
- 2025-yilda startaplar $260 mln+ investitsiya jalb qilgan, ekotizim qiymati $1,2 mlrd+.
- StartupBlink reytingida: Markaziy Osiyoda 1-o‘rin, dunyoda o‘sish sur’ati bo‘yicha 2-o‘rin.
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: outsource.gov.uz
















