Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Ilk xayriya fondlari, gazeta, shaxsiy fotostudiya va xostellar – Bir asr avval Turkistonda boylar hayoti qanday edi?

by Gulnoza Sobirova
Dekabr 18, 2024
in Tadbirkorlar
Reading Time: 5 mins read
A A
Ilk xayriya fondlari, gazeta, shaxsiy fotostudiya va xostellar – Bir asr avval Turkistonda boylar hayoti qanday edi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Yangilanayotgan jamiyatlarda doimo tadbirkorlar, savdogar va boylar innovatsiya va yangi imkoniyatlardan tez foydalanadi, hayotga tatbiq qiladi. Masalan, toshkentlik yirik boy Said Azimboy 1865-yilda ijtimoiy islohotni amalga oshirdi. U barcha qullarini ozod qilish orqali boshqalar undan oʻrnak olishiga undaydi. Mahalliy boylar mustamlaka sharoitida ham yangi imkoniyatlardan foydalanib, mamlakatni modernizatsiya qilishga uringan. Keling ulardan ayrimlarini eslab oʻtsak.

Saidkarim Saidazimboy oʻgʻli 1907-yili birinchilardan boʻlib mahalliy tildagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy muammolar, qiziqarli xabarlarni yorituvchi gazetalardan biri hisoblangan “Tujjor”ga asos soldi. 1909-yili Saidkarim rahbarlikka saylangan “Koʻmak” jamiyati kambagʻallar uchun shifoxona, ambulatoriya, oshxonalar qurdirish, qariya, yetim-yesir, talabalarga koʻmak berish kabi xayriyalar bilan faol shugʻullangan. Aka-ukalar Turkistondagi arxeologiya ixlosmandlari toʻgaragiga aʼzo edi. Orif Hoji Azizhoji – oʻz davrining obroʻ-eʼtiborli siyosatchisi va ishbilarmoni. Charmdan poyabzal va kiyim-kechak tayyorlaydigan korxonalar egasi. Shahar markazida yirik savdo markazi qurgan.

1902-yil 24-aprelda Ilhom Inogʻomjonov Toshkentda fotostudiya ochishga ruxsat oldi. Bu xonadonda ochilgan Toshkentdagi birinchi milliy professional fotografiya studiyasi edi. Mahalliy boylarimiz siyosiy va ilmiy hayotda ham faol boʻlgan. 1902-yili toshkentlik boylar Sayid Karim Sayid Azimboyev, Mirza Abdulla Isa Magometov, Mir Aʼzam Mir Ayupov, Maqsud Xoʻja Ota Xoʻjayev, Muhiddinxon Hakim Xoʻjayev, Ibrohimbek Yusufbekov va Mulla Usmon Toshkenboyevlar Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimiga aʼzo boʻlib saylanishgan.

XX asr boshlarida yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda katta oʻzgarishlar sodir boʻldi. Bu jarayonlarda Turkiston tadbirkorlari ham faol ishtirok etib, nafaqat iqtisodiy, balki, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham faol boʻlgan. Oʻzbek olimi Yoqub Tayronovning yozishicha, Toshkentda keng faoliyat olib boruvchi ayrim savdogarlar beva-bechoralarga va tarbiyaga muhtoj, ota-onasidan ayrilgan bolalarga gʻamxoʻrlik qilgani sababli hukumat eʼtiboriga tushgan va bu xizmatlari uchun maxsus davlat miqyosidagi nishonlar bilan mukofotlangan. Amxoqboy Abdualiyev ana shu kabi ishlari sabab “Yaxshi xizmatlari uchun” deb yozilgan kumush nishon bilan taqdirlangan.

Mahalliy boylar bir necha xayriya fondlarga va jamiyatlarga ham asos solgan. “Musulmon umidi” jamiyati Beshyogʻoch dahasi Koʻkmasjid mahallasidagi Abdullaxon Ibrohim oʻgʻlining yangi usuldagi maktabiga 120 soʻm, Koʻkcha dahasi Kallaxona mahallasidagi Muhammad Said Muhammad Muso oʻgʻlining shu xildagi maktabiga 90 soʻm va yana Abdurahmon oʻgʻli degan bir talabaga ham 15 soʻm miqdorda moliyaviy yordam koʻrsatgan.

Toshkentlik yirik tadbirkor Saidkarim Saidazimboyev 1907-yilda haj amalini oshirishga yordam qilish uchun yirik kampaniyaga asos soladi. Oʻsha yillari haj amalini oshirish uchun poyezdda Toshkentdan Odessaga yo Feodosiyaga, keyin esa kema bilan Jiddagacha yoʻl bosib oʻtish kerak edi. 1908-yilning oʻzida Toshkentdan 15 mingdan ortiq kishi hajga ketadi. Hojilarga hech qanday sharoit yaratilmagan edi. Shu masalani yengillashtirish uchun tadbirkor Saidkarim Saidazimboyev Toshkentda, Odessada maxsus vokzal qurishga kirishadi va “hojixonalar” (xostel) yaratishni rejalashtiradi. Hojixonalar Saidazimboyev rejasiga koʻra, stansiya ichida qurilgan bino hududida va beshta xonadan iborat boʻlishi kerak edi. Ular oʻz ichiga ayollar va erkaklar uchun tahoratxonalar, choyxona va bufetlar, doʻkonlarni olgan. Turar joylar yotoqxona yoki karavotlar bilan jihozlangan boʻlishi, bundan tashqari har bir punktda vrach, dorixona, mulla va qassob boʻlishi kerak edi. Hojixonada kunduz kuni uchun ziyoratchidan hech qanday haq olinmagan, tunash uchun pavilyondan foydalanganlik uchun esa ziyoratchidan Turkiston choyxonalarida belgilangan eng kam toʻlov undirilgan. Tibbiy yordam va dori-darmonlar esa ziyoratchilarga mutlaqo bepul taqdim etilishi, oziq-ovqat mahsulotlari esa mahalliy hokimiyat tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar boʻyicha sotilishi kerak edi. 1908-yil 13-martda Saidazimboyev rasman ziyorat rahbari etib tayinlandi. U muvaffaqiyatidan ruhlanib Odessa, Feodosiya va ziyorat yoʻlidagi 14 ta joyda xuddi shunday “mahalliy” vokzallar va toʻxtash-oziqlanish punktlarini qurishni rejalashtiradi. Ziyoratchilarning dengiz orqali sayohat qilish sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida bosh qotira boshlaydi hamda bir necha kema kompaniyalaridan kelishuv tuzish takliflarini oladi. Saidazimboyev kema kompaniyalari orasidan “Koʻngilli Flot”ni tanlaydi va ular bilan Odessadan Jiddagacha (Makkaga eng yaqin port) va orqaga Feodosiyagacha tez sayohat qilish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. “Koʻngilli flot” kambagʻal musulmon aholi uchun chiptaning 5 foizini bepul berishga qaror qiladi. Aksiga olib, Arabistonda vabo kasali tarqaladi. Epidemiyani oldini olish uchun Saidazimboyev Odessada 2500 kishiga moʻljallangan hojixonada ziyoratchilar yuqumli kasalliklar yuqmasligi uchun dezinfeksiya qilinadi va tozalikka rioya qilinadi. Saidazimboyev faoliyati mahalliy gazetalarda keng yoritiladi va bu reklama oʻz natijasini berdi. Shu tariqa Saidazimboyev ziyorat sohasi boʻyicha yirik monopolistga aylandi. 1906-yili Toshkent, Samarqand va Andijonda boʻlgan fransuz sayyohi Pol Pellio mahalliy boylarga taʼrif berib oʻtgan edi. Toshkentlik boy Sayid Gʻani bilan uchrashuv uning yozishmalarida batafsilroq bayon etilgan: “Mehmonxonaga yoki bu yerda aytishganidek, “boʻlmalar”ga joylashganimizdan koʻp oʻtmay, yevropacha kiyingan Sayid Gʻanini uchratdim, u aslida Toshkentda istiqomat qilarkan. Mamlakatning eng badavlat kishilaridan boʻlmish bu insonning oilasi uzoq yillardan beri ruslar bilan aloqada ekan. Uning akasi – Sayid Karim Dumaga Toshkentdan saylangan ikkita deputatdan biri boʻlib, oʻsha yoqdagi katta yerlar egasi, millioner Orif Hojining amakivachchasi ekan. Orif Hoji uylangan kavkazlik musulmon ayolning roʻmol oʻramasligi toshkentlik musulmonlarni ranjitarkan. Men oʻsha ayolni biz Toshkentda toʻxtab oʻtgan, aslida Orif Hojiga tegishli mehmonxonada uchratgan edim. Yangi doʻstimiz Oʻshda musulmoncha xilxonalari bor ishongan vakiliga telegrafda xabar yoʻllab, oʻsha yerda bizni kutib olib, yotoq bilan taʼminlashini tayinlar ekan”. Andijonda Pol Pellio Kozimcha boyni uyida mehmon boʻladi. Fransuz sayyohi yozishicha: Kozimcha Hoji Makkaga hajga borgan risoladagidek musulmon boʻlsa-da, biz bilan birga rus arogʻidan ichib, uch-toʻrt krujka pivoniyam koʻrdim demadi. Toshkentdayoq musulmonlar diniy taqiq masalasiga unchalik jiddiy qaramasliklari sezilgan edi”.

Umuman olganda 100-150-yil oldin mahalliy boylarimiz va tadbirkorlarimiz dunyoda boʻlayotgan voqealardan juda yaxshi voqif boʻlgan, turli yangilik va innovatsiyalarni Turkistonga olib kelgan. Hayot tarzini oʻzgartirib telegraf, apteka, savdo uylari, birjalar, kampaniya va gazetalarga asos solishgan. Bundan tashqari xayriya jamiyatlari, fondlaridan pullarini ayamagan. Boylarimiz dunyo kezgan, deputatlikka saylangan, ilmiy jamiyatlarga aʼzo boʻlishgan. Qisqa qilib aytgandi, bugungi tadbirkorlarimiz ulardan koʻp narsani oʻrganib, hayotga tatbiq qilsa, foydadan holi boʻlmaydi, jamiyatimiz rivojlanishiga turtki boʻladi.

Baxtiyor Alimjonov

Tarixchi

Previous Post

Investitsiya jalb qiladigan va ko‘p ish o‘rni yaratadigan startaplarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi

Next Post

BYD O’zbekistonning raqamli tashqi bozorida yetakchi hisoblanadi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

$800lik muammo startapni oyiga $80,000 ming daromadga olib keldi

$800lik muammo startapni oyiga $80,000 ming daromadga olib keldi

Sentabr 17, 2026
“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Next Post

BYD O'zbekistonning raqamli tashqi bozorida yetakchi hisoblanadi

Databricks $10 mlrd jalb qilib, yilning eng yirik venchur moliyalashtirish kelishuviga erishdi

Databricks $10 mlrd jalb qilib, yilning eng yirik venchur moliyalashtirish kelishuviga erishdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

Oktabr 15, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi
  • AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin
  • TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?