Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

IT Park Uzbekistan’ning AQSh safaridan natijalar: IT eksporti va autsorsingda yangi imkoniyatlar

by Gulnoza Sobirova
Sentabr 4, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 4 mins read
A A
IT Park Uzbekistan’ning AQSh safaridan natijalar: IT eksporti va autsorsingda yangi imkoniyatlar
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2025-yil sentabr oyi boshida IT Park Uzbekistan delegatsiyasi, Startaplar va investitsiyalarni rivojlantirish direktori Elier Maxsudov boshchiligida, AQShga tashrif buyurdi. Ushbu safar global innovatsion markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, IT xizmatlari eksportini kengaytirish va O‘zbekistonni xalqaro texnologiyalar bozorida yangi o‘yinchi sifatida ilgari surishda muhim qadam bo‘ldi.

Safar davomida delegatsiya Cohere AI, Armanino, Saber Interactive, PomPom Fairy va CosmicBrain AI kabi yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Kaliforniya va Nyu-Yorkdagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarning asosiy mavzulari – sun’iy intellektni joriy etish, autsorsing xizmatlarini kengaytirish, Toshkentda ofis va ilmiy markazlar ochish, hamda xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘ldi.

Sun’iy intellekt va davlat xizmatlari: Cohere AI

Cohere AI bilan muloqotlar O‘zbekistonda yirik til modellari asosidagi texnologiyalarni joriy etishga qaratildi.

  • Milliy GPU va data-markazlarda AI yechimlarini joylashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
  • O‘zbekiston tomonidan “1 million o‘zbek AI-prompterlari” tashabbusi va 2030-yilgacha davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish rejasi taqdim etildi.
  • O‘zbek tili uchun milliy LLM modeli yaratish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
  • Cohere AI ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.
Autsorsing va konsalting: Armanino

Armanino – xalqaro konsalting va CPA xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda IT va BPO xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

  • IT Park rezidentlari uchun soliq va reglament imtiyozlari taqdim etildi.
  • O‘zbekistonning hisob-kitob, konsalting va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imkoniyatlari namoyish qilindi.
  • Kompaniya Toshkentda ofis ochishni ko‘rib chiqmoqda va bu masalani ICT Week Uzbekistan 2025 davomida yanada chuqurroq o‘rganmoqchi.
GameDev imkoniyatlari: Saber Interactive

Saber Interactive bilan muzokaralarda Toshkentda o‘yin ishlab chiqish markazi tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

  • O‘zbekiston tomonidan soliq imtiyozlari, bepul ofis maydonlari va soddalashtirilgan viza tartibi taklif qilindi.
  • Tomonlar sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Tokyo Game Show 2025 doirasida muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Yangi ofis rejasi: PomPom Fairy

PomPom Fairy Toshkentda yangi ofis ochishga katta qiziqish bildirdi.

  • Kompaniya davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘rganmoqda.
  • ICT Week Uzbekistan 2025 da ishtirok etib, O‘zbekistonning texnologik ekotizimi bilan yaqindan tanishishni rejalashtirmoqda.
Multimodal AI va eksport salohiyati: CosmicBrain AI

CosmicBrain AI Toshkentda 20–30 nafar mutaxassisdan iborat jamoa shakllantirish va multimodal AI modellarini ishlab chiqish bo‘yicha rejasini taqdim etdi.

  • Yillik eksport hajmi 2 million AQSh dollarigacha yetishi kutilmoqda.
  • Kompaniya mahalliy universitetlar bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarida hamkorlik qilish istagini bildirdi.
Diaspora – innovatsiyalar ko‘prigi

Kaliforniyada o‘tkazilgan “Tech Ambassadors & Compatriots Meet-up” tadbirida IT Park Uzbekistan vatandoshlar bilan uchrashib, Enterprise Uzbekistan strategiyasini taqdim etdi.

  • Silicon Valley’da faoliyat yuritayotgan o‘zbek startap asoschilari mamlakatdagi biznes imkoniyatlariga katta qiziqish bildirishdi.
  • Texnologik elchilar tarmog‘ini shakllantirish va bu kabi uchrashuvlarni AQSh hamda O‘zbekistonda muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
  • IT Park Uzbekistan’ning AQSh safaridan olingan natijalar mamlakat raqamli iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, GameDev markazlarini tashkil etish va xalqaro talantlarni jalb qilish orqali O‘zbekiston global innovatsion ekotizimga yanada tezroq integratsiyalashmoqda.

Bu tashabbuslar O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda IT va autsorsing bo‘yicha yuksalayotgan markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlab, uni mintaqaning raqamli yetakchisiga aylantirish sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Manba

Previous Post

$1 Trillion yo‘l xaritasi: Janubiy Koreya mo‘jizasidan saboqlar

Next Post

Han daryosidagi mo‘jizadan saboqlar

Gulnoza Sobirova

Related Posts

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Qozog‘iston «Bayterak» majmuasidan «Soyuz-5» raketasining ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

May 2, 2026
Next Post
Han daryosidagi mo‘jizadan saboqlar

Han daryosidagi mo‘jizadan saboqlar

OpenAI Statsig startapini $1,1 milliardga sotib oldi va rahbariyatni qayta shakllantirdi

OpenAI Statsig startapini $1,1 milliardga sotib oldi va rahbariyatni qayta shakllantirdi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?