Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Jahon fintex yetakchilari Oliver Xyuz boshchiligidagi “TBC Digital” AJ Kuzatuv kengashiga qo‘shildi

by Gulnoza Sobirova
Iyun 27, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 3 mins read
A A
Jahon fintex yetakchilari Oliver Xyuz boshchiligidagi “TBC Digital” AJ Kuzatuv kengashiga qo‘shildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Toshkent, O‘zbekiston — 25-iyun, 2025 — TBC Uzbekistan CEO Nika Kurdiani rahbarligidagi boshqaruvchi kompaniya — “TBC Digital” AJ (“TBC Digital”)da Kuzatuv kengashi shakllantirilganini e’lon qiladi. TBC Digital’ga TBC PLC (79,7%), XMK (10,15%) va YTTB (10,15%) birgalikda egalik qiladi.

Tashkil etilayotgan TBC Digital Kuzatuv kengashi tarkibiga fintex va global investitsiyalar sohasida xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassislar a’zo bo‘lgan. Ularning kelishi bilan boshqaruv sifati yangi bosqichga ko‘tariladi va kompaniya jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston bozorida strategik rivojlanishini davom ettiradi.  Kuzatuv kengashi raisi etib TBC Bank Group xalqaro  biznes yo‘nalishi rahbari Oliver Xyuz tayinlandi. Shuningdek, u MENA mintaqasida moliyaviy xizmatlar va xaridlar uchun dastur ishlab chiqaruvchi Tabby kompaniyasining Direktorlar kengashi tarkibiga a’zo. U raqamli bank sohasida katta tajribaga ega. Ilgari Tinkoff banki boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan va uning rahbarligi ostida iste’mol kreditlari yo‘nalishiga ixtisoslashgan startap kompaniya dunyodagi eng muvaffaqiyatli va daromadli raqamli moliyaviy ekotizimlardan biriga aylangan. Unga qadar esa Rossiyada Visa International kompaniyasini boshqargan.

Oliver Xyuz: “Men TBC Digitalda yangi lavozimga kirishganimdan xursandman va har biri fintex, bank xizmatlari va investitsiyalar sohasida noyob malakalarga ega bo’lgan Kuzatuv kengashidagi hamkasblarimni qutlayman. Bugungi kunda O‘zbekiston — raqamli bank uchun dunyodagi eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Biz yangi tashkil etilgan Kuzatuv kengashining tajribali a’zolari bilan birgalikda, yangi avlod fintex yechimlarini yaratish orqali, O‘zbekistonga jahon fintex maydonida munosib o‘rin egallashiga yordam beramiz. TBC Digital’ning ta’sis etilishi va Kuzatuv kengashining shakllantirilishi TBC Uzbekistan’ning barqaror o‘sishi va aksiyadorlarimiz uchun qo‘shimcha qiymat yaratish uchun mustahkam poydevor yaratishga imkon beradi. Kuzatuv kengashining umumiy strategik rahbariyati TBC Uzbekistan faoliyatini yanada muvaffaqiyatli kengaytirishga yordam beradi”.

Kuzatuv kengashi a’zolari:

  • Devid Nangl, VEF kompaniyasi bosh direktori va hammuassisi, XMK hamda YTTB vakillari  tomonidan nomzodi ilgari surilgan. VEF — Stokgolm Fond birjasida ro‘yxatga olingan ushbu investitsiya kompaniyasi rivojlanayotgan bozorlarning tez o‘sayotgan fintex loyihalariga ixtisoslashgan. VEFda o‘n yillik faoliyati davomida Devid Nangl ilg‘or fintex innovatsiyalarini rivojlantirishda bevosita ishtirok etdi va rivojlanayotgan bozorlarda, xususan, Braziliya, Hindiston, Turkiya va Meksikada istiqbolli moliyaviy qarorlarga investitsiyalar oqimini ta’minladi. U avval Renaissance Capital’da moliyaviy tadqiqotlar bo‘limi rahbari, shuningdek, ING Barings kompaniyasida EMEA mintaqasi bo‘yicha shunga o‘xshash yo‘nalish rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Rivojlanayotgan bozorlarda moliyaviy xizmatlar sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega.
  • Metyu Risli, QED Investors kompaniyasining faxriy hamkori. Ushbu yetakchi Amerika venchur kompaniyasi moliyaviy sektorning innovatsion loyihalariga sarmoya kiritish bilan shug‘ullanadi. QED’ga qo‘shilguniga qadar Metyu Risli Klarna to‘lov xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli Yevropa startapida moliya direktori va kreditlash bo‘yicha direktor lavozimlarida ishlagan. Avvalroq u Treliant Risk Advisors ixtisoslashgan konsalting firmasi tarkibida fintex kompaniyalari hamda moliya bozorining yirik ishtirokchilariga strategiya va xatarlarni boshqarish bo‘yicha maslahatlar bergan. Kasbiy faoliyatini esa iste’mol kreditlash sohasida inqilob qilgan Capital One’da boshlagan. Ushbu kompaniya birinchi bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlarga asoslangan marketing vositalaridan foydalangan. Keyinchalik bu yondashuv ko‘plab zamonaviy global fintex platformalari va raqamli banklar tomonidan faol qo‘llanila boshlangan.

Devid Nangl: “Men uchun TBC Digital Kuzatuv kengashiga tayinlanish katta sharafdir. Men 2014-yilda TBC Bank IPO’ni tayyorlashda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan edim. TBC O‘zbekistonda faoliyat boshlagandan beri, men kompaniya ushbu istiqbolli va tez rivojlanayotgan bozorni qanday qilib ishonchli tarzda o‘zlashtirayotganini kuzatmoqdaman. Menga har doim yuqori salohiyatga ega bozorlarda fintex sanoatining innovatorlari bilan hamkorlik qilish yoqqan va TBC’ning O‘zbekistondagi hozirgi yutuqlari yaxshi taassurot qoldirmoqda. Ayniqsa, bozor rivojlanishining hozirgi bosqichini inobatga olsak, kompaniya o‘z salohiyatini endigina ochmoqda. Men Kuzatuv kengashi faoliyatiga hissa qo‘shish va Oliver Xyuz va Metyu Risli, shuningdek, Vaxtang Butskrihidze, Nika Kurdiani va umuman TBC Bank Group jamoasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan faxrlanaman. O‘z tajribamni TBC Uzbekistan’ning kelgusi rivojiga foyda keltirish uchun qo‘llashdan mamnun bo‘laman”.

Metyu Risli: “Men uchun TBC Digital Kuzatuv kengashi a’zosi bo’lish va dunyodagi eng yaxshi fintex kompaniyalari va AQSh investitsiya hamjamiyati bilan hamkorlik qilish hamda tajribam bilan bo‘lishish juda muhimdir. Qisqa vaqt ichida TBC Uzbekistan allaqachon ajoyib natijalarga erishdi, jumladan, o‘sish sur’ati jihatidan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyodagi raqamli bank bozorida yetakchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston bozorining o‘sish salohiyati haqiqatan ham ulkan va ishonchim komilki, TBC tomonidan yaratilgan mustahkam poydevor va TBC Uzbekistan’ning iste’dodli rahbariyat jamoasi tufayli mintaqada raqamli banking rivojlanishi fonida barcha manfaatdor tomonlar uchun yanada innovatsiyalar va uzoq muddatli qiymat yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga ega”.

Kuzatuv kengashining shakllantirilishi — TBC’ning O‘zbekistondagi faoliyatini yagona tuzilma doirasida birlashtirish va optimallashtirishda muhim qadamdir. Kengash tarkibiga oid yangi tartiblar allaqachon kuchga kirgan.

Previous Post

TBC Bank Group Markaziy Osiyo texnologiya sektori uchun muhim bitim doirasida BILLZ nazorat paketini sotib olmoqda

Next Post

Telegram kompaniyasi rasmiy ravishda Markaziy Osiyodagi yetakchi texnologik markaz – Astana Hub innovatsion klasterining rezidenti maqomini oldi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

YETB: Markaziy Osiyo aholisining o‘sishi energetika va suv sohasida keskin burilish yasashni talab etadi

Fevral 28, 2026
Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini oshirdi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini oshirdi

Oktabr 10, 2025
Halyk Bank va Click o‘rtasida Markaziy Osiyodagi muhim fintech bitimi imzolandi

Halyk Bank va Click o‘rtasida Markaziy Osiyodagi muhim fintech bitimi imzolandi

Iyul 23, 2025
Next Post
Telegram kompaniyasi rasmiy ravishda Markaziy Osiyodagi yetakchi texnologik markaz – Astana Hub innovatsion klasterining rezidenti maqomini oldi

Telegram kompaniyasi rasmiy ravishda Markaziy Osiyodagi yetakchi texnologik markaz – Astana Hub innovatsion klasterining rezidenti maqomini oldi

Pekin qo‘llab-quvvatlaydigan startap jahon e’tiborini tortib, OpenAI’ni tashvishlantirmoqda

Pekin qo‘llab-quvvatlaydigan startap jahon e’tiborini tortib, OpenAI’ni tashvishlantirmoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi

Mart 12, 2026
O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?

Mart 11, 2026
Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi

Mart 11, 2026
Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Mart 10, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Zypl.ai $80 mln baho bilan $2 mln investitsiya jalb qildi
  • O’zbekistonda IT-Viza berishning yangi qoidalari: investorlar va founderlar uchun nimalar o’zgardi?
  • Facebook AI uchun mo’ljallangan Moltbook’ni sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?