Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Kaspi.kz Turkiyadagi Rabobank’ni sotib olyapti

by Gulnoza Sobirova
Mart 28, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Kaspi.kz Turkiyadagi Rabobank’ni sotib olyapti
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Qozog‘istonning yetakchi fintex kompaniyasi Kaspi.kz 2024-yil 27-mart kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotda Rabobank Group’ning Turkiyadagi banki — Rabobank A.Ş’ni sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolaganini ma’lum qildi.

Bitim barcha zarur tartibga soluvchi organlardan ruxsat olingach, yakuniga yetadi. Shartnoma doirasida Rabobank A.Ş. aksiyalarining 100 foizi Kaspi.kz’ga o‘tadi.

Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan. Biroq tomonlar jarayon imkon qadar tezkor amalga oshirilishini va Rabobank A.Ş. xodimlari uchun minimal darajada o‘zgarish bo‘lishini ta’kidladilar. Bitimda J.P. Morgan Rabobank’ning moliyaviy maslahatchisi, A&O Shearman / Gedik & Eraksoy esa yuridik hamkori sifatida qatnashdi.

Bu xarid Kaspi.kz’ning Turkiyadagi pozitsiyalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bungacha kompaniya Turkiyaning eng yirik e-tijorat platformalaridan biri — Hepsiburada aksiyalarining 65,41% ulushini 1,127 milliard dollarga sotib olgan edi. Ushbu bitim doirasida 600 million dollar darhol to‘langan, qolgan summa esa olti oy davomida to‘lab beriladi.

Kaspi o‘zining uzoq muddatli strategiyasi — fintex, e-tijorat va to‘lov xizmatlarini yagona ekotizimda birlashtirish yo‘lidan borar ekan, xalqaro bozorlarga ilg‘or raqamli yechimlar bilan chiqmoqda. Kompaniya Turkiyadagi aktivlarining har birini alohida brend va mustaqil operatsion model sifatida saqlab qolishini bildirdi.

Kaspi superilovasi hozirda qariyb 15 million foydalanuvchiga ega bo‘lib, onlayn xaridlar, pul o‘tkazmalari, kommunal to‘lovlar, chipta bron qilish va davlat xizmatlari kabi keng imkoniyatlarni taklif etadi. Kompaniyaning tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan Kaspi Pay ilovasidan esa 700 mingga yaqin biznes egasi foydalanmoqda.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, kompaniyaning yirik aksiyadorlari quyidagilardir:

  • Mixail Lomtadze – 22,6%
  • Vyacheslav Kim – 21,4%
  • Baring fondlari – 24,68%

2024-yil yanvar oyida Kaspi.kz AQShning Nasdaq fond birjasida IPO o‘tkazdi va 1 milliard dollar jalb qildi (har bir aksiya 92 dollar). Shundan so‘ng, kompaniya London fond birjasidan delisting qilinayotganini e’lon qildi — bu yerda u 2020-yilda global depozitariy kvitansiyalarni joylashtirgan edi.

Kaspi O‘zbekiston tomon qadam qo‘ymoqda

So‘nggi ikki yil davomida Kaspi.kz faol geografik kengayish ustida ishlamoqda. Kompaniya ayniqsa mobil aloqa keng tarqalgan, raqamli to‘lov tizimlari rivojlangan, hamda elektron tijorat sur’at bilan o‘sayotgan mamlakatlarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ular orasida O‘zbekiston ham muhim yo‘nalish sifatida tilga olinmoqda.

O‘tgan hafta Kaspi Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazmalarini rasman yo‘lga qo‘ydi. Avvalroq bu xizmat faqat Visa va Mastercard kartalariga ishlagan.

2024-yil avgust oyida Kaspi Humo to‘lov tizimini sotib olishga ham qiziqish bildirgan. Mutaxassislar buni global fintex sanoati uchun katta ahamiyatga ega bitim sifatida baholagan edi. Biroq 2024-yil noyabr oyida Kaspi xususiylashtirish jarayonidan chiqib ketdi.

Shundan so‘ng, 2025-yil yanvar oyida Humo kompaniyasi Paynet tomonidan $65 million dollarga sotib olindi.

Previous Post

AI aldashni o‘rgandi – shaxmatdagi qiziq tajriba

Next Post

Tarmoqda virusdek tarqalayotgan Studio Ghibli uslubidagi suratlar yangi bahslarni keltirib chiqardi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi

O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi

Iyul 14, 2026
Apple is reportedly developing a Mac with 1.5tb of memory

Apple 1,5 TB operativ xotirali Mac ustida ishlamoqda

Iyul 13, 2026
TATUda yangi AI Cluster ishga tushirildi

TATUda yangi AI Cluster ishga tushirildi

Iyul 13, 2026
O‘zbekiston Prezidenti “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Iyul 11, 2026
Next Post
Tarmoqda virusdek tarqalayotgan Studio Ghibli uslubidagi suratlar yangi bahslarni keltirib chiqardi

Tarmoqda virusdek tarqalayotgan Studio Ghibli uslubidagi suratlar yangi bahslarni keltirib chiqardi

Marvel Fusion: Yevropaning eng katta yadroviy startapiga aylandi

Marvel Fusion: Yevropaning eng katta yadroviy startapiga aylandi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi

O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi

Iyul 14, 2026
Lyzr used an AI agent to help secure a $100 million funding round

Lyzr o‘zining $100 millionlik investitsiya raundini AI agentiga topshirdi

Iyul 13, 2026
Apple is reportedly developing a Mac with 1.5tb of memory

Apple 1,5 TB operativ xotirali Mac ustida ishlamoqda

Iyul 13, 2026
Oʻzbekistonda islomiy moliya bozori shakllanmoqda: 2030-yilga borib hajm 15 trillion soʻmga yetishi mumkin

Oʻzbekistonda islomiy moliya bozori shakllanmoqda: 2030-yilga borib hajm 15 trillion soʻmga yetishi mumkin

Iyul 13, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O’zbekistonda metallurgiya ham AI bilan rivojlanadi
  • Lyzr o‘zining $100 millionlik investitsiya raundini AI agentiga topshirdi
  • Apple 1,5 TB operativ xotirali Mac ustida ishlamoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?