Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Kremniy vodiysi tajribalari: Oʻzbek startaplari nimalarni oʻrganishi mumkin?

by Gulnoza Sobirova
Fevral 12, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 6 mins read
A A
Kremniy vodiysi tajribalari: Oʻzbek startaplari nimalarni oʻrganishi mumkin?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Tasavvur qiling – aql bovar qilmas g‘oyalar milliard dollarlik kompaniyalarga aylanadigan, muvaffaqiyatsizlik uyat emas, balki tajriba deb qaraladigan va har bir tadbirkor dunyoni o‘zgartirishga ishonib uyg‘onadigan joy. Bu – Kremniy vodiysi. Cheksiz ambitsiyalar, katta tavakkalchilik va inqilobiy innovatsiyalar o‘lkasi.

Endi esa O‘zbekistonning rivojlanib borayotgan startap ekotizimini tasavvur qiling – potensial yuqori, ammo hali qiyinchiliklar ko‘p. Agar o‘zbek tadbirkorlari cheklovlarini buzib, global miqyosda o‘ylash va tezroq harakat qilishga jazm qilsa-chi? Muvaffaqiyat siri – ilg‘or tajribadan o‘rganishda. Keling, o‘zbek startaplarini global muvaffaqiyatga yetaklaydigan saboqlarni tahlil qilamiz.

Kremniy vodiysi shunchaki geografik hudud emas – ambitsiya, tavakkalchilik va innovatsiya asosida qurilgan ekotizim. O‘tgan asrning o‘rtalarida yarimo‘tkazgichlar tadqiqot markazi bo‘lgan bu hudud qisqa vaqtda dunyodagi eng yetakchi texnologiya va tadbirkorlik markaziga aylandi. Apple, Google va Tesla shunchaki rivojlanmadi, ular bozor qoidalarini qayta yozdi.

Kremniy vodiysining noyobligi faqat muvaffaqiyat hikoyalari emas, balki ular ortidagi fikrlash tarzidir. Muvaffaqiyatsizlik – bu dars, netvorking – hayot tarzi, g‘oyalar esa global miqyosda o‘sish uchun yaratilgan. Venchur kapital yuqori riskka ega, ammo istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi. Universitetlar va tajribali tadbirkorlar esa mentorlik, o‘sish jarayonining doimiy siklini yaratadi.

Bu ekotizim faqat Kaliforniyaga xos emas – uning saboqlari dunyoning istalgan joyida, jumladan, O‘zbekistonda ham qo‘llash mumkin.

Asosiy saboqlar: muvaffaqiyatsizlik – o‘rganish imkoniyatidir

Kremniy vodiysida muvaffaqiyatsizlik nafaqat qabul qilinadi, balki innovatsiya jarayonining muhim qismi sifatida qadrlanadi. Bu madaniyat tadbirkorlarni tavakkal qilish, tajriba o‘tkazish va xatolaridan saboq olishga undaydi, natijada tezkor tajribalar inqilobiy yutuqlarga olib keladi. “Tez muvaffaqiyatsizlikka uchra, tez-tez muvaffaqiyatsizlikka uchra (Fail fast, fail often)” degan shior bo‘lib, ya’ni natija bermaydigan strategiyalarni erta aniqlab, ularni o‘zgartirish va yangi imkoniyatlarni izlash muhimligini ta’kidlaydi.

Bu yondashuv muvaffaqiyatsizlikni tamomila salbiy holat sifatida ko‘radigan an’anaviy qarashlardan farq qiladi. Hududda esa muvaffaqiyatsizlik sharmandalik emas, balki jasorat belgisi hisoblanadi, ya’ni insonning chegaralarni kengaytirish va yangi yo‘llarni kashf etishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi. Ko‘plab texnologik gigantlar muvaffaqiyatga aynan shu yondashuv orqali erishgan. Masalan, Airbnb va Tesla muvaffaqiyatdan avval katta muammo, qiyinchiliklarga duch kelgan, biroq ular xatolaridan saboq olib, innovatsion yechimlarni ishlab chiqa olgan.

O‘zbek startaplari uchun muvaffaqiyatsizlikni o‘sish imkoniyati sifatida qabul qilish chidamlilik va innovatsiyani rivojlantirishga yordam beradi. Tajriba o‘tkazishni rag‘batlantirish hamda xatolardan saboq olish startap ekotizimini mustahkamlab, tadbirkorlarning qiyinchiliklarni yengishiga va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishiga ko‘maklashadi.

Innovatsiya madaniyatini shakllantirish

Kremniy vodiysi innovatsiyani nafaqat qo‘llab-quvvatlaydi, balki uni biznesning har bir jihatiga chuqur singdiradi. Kompaniyalar doimiy ravishda chegaralarni kengaytiradi, yangi g‘oyalarni sinovdan o‘tkazadi.

Boston Consulting Group (BCG) tadqiqotiga ko‘ra, kuchli innovatsiya madaniyatiga ega kompaniyalar o‘z sohalarida yetakchi bo‘lish ehtimoli 60 foizga yuqori. Ushbu tashkilotlar ijodkorlikni rivojlantirish, samarali hamkorlik qilish va yetakchilik strategiyalarini shakllantirishni ustuvor vazifa deb biladi. Natijada, innovatsiya shunchaki ommabop tushuncha emas, balki puxta rejalashtirilgan strategiyaga aylanadi. Bu esa xodimlar g‘oyalar bilan mardona chiqish, tajriba o‘tkazish va hattoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo‘rqmaydigan muhit yaratishni talab qiladi – chunki muvaffaqiyatsizlik rivojlanishning ajralmas qismidir.

O‘zbek startaplari uchun ushbu madaniyatni qabul qilish katta o‘zgarishlar keltirishi mumkin. Ochiq hamkorlikni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash va tajriba o‘tkazish uchun xavfsiz muhit yaratish uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Muhimi, mentalitetdagi xatolardan qochishdan voz kechib, doimiy izlanishni qadrlashga o‘tishdir. Shu orqali O‘zbekiston startaplari innovatsiyani rivojlantirib, global darajada raqobatbardosh bo‘lishi mumkin.

Netvorking va mentorlikdan samarali foydalanish

Kremniy vodiysida netvorking va mentorlik rivojlanayotgan startap ekotizimining asosiy ustunlaridan biri. Tadbirkorlar doimiy ravishda sohadagi hamkasblari, tajribali mutaxassis va potensial investorlar bilan aloqa o‘rnatishga intiladi, chunki bu ularga qimmatli resurs, bilim va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. TiE Silicon Valley kabi tashkilotlar bo‘lajak tadbirkorlar uchun mentorlik dasturlari, netvorking tadbirlari va ta’lim resurslarini taklif qiladi.

Xususan, mentorlik startaplarning dastlabki rivojlanish bosqichlarida muhim rol o‘ynaydi. Tajribali mentor asoschiga murakkab muammolarni hal qilish, keng tarqalgan xatolardan qochish va to‘g‘ri qaror qabul qilishda bebaho maslahatlar beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mentorlik aloqalariga ega startap asoschilarining muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ancha yuqori, bu esa tadbirkorlikdagi yutuqlarda mentorlik naqadar muhimligini tasdiqlaydi.

O‘zbek startaplari uchun ham kuchli tarmoq yaratish va mentorlik katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Tajribali tadbirkorlar va sanoat mutaxassislari bilan bog‘lanish orqali asoschilar o‘z muammolariga mos keladigan turli qarashlar, maslahatlarni olishi mumkin. Mahalliy mentorlik dasturlarini shakllantirish, netvorking tadbirlarida faol ishtirok etish startaplar o‘rtasida bilim va resurslar almashadigan jamiyat yaratadi. Bu esa O‘zbekiston startap ekotizimining tezroq o‘sishi va muvaffaqiyat sari ilgarilashiga yordam beradi.

Netvorking, mentorlikdan foydalanish startaplarga nafaqat yo‘l-yo‘riq, qo‘llov beradi, balki ularni global hamjamiyatga bog‘laydi, raqobatbardosh qiladi.

Venchur kapitalga kirish imkoni

Kremniy vodiysida venchur kapital (VC) startap ekotizimining asosiy tayanchlaridan biridir. 2024-yilda Bay Area startaplari 90 milliard dollar venchur investitsiya jalb qildi, bu esa AQSh bo‘ylab umumiy 178 milliard dollarlik venchur moliyalashtirishning 57 foizini tashkil etdi. Ushbu yirik mablag‘ startaplarga tezroq innovatsiya qilish, faoliyatini kengaytirish va eng yaxshi iste’dodlarni jalb qilish imkonini beradi.

Biroq, O‘zbekistonda venchur kapital bozori hali rivojlanish bosqichida. Prognozlarga ko‘ra, mamlakatning VC bozori 2025-yilga borib 32,43 million dollarga yetishi kutilmoqda. Ushbu sektorga turtki berish zaruratini anglagan holda, 2020-yilda tashkil etilgan Milliy venchur kapital fondi (UzVC) texnologiya, fintech va agritech kabi sohalardagi startaplarni qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘zbek startaplari uchun venchur kapital jalb qilish o‘sish va raqobat uchun juda muhim. Investorlarni jalb qilish uchun startaplar ishonchli biznes model yaratishi, daromad olish yo‘llarini aniq belgilashi va masshtablanuvchi yechimlarni namoyish qilishi zarur. 2021-yilda Aloqabank tomonidan tashkil etilgan Aloqa Ventures kabi mahalliy VC firmalar bilan ishlash nafaqat moliyalashtirish, balki mentorlik va sanoat aloqalariga ham yo‘l ochadi.

Bundan tashqari, xalqaro investorlar bilan hamkorlik qilish yirik moliyalashtirish bosqichlariga yo‘l ochib, global bozorga chiqish imkonini yaratadi. Mustahkam venchur kapital ekotizimini shakllantirish orqali O‘zbekiston startaplari innovatsiyalarni ilgari surib, xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Global tafakkurni qabul qilish

Kremniy vodiysida startaplar boshidanoq global auditoriya uchun yaratiladi. Ushbu yondashuv kompaniyalarga mahsulot va xizmatlarni turli bozorlarga moslashtirishga, ularni oson masshtablash va keng auditoriyaga yetkazish imkonini beradi. Mahalliy yoki milliy chegaralardan tashqarida fikrlash startaplarga tezkor o‘sish va bozor o‘zgarishlariga nisbatan barqarorlikni ta’minlaydi.

O‘zbek startaplari uchun global nuqtai nazarni qabul qilish muhim. Bu esa xalqaro bozor talablari, madaniy o‘ziga xosliklar va tartibga soluvchi huquqiy muhitni tushunishni talab qiladi. Mahsulotlarni xalqaro standart va talablar asosida moslashtirish orqali o‘zbek tadbirkorlari yirik mijozlar segmentlariga kirib, daromad manbalarini diversifikatsiya qilishlari mumkin. WebSummit Lisbon 2024 kabi xalqaro texnologik tadbirlarda ishtirok etish, IT Park Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston startap ekotizimi namoyish etilgani kabi tashabbuslar, muhim tajriba va netvorking imkoniyatlarini taqdim etadi.

Bundan tashqari, global tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonni tezlashtirishi mumkin. Masalan, Unicorn Factory kabi platformalar bilan hamkorlik qilish o‘zbek startaplariga kengayish va xalqaro bozorda mustahkam o‘rin egallash uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.

Global tafakkurni qabul qilish orqali o‘zbek startaplari mahalliy chegaralardan chiqib, samaraliroq innovatsiyalar yaratadi, xalqaro miqyosda raqobatlasha oladi.

Xulosa

Yuqorida yozganimizdek, Kremniy vodiysi muvaffaqiyatining siri faqat texnologiya yoki moliyalashtirishda emas – balki fikrlash tarzida. Tadbirkorlarning muvaffaqiyatsizlikka bo‘lgan munosabati, innovatsiyani rag‘batlantirish, netvorking yaratish, kapital jalb qilish va global fikrlash uslubi Kaliforniyaning kichik bir hududini dunyoning eng yirik startap markaziga aylantirdi. O‘zbek startaplari ham mahalliy bozor doirasidan chiqib, xalqaro miqyosda o‘sish imkoniyatiga ega, ammo buning uchun ular yangicha tamoyillarni qabul qilishlari kerak.

Tavakkalchilik, mentorlik va xalqaro ambitsiyalarni qadrlaydigan madaniyatni shakllantirish orqali O‘zbekiston o‘zining gullab-yashnayotgan startap ekotizimini yaratishi mumkin. Muhimi, faqat Kremniy vodiysidan o‘rganish emas, balki uning saboqlarini O‘zbekistonga mos ravishda tatbiq etishdir. O‘zbek startaplari kelajagi chegaralar bilan cheklanmagan – globaldir.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Ilon Mask OpenAI’ni sotib olish uchun $97 milliardlik taklif berdi

Next Post

Figma: Jamoaviy hamkorlik orqali erishilgan muvaffaqiyat yo‘li

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Next Post
Figma: Jamoaviy hamkorlik orqali erishilgan muvaffaqiyat yo‘li

Figma: Jamoaviy hamkorlik orqali erishilgan muvaffaqiyat yo‘li

TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi

Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi

Aprel 21, 2026
O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

Aprel 21, 2026
Tencent Kaspi.kz aksiyadoriga aylandi

Tencent Kaspi.kz aksiyadoriga aylandi

Aprel 20, 2026
O‘zbekistonda yagona QR-kod to’lov tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda yagona QR-kod to’lov tizimi ishga tushiriladi

Aprel 18, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi
  • O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi
  • Tencent Kaspi.kz aksiyadoriga aylandi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?