Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Lipton brendining sirli sahifalari: innovatsiya va global mojarolar

by Gulnoza Sobirova
Mart 4, 2025
in Brendlar
Reading Time: 5 mins read
A A
Lipton brendining sirli sahifalari: innovatsiya va global mojarolar
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

XIX asr paydo bo‘lgan Lipton choyi dastlab faqat zodagonlar uchun mo‘ljallangan edi, keyinchalik Tomas Liptonning tadbirkorlik faoliyati davomida u butun ommaga yetib bordi. U Seylon choyini chorak funtlik bloklarga qadoqlab, yuqori sifatli mahsulotni keng iste’molchilar uchun hamyonbop narxda sotishni yo‘lga qo‘ydi. Lipton brendi jahon urushlari kabi global sinovlarni boshdan kechirgan, oddiy do‘kondan boshlangan brend bugungi kunda dunyo miqyosidagi kompaniyaga aylandi. Biroq u zamonaviy muammolar bilan ham yuzlashdi. Jumladan, 2008-yilda yuzaga kelgan Xitoy sut inqirozi Lipton atrofida jiddiy bahs-munozaralarni keltirib chiqargan.

Brend ildizlari shotlandiyalik do‘kondor Tomas Lipton tomonidan asos solingan oziq-ovqat savdo korxonasiga borib taqaladi. U 1880-yillarga kelib, kichik oziq-ovqat do‘konini Britaniyaning yirik shahar markazlarida 200 dan ortiq filialga ega savdo imperiyasiga aylantirdi.

Liptonning Buyuk Britaniya bo‘ylab sifatli mahsulot yetkazib beruvchi ishonchli brendga aylanishi mamlakat chakana savdo sektorida yuz bergan yirik konsolidatsiya jarayonida uning mavqeini mustahkamladi.

1929-yilda Lipton o‘z brendini saqlab qolgan holda, Home and Colonial kabi yetakchi tarmoqlar bilan birlashib, Allied Suppliers konsorsiumi tarkibiga qo‘shildi. Uch mingdan ortiq do‘konni o‘zida birlashtirgan ushbu yirik ittifoq Britaniyada zamonaviy oziq-ovqat savdosining shakllanishiga yo‘l ochdi va chakana savdo sanoatining yangi bosqichini boshlab berdi.

1880-yillarda o‘zining muvaffaqiyatli oziq-ovqat imperiyasini yanada kengaytirishga intilgan Tomas Lipton do‘konidagi mahsulot assortimentiga choyni ham qo‘shdi. U Seylondagi yangi plantatsiyalaridan choyni bevosita “choy bog‘laridan” arzon narxda sotib olib, yuqori sifatli mahsulotni iste’molchilarga taqdim eta boshladi.

O‘sha davrda choy faqat yuqori tabaqa vakillarining ichimligi hisoblangan bo‘lsa, Lipton bu eksklyuziv mahsulotni innovatsion chorak funtlik qadoqlarda sotuvga chiqarib, uning barcha uchun ekanligini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilishini reklama orqali targ‘ib qildi.

Lipton’ning ommaviy choy importi va aqlli marketing strategiyasi ushbu ichimlikni aristokratlar doirasidan keng iste’molchilar qatlamiga olib chiqdi.

Lipton keyinchalik Unilever tarkibida global brendga aylangan bo‘lsa-da, Tomas Lipton yo‘lga qo‘ygan chorak funtlik Seylon choyi qadoqlari hozir ham brend muvaffaqiyatining asosiy tamal toshlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Unilever va Lipton: strategik sotib olish orqali global ustunlik

Unilever’ning Lipton brendini bosqichma-bosqich sotib olishi jarayoni 1938-yilda boshlangan bo‘lib, Unilever dastlab Lipton’ning AQSh va Kanada bozorlaridagi faoliyatini qo‘lga kiritdi. Brend ustidan to‘liq nazoratni asta-sekin qo‘liga olib, 1972-yilda Liptonni butunlay sotib olish jarayonini yakunladi. Ushbu 30 yildan ortiq davom etgan strategik jarayon Unilever’ning yirik oziq-ovqat va ichimliklar bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli rejasining bir qismi edi.

Lipton choyi 1880-yillarga kelib 80 million funt sterlinglik pul aylanmasiga ega edi. Garchi Unilever Lipton’ni o‘z tarkibiga qo‘shgan bo‘lsa-da, brend uzoq yillar davomida Tomas Liptonning tamoyillari va o‘ziga xos merosini saqlab qolgan holda rivojlandi.

Unilever va PepsiCo: tayyor ichimliklar bozoridagi inqilobiy hamkorlik

1991-yilda Unilever va PepsiCo iste’molchilar orasida tayyor ichishga mo‘ljallangan choyga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan foydalangan holda, ushbu bozorga yo‘naltirilgan qo‘shma korxona tashkil etdi. Mazkur strategik hamkorlik orqali ikkala kompaniya tajribalarini birlashtirib, konservalangan va butilkaga qadoqlangan choy mahsulotlari segmentiga kirib bordi.

Bu kelishuv oziq-ovqat sanoatining yirik konglomeratlaridan biri va o‘tgan asrning eng nufuzli gazli ichimlik ishlab chiqaruvchisi o‘rtasidagi muhim hamkorlik sifatida tarixda qoldi. Bu global miqyosda yirik kompaniyalar kuchini birlashtirib, yangi shakllanayotgan ichimliklar bozoriga kirish yo‘lidagi dastlabki muvaffaqiyatli urinishlaridan biri bo‘ldi.

Bugungi kunda bunday qo‘shma korxonalar keng tarqalgan bo‘lsa-da, 1991-yilda Unilever va PepsiCo o‘rtasidagi hamkorlik muzlatilgan va butilkaga qadoqlangan choy ichimliklari bozorida innovatsion burilish yasadi.

Dastlab faqat Shimoliy Amerikaning ayrim hududlarida faoliyat yuritgan mazkur tashabbus keyinchalik Pepsi Lipton International nomi ostida kengayib, global ichimliklar sanoatidagi kelajak yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Inqiroz

2008-yilda Xitoyning sut mahsulotlari melamin bilan zararlanganlik gumoni ostida global oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirdi. Ushbu mojaro ortidan Britaniya-Gollandiya giganti Unilever yirik inqirozga duch kelib, Sharqiy Osiyo bo‘ylab Lipton sutli choy kukuni mahsulotlarini bozordan olib tashlashga majbur bo‘ldi, chunki ular tarkibida potensial zararli Xitoy sut kukuni mavjud edi.

Mazkur mahsulotlarni ommaviy ravishda bozordan chiqarish iste’molchilar va chakana savdo tarmoqlari orasida ishonchsizlik, xavotir uyg‘otdi.

Xitoy hukumati mojaro ortidan bozor ishonchini tiklash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qat’iy chora-tadbirlar ko‘rgan bo‘lsa-da, 2008-yilgi inqiroz Lipton brendining xalqaro ta’minot, ishlab chiqarish va tarqatish tizimidagi xavflarni fosh etgan muhim voqealardan biri bo‘lib qoldi.

PETA bilan mojaro

2011-yilda hayvon huquqlarini himoya qiluvchi PETA tashkiloti Unilever tomonidan Lipton choyi tarkibiy mahsulotlarini hayvonlarda sinovdan o‘tkazishini fosh qildi. Bu esa keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. PETA 40 mingdan ortiq imzo to‘plangan petitsiya orqali kompaniyaga bosim o‘tkazdi va sinov jarayonlarini bekor qilishni talab qildi.

Norozilik to‘lqini kuchayib borarkan PETA “Lipton CruelTEA” deb nomlangan keng ko‘lamli tashviqot o‘tkazib Unilever’ga jiddiy tahdid soldi. Investorlar va iste’molchilar bosimi ortib borayotgani sababli kompaniya bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan sinov amaliyotidan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Ko‘p millatli yirik kompaniyalar odatda tashqi bosim ta’sirida o‘z siyosatini shoshilinch ravishda o‘zgartirishga moyil bo‘lmasa-da, PETA tomonidan Lipton’ga nisbatan qo‘llangan strategik bosim Unilever’ning qisqa muddat ichida yo‘nalishini o‘zgartirishiga sabab bo‘lgan kam sonli holatlardan biri sifatida tarixda qoldi.

Ushbu mojaro korporatsiyalar faoliyatida hayvonlarda sinov o‘tkazishning axloqiy maqbulligi haqidagi global munozaralarni yana bir bor alanga oldirdi, biroq Unilever’ning tezkor yon berishi faol jamoatchilik bosimi yirik kompaniyalarning siyosiy qarorlariga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini isbotlagan misollardan biri bo‘ldi.

Zuhraxon Mansurova

Previous Post

Tojikiston sunʼiy intellekt boʻyicha rivojlanish markaziga aylanmoqchi

Next Post

19 yoshli Qozog‘istonlik tadbirkorning startapi $250 ming investitsiya jalb qildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

Noyabr 6, 2025
Apple hali ham sun’iy intellekt poygasida yutishi mumkin

Apple hali ham sun’iy intellekt poygasida yutishi mumkin

Oktabr 13, 2025
SEO va qidiruv tizimlari aslida qanday ishlaydi? Yandeks vakilining izohi

SEO va qidiruv tizimlari aslida qanday ishlaydi? Yandeks vakilining izohi

May 8, 2025
Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

Aprel 7, 2025
Next Post
19 yoshli Qozog‘istonlik tadbirkorning startapi $250 ming investitsiya jalb qildi

19 yoshli Qozog‘istonlik tadbirkorning startapi $250 ming investitsiya jalb qildi

Odoo: Lavozimlarsiz boshqariladigan $5 mlrd dollarlik kompaniya

Odoo: Lavozimlarsiz boshqariladigan $5 mlrd dollarlik kompaniya

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Dekabr 28, 2024
Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Fevral 27, 2025

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo

Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo

Noyabr 13, 2025
Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik

Noyabr 13, 2025
Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Noyabr 11, 2025
O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Noyabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo
  • Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik
  • Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?