Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Made in China 2025: o‘yin qoidalarini o‘zgartirgan siyosat

by Gulnoza Sobirova
Aprel 23, 2025
in Iqtisod
Reading Time: 4 mins read
A A
Made in China 2025: o‘yin qoidalarini o‘zgartirgan siyosat
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2015-yilda Xitoy “Made in China 2025” deb nomlangan strategik dasturini ishlab chiqdi. Bundan maqsad – o‘nta muhim yo‘nalishda  (aerokosmik sanoat, robototexnika elektromobillar va boshqalar) texnologik yetakchilikka erishish va mustaqil ishlab chiqaruvchi davlatga aylanish edi.

Oradan o‘n yil o‘tdi, natija esa yo‘q. Ya’ni reja to‘liq amalga oshmagan bo‘lsa-da, biroq Xitoy sanoatidagi transformatsiyani boshlab berdi: global savdo tizimi o‘zgardi, geosiyosiy taranglik kuchaydi va G‘arbning iqtisodiy hukmronligiga qarshi yangi raqobat sahnasini ochdi.

Bajarilmagan maqsadlar — va kutilmagan yutuqlar

Yevropa Savdo-Sanoat Palatasining hisobotida qayd etilishicha, Xitoy yuqori texnologiyali sohalarda masalan (C919 samoliyoti, ilg‘or robototexnika) to‘liq mustaqilikka erisha olmadi. Asosiy texnologiyalar hanuz xorijdan keltirilmoqda.

Shunga qaramay, hisobotda Xitoyning ayrim sohalarda erishgan keskin yutuqlarini ham tan olinadi. Mamlakat kema qurish, tezyurar temir yo‘l va elektromobillar yo‘nalishlarida jahon yetakchisiga aylangan — bu sohalar dastlabki rejaning bir qismi edi. Bundan tashqari, Xitoy umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ham kutilganidan o‘zib ketdi — hozirda u jahon sanoatining 29% ini tashkil etadi, bu esa AQSh va Yevropa birgalikdagi ulushiga deyarli teng.

Qisqacha aytganda, Xitoy o‘z maqsadlariga to‘liq erishmadi, ammo baribir global raqobatchiga aylandi.

Ichki bosim va global savdo tangliklari

Ammo bu hikoya faqat muvaffaqiyat bilan yakunlanmaydi. Siyosiy maqsadlarga tezroq erishishga qaratilgan harakatlar Xitoy ichida haddan tashqari raqobatga sabab bo‘ldi. Bu holat iqtisodchilar tilida “involyutsiya” deb ataladi, ya’ni korxonalar ko‘proq va arzonroq ishlaydi, lekin samaradorlik va foyda oshmaydi.

Bu ayniqsa Xitoyning elektromobil sohasida yaqqol ko‘zga tashlandi. Bozordagi narx urushlari ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning zarar ko‘rishiga olib keldi. Strategik ustunlikka erishish yo‘lida berilgan davlat subsidiyalari va ortiqcha ishlab chiqarish natijasida bozordagi raqobat buzildi. Yevropa va AQSh esa Xitoydan kelayotgan arzon elektromobillar, quyosh panellari va boshqa mahsulotlar bilan adolatsiz raqobatga duch kelmoqda.

Yevropa Ittifoqining Xitoydagi savdo palatasi prezidenti Jens Eskelund bu borada ochiqchasiga shunday dedi:

“Shuni anglashimiz kerakki, Xitoyning muvaffaqiyati muammosiz kechgani yo‘q… bu sog‘lom biznes muhiti yaratgani ham yo‘q.”

Uning fikricha Xitoyning o‘yinchoqdan tortib, AI chiplarigacha yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishi G‘arbda milliy xavfsizlik xavotirlari va ta’minot zanjirida uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.

O‘z-o‘zini ta’minlashmi yoki strategik qaramlikmi?

Texnologik mustaqillikka intilish Xitoy uchun hali yakunlangan yo‘l emas. Huawei yaqinda taqdim etgan smartfoni — Xitoyda ishlab chiqarilgan 5G chip bilan — katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, ammo mutaxassislar hanuzgacha ushbu qurilmada xorijiy qismlar ishtiroki yuqoriligini ta’kidlamoqda. Biroq bu farq tezlik bilan qisqarayotgani aniq: Huawei’ning so‘nggi modeli Pura 70, oldingi modellarga nisbatan 33 ta mahalliy, faqat 5 ta xorijiy komponentdan foydalanmoqda.

Bu ichki ishlab chiqarishga o‘tish harakati — asosan AQSh tomonidan joriy etilgan eksport nazoratlariga javoban boshlangan. Masalan, Nvidia va AMD’ning AI chiplariga qo‘yilgan cheklovlar. Ushbu siyosatlar Xitoyni ichki innovatsiyalarni tezlashtirishga majbur qilmoqda, lekin shu bilan birga global texnologik qurollanish poygasini ham kuchaytirmoqda.

Ilmiy-tadqiqot poygasi: kim aqlliroq sarmoya qilmoqda?

Xitoy innovatsiyaga katta miqdorda sarmoya kiritilmoqda. 2024-yilda mamlakat ishlab chiqaruvchilari daromadlarining 1.68% qismini ilmiy-tadqiqot ishlariga (R&D) sarflash bo‘yicha milliy maqsadga erishdi. Huawei esa bu ko ‘rsatkichni ancha oshirib, daromadining 20% dan ortig‘ini R&D ga ajratdi. Natijada kompaniya 22% o‘sishga erishdi — bu 2016-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich.

Biroq bu sohada G‘arb kompaniyalari ham hali yetakchilikni boy bergani yo‘q. ASML va Nvidia singari texnologik gigantlar daromadlarining mos ravishda 15.2% va 14.2% qismini innovatsiyaga sarflamoqda.

Jens Eskelund esa shunday savolni o‘rtaga qo‘ydi:

“Yevropa kompaniyalari texnologiya sohasida yetakchilikni saqlab qolish uchun yetarlicha harakat qilyaptimi?”

Iqtisodiy sekinlashuv va siyosiy yo‘nalishning qayta ko‘rib chiqilishi

Xarajatlarning oshishi Xitoy sanoatidagi barcha muammolarni hal eta olmadi. Talabdan ortiq ishlab chiqarish “overcapacity” – ortiqcha quvvat muammosini kuchaytirdi. 2024-yilda Xitoyda birja ro‘yxatiga kiritilgan kompaniyalarning deyarli yarmi zarar ko‘rsatdi — bu esa raqobat ko‘plar uchun endi barqaror emasligini anglatadi.

Xitoy hukmati bunga javoban yangi yo‘nalishni tanlamoqda: endilikda e’tibor sanoat ishlab chiqarishni ichki iste’mol bilan muvozanatlashtirishga qaratilmoqda. Biroq 2025-yil boshlarida ham chakana savdo o‘sishi sanoat hajmidan ortda qolmoqda.

Bosh vazir Li Qiang ham hukumatning rasmiy hisobotida “involyutsiya” atamasini ishlatdi – bu Xitoy ichki sanoatidagi bosimlar bo‘yicha yuqori darajadagi xavotirini ko‘rsatadi.

Xitoyning sanoat strategiyasida navbatdagi bosqich nima?

“Made in China 2025” Pekin ta’riflagan “ko‘p o‘n yillik rejaning” faqat boshlanishi edi. Joriy Besh yillik reja (2021-2025, dekabrda yakunlanadi) raqamli iqtisodiyotga urg‘u bermoqda, 2026-yildan kuchga kiradigan yangi strategik reja esa, katta ehtimol bilan, innovatsiya, texnologik mustaqillik va global barqarorlikda yanada chuqurroq sadoqatni ko‘rsatadi.

Ammo asosiy muammo ochiq qolmoqda: Xitoy qanday qilib global tizimni izdan chiqarmasdan oldinga harakat qila oladi? Agar mamlakat ichki talabga mos kelmaydigan hajmda sanoat ishlab chiqarishini subsidiyalashda davom etsa, bu ortiqcha mahsulot jahon bozorlariga oqib chiqadi — narxlar tushadi, siyosiy norozilik esa ortadi.

Bugun dunyo bunga javoban bojlar, savdo cheklovlari va o‘z sanoat siyosatlari orqali harakat qilmoqda. Endi savol shundaki: Xitoyning navbatdagi strategiyasi faqat ishlab chiqarish va masshtabga emas, balki muvozanat, ishonch va uzoq muddatli barqarorlikka ham qaratiladimi?

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Instagram Edits ilovasi ishga tushdi

Next Post

Cynomi AI kiberxavfsizligi uchun $37 mln investitsiya oldi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

ANORBANK and GGSF allocate $10M for women-led businesses

ANORBANK and GGSF allocate $10M for women-led businesses

Aprel 18, 2026
AloqaBank o‘z faktoring kompaniyasini sotuvga chiqardi

AloqaBank o‘z faktoring kompaniyasini sotuvga chiqardi

Aprel 18, 2026
HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

Aprel 10, 2026
Next Post
Cynomi AI kiberxavfsizligi uchun $37 mln investitsiya oldi

Cynomi AI kiberxavfsizligi uchun $37 mln investitsiya oldi

Keraksiz xatlardan xalos bo‘lishning yangi usuli

Keraksiz xatlardan xalos bo‘lishning yangi usuli

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi

Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi

Aprel 21, 2026
O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi

Aprel 21, 2026
Tencent Kaspi.kz aksiyadoriga aylandi

Tencent Kaspi.kz aksiyadoriga aylandi

Aprel 20, 2026
O‘zbekistonda yagona QR-kod to’lov tizimi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda yagona QR-kod to’lov tizimi ishga tushiriladi

Aprel 18, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oliy Majlis Enterprise Uzbekistan markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi
  • O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi Steam’da yangi o‘yinini taqdim etdi
  • Tencent Kaspi.kz aksiyadoriga aylandi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?