Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Mahsulotingiz o‘sishdan to‘xtadimi? Jason Cohen’dan 2 bosqichli strategiya

by Pivot
Sentabr 4, 2026
in Maqolalar
Reading Time: 3 mins read
A A
Mahsulotingiz o‘sishdan to‘xtadimi? Jason Cohen’dan 2 bosqichli strategiya
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Startap ma’lum bir bosqichgacha tez o‘sadi, keyin esa o‘sish sekinlashadi yoki butunlay to‘xtab qoladi. Bunday vaziyatda ko‘pchilik asoschilar marketingga ko‘proq pul sarflashni birinchi yechim deb ko‘radi.

Ammo 4 ta kompaniya asoschisi, jumladan WP Engine’ni yaratgan va 60 dan ortiq startapga investitsiya kiritgan Jason Cohen buning ortida boshqa sabablar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

U Lenny’s Podcast’dagi suhbatida mahsulot o‘sishi to‘xtaganda avvalo tekshirish kerak bo‘lgan 5 ta savolni sanab o‘tadi. Quyida dastlabki ikki bosqichni ko‘rib chiqamiz.

1. Mijozlar mahsulotni tark etyaptimi?

Birinchi savol oddiy: mijozlar nega ketmoqda? Mijoz mahsulotni topish, saytga kirish, narxni ko‘rish, pul to‘lash va onboarding’dan o‘tish uchun ancha vaqt va mablag‘ sarflaydi. Shundan keyin mahsulotdan foydalanishni to‘xtatsa, muammo marketingda emas, mahsulotning o‘zida bo‘lishi mumkin. Bu yerda asosiy ko‘rsatkich — logo churn, ya’ni ma’lum davr ichida mahsulotdan ketgan mijozlar ulushi.

Churn o‘sishga qanday ta’sir qiladi?

Tasavvur qiling, kompaniya har oy 100 ta yangi mijoz jalb qiladi va mijozlarning 5 foizi har oy ketadi. Bunday holatda nazariy maksimal mijozlar soni:

100 ÷ 0,05 = 2 000 ta mijoz.

Ya’ni yangi mijozlar soni va churn darajasi o‘zgarmasa, kompaniya 2 000 mijoz atrofida o‘sish chegarasiga keladi. Shu sababli faqat yangi mijozlarni ko‘paytirishga urinish yetarli emas — mavjud mijozlarni ushlab qolish ham kerak.

Mijoz nega ketganini qanday aniqlash mumkin?

Cohen mijoz ketayotganda beriladigan savolning o‘zi muhimligini ta’kidlaydi. Oddiy “Nega bekor qildingiz?” savoliga mijoz ko‘pincha “qimmat”, “kerak emas” kabi yuzaki javob beradi. Buning o‘rniga: “Sizni bekor qilishga nima majbur qildi?” degan savol aniqroq javob olishga yordam beradi.

Yana bir muhim nuqta — “juda qimmat” degan javobni darhol yakuniy sabab deb qabul qilmaslik. Agar mijoz mahsulotni avval sotib olgan bo‘lsa, keyinchalik narx muammo bo‘lib qolishining ortida mahsulot kutilgan qiymatni bermayotgani, kerakli funksiya yoki integratsiya yo‘qligi kabi sabablar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun churn’ni kamaytirishda onboarding, mahsulotdan dastlabki qiymatni olish va mijozning real ehtiyojini tushunish muhim.

2. Narxingiz to‘g‘ri belgilanganmi?

Mijozlarni ushlab qolish masalasi nazoratda bo‘lsa, keyingi savol — narx strategiyasi. Cohenning fikricha, ko‘plab startaplar narxni bozor yoki mijozlarning real to‘lashga tayyorligi asosida emas, shunchaki taxmin bilan belgilaydi. Keyin esa bu narxni uzoq vaqt o‘zgartirmaydi.

Narxni oshirish har doim mijozlarni kamaytiradimi?

Har doim ham emas. Jason Cohen suhbatda B2B startaplardan biri bilan bog‘liq misol keltiradi. Kompaniya mahsulotini yiliga $300 ga sotayotgan edi. Narxni oyiga $300 ga oshirish tavsiya qilingach, narx 12 baravar qimmatlashdi.

Ammo sotuvlar keskin tushib ketmadi. Buning sababi — narx nafaqat to‘lov miqdorini, balki mahsulot kim uchun ekanini ham belgilaydi.

Masalan, juda arzon mahsulot yirik kompaniyalarga aksincha ishonchsiz ko‘rinishi mumkin. Ular xavfsizlik, qo‘llab-quvvatlash va integratsiya kabi talablar sabab qimmatroq, lekin professional yechimni tanlashi mumkin. Shu sababli narxni oshirish ba’zan mijozlarni yo‘qotish emas, to‘g‘ri mijoz segmentiga o‘tish imkonini beradi. Mahsulot o‘sishi sekinlashganda birinchi qilinadigan ish marketing xarajatlarini oshirish emas. Avvalo uchta savolga javob topish kerak:

1. Mijozlar nega ketmoqda?
Churn yuqori bo‘lsa, yangi mijozlarni jalb qilishning o‘zi o‘sishni ta’minlamaydi.

2. Mijoz ketishining haqiqiy sababi nima?
“Qimmat” kabi yuzaki javoblardan ko‘ra, mahsulot mijozga va’da qilingan qiymatni yetkazib berayaptimi — shuni tekshirish kerak.

3. Narx haqiqatan ham to‘g‘rimi?
Juda arzon narx ham muammo bo‘lishi mumkin. Narx mahsulotning qiymati, maqsadli auditoriyasi va bozordagi pozitsiyasiga mos bo‘lishi kerak.

Jason Cohenning yondashuvi shuni ko‘rsatadiki, o‘sish to‘xtaganda muammo har doim ham marketingda emas. Ba’zan kompaniya avval mahsulotning o‘ziga e’tibor qaratishi kerak.

Previous Post

Nvidia AI platformasi bitimi doirasida Hugging Faceʼni $12,93 milliardga sotib oldi

Next Post

Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Pivot

Related Posts

AI-startaplar va No-Code vositalari: Dasturchisiz startap yaratish imkoniyatlari

AI-startaplar va No-Code vositalari: Dasturchisiz startap yaratish imkoniyatlari

Oktabr 4, 2026
Scalability (Masshtablash) nima? Loyihani xalqaro bozorga olib chiqish

Scalability (Masshtablash) nima? Loyihani xalqaro bozorga olib chiqish

Oktabr 4, 2026
Post-mortem tahlil nima? Muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarish

Post-mortem tahlil nima? Muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarish

Oktabr 4, 2026
Startaplarning 90%i nima uchun tanazzulga uchraydi (Fail boʻladi)? Asosiy 10 ta xato

Startaplarning 90%i nima uchun tanazzulga uchraydi (Fail boʻladi)? Asosiy 10 ta xato

Oktabr 4, 2026
Next Post
Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi

Oktabr 15, 2026
AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin

Oktabr 15, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 MVt quvvatli, atom energiyasida ishlaydigan data-markaz qurilishi rejalashtirilmoqda

Oktabr 15, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Google Gemini 4 Argon modelini global miqyosda taqdim etdi
  • AI dunyo bo‘yicha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qilishi mumkin
  • TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?