Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Mahsulotni yaratmasdan turib sotgan Dropbox qanday qilib 75 000 ta mijoz yig‘gan?

by Pivot
Fevral 2, 2026
in Maqolalar
Reading Time: 3 mins read
A A
Mahsulotni yaratmasdan turib sotgan Dropbox qanday qilib 75 000 ta mijoz yig‘gan?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Ko‘pchilik startap asoschilari uchun eng katta qo‘rquv — oylar davomida kod yozib, minglab dollar sarflab, yakunda hech kimga kerak bo‘lmagan mahsulotni yaratish. Dropbox asoschisi Dryu Hyuston bu xatoni qilmadi. U «The Lean Startup» metodologiyasining eng yorqin misoliga aylangan «Video MVP» strategiyasini qo‘lladi.

Hammasi 2007-yilda boshlangan. O‘shanda MIT talabasi bo‘lgan Dryu Hyuston Bostondan Nyu-Yorkka ketayotgan avtobusda o‘zining USB fleshkasini unutib qoldiradi. Bu birincisi emasdi. Bu muammoga ko’p duch kelgach fayllarni qurilmalar o‘rtasida sinxronizatsiya qiluvchi yagona tizim kerakligini anglaydi.

O‘sha paytda «bulutli saqlash» tushunchasi juda murakkab va bozordagi mavjud yechimlar (masalan, FTP yoki murakkab korporativ dasturlar) oddiy foydalanuvchi uchun tushunarsiz edi.

Dryu avvaliga investorlarga g‘oyani tushuntirishga harakat qildi. Ammo investorlar: «Bunday servislar ko‘p-ku, nima farqing bor?» deb so‘rashardi. Muammo shundaki, Dropbox’ning asosiy kuchi — uning «shunchaki ishlashi» va fayllarni ko‘z ochib yumguncha sinxron bo‘lishida edi. Buni so‘z bilan tushuntirish imkonsiz, texnologiyani to‘liq qurish esa oylar talab qilardi.

2008-yil aprel oyida Dryu bir hiyla ishlatdi. U mahsulotning to‘liq versiyasini yozish o‘rniga, uning qanday ishlashini ko‘rsatuvchi 3 daqiqalik video tayyorladi.

Lekin bu shunchaki zerikarli taqdimot emas edi. U videoni o‘sha paytdagi texnologiya ixlosmandlarining eng katta platformasi — Digg (hozirgi Reddit kabi) uchun mosladi. Videoga o‘sha davrning internet madaniyatiga xos «Easter Eggs» (yashirin hazillar) qo’shdi: Tay Zonday va «Chocolate Rain» qo‘shig‘iga ishoralar, Office Space filmidan iqtiboslar, XKCD komikslari elementlari.

3900% o‘sishning boshlanishi

Video Digg platformasida bir necha soat ichida «top»ga chiqdi (10 000 dan ortiq «diggs» yig‘di). Hayratlanarli natija yuz berdi:

  • Bir kechada: Dropbox kutish ro‘yxatidagi foydalanuvchilar soni 5 000 tadan 75 000 taga yetdi. Dryu hech qanday murakkab server infratuzilmasisiz bozorga mahsulot kerakligini isbotladi. Keyingi 15 oy ichida Dropbox ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar sonini 100 000 dan 4 millionga yetkazdi (bu 3900% o‘sish degani).
  • Foydani soting, funksiyani emas: Dryu «fayllarni saqlash» haqida gapirmadi, u «sehrli papka» (magic pocket) g‘oyasini ko‘rsatdi. U videoni hamma uchun emas, balki g‘oyani tushunadigan «early adopters» (erta qabul qiluvchilar) uchun yaratdi. Agar video muvaffaqiyatsiz bo‘lganida, Dryu bor-yo‘g‘i bir necha kunlik vaqtini yo‘qotgan bo‘lardi, oylab mehnatini emas.

«Yakunda har qanday g‘oya — bu investitsiyadir. G‘oya. Gipoteza. Prototip. Mahsulot. G‘oya rivojlanishining har bir bosqichida qanday metrikalar (ko‘rsatkichlar) va natijalarga erishmoqchi ekanligingizni aniq belgilab oling. Kutilmalarni shunday shakllantiringki, qaysi ‘investitsiyalar’ moliyalashtirilishi va nima sababdan aynan ular tanlanganligi barcha uchun tushunarli bo‘lsin. Bu juda mushkul vazifa, lekin jarayonning boshida sarflangan qo‘shimcha harakatlarga to‘liq arziydi,» — deydi Maykl Karriero Dropboxning mahsulotlar bo’yicha vitse-prezidenti. Yangi mahsulot innovatsiyasini moliyalashtirar ekansiz, har bir kishi navbatdagi qadamdan nima kutish kerakligini va unga qanday hissa qo‘shishini aniq bilishi kerak.

Tayyorladi: Ne’matova Madinabonu

Previous Post

Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Next Post

2 xil bozor bor: kambag’al va boy, o’rta bozor yo’q

Pivot

Related Posts

AI-startaplar va No-Code vositalari: Dasturchisiz startap yaratish imkoniyatlari

AI-startaplar va No-Code vositalari: Dasturchisiz startap yaratish imkoniyatlari

Oktabr 4, 2026
Scalability (Masshtablash) nima? Loyihani xalqaro bozorga olib chiqish

Scalability (Masshtablash) nima? Loyihani xalqaro bozorga olib chiqish

Oktabr 4, 2026
Post-mortem tahlil nima? Muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarish

Post-mortem tahlil nima? Muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarish

Oktabr 4, 2026
Startaplarning 90%i nima uchun tanazzulga uchraydi (Fail boʻladi)? Asosiy 10 ta xato

Startaplarning 90%i nima uchun tanazzulga uchraydi (Fail boʻladi)? Asosiy 10 ta xato

Oktabr 4, 2026
Next Post
2 xil bozor bor: kambag’al va boy, o’rta bozor yo’q

2 xil bozor bor: kambag’al va boy, o’rta bozor yo’q

Onlayn savdoning yangi manzili qayerda?

Onlayn savdoning yangi manzili qayerda?

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI agentlari poygasi: investorlar chip ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqda

AI agentlari poygasi: investorlar chip ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqda

Oktabr 9, 2026
Apple’ning ilk buklanadigan iPhone Duo modeli 16-oktabrda oldindan buyurtmaga ochiladi

Apple’ning ilk buklanadigan iPhone Duo modeli 16-oktabrda oldindan buyurtmaga ochiladi

Oktabr 9, 2026

Alisher Hasanov akseleratsiyasidan o‘tgan startaplar $3 milliongacha yillik takrorlanuvchi daromadga erishdi

Oktabr 9, 2026
EBRD: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8% o‘sadi

EBRD: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8% o‘sadi

Oktabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI agentlari poygasi: investorlar chip ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqda
  • Apple’ning ilk buklanadigan iPhone Duo modeli 16-oktabrda oldindan buyurtmaga ochiladi
  • Alisher Hasanov akseleratsiyasidan o‘tgan startaplar $3 milliongacha yillik takrorlanuvchi daromadga erishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?