Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Meta maxfiy AI tajribalari

by Gulnoza Sobirova
Aprel 20, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Meta maxfiy AI tajribalari
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Meta’ning Llama kabi ilg‘or til modellari bilan bog‘liq yutuqlari ortida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan murakkab voqeliklar yashiringan. Kompaniya sun’iy intellektni yanada kuchliroq qilish borasida OpenAI, Google va Anthropic bilan raqobatlashayotgan bir paytda, so‘nggi surishtiruvlar Meta AI’ni rivojlantirish yo‘lida yuritilgan shubhali tajribalarni ochib berdi – bu tajribalar axloqiy va huquqiy jihatdan jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda.

Meta AI’ni yaxshilagan yashirin tajribalar

Sizib chiqqan ichki hujjatlar va tergov natijalariga ko‘ra, Meta o‘zining Llama modellarini takomillashtirish uchun bir qator maxfiy eksperimentlarni o‘tkazgan. Foydalaniladigan usullardan biri «ablyatsiya» deb ataluvchi usul bo‘lib, bunda modelni o‘rgatishda ba’zi ma’lumotlar ataylab olib tashlanadi yoki almashtiriladi. Bu usul yordamida tadqiqotchilar model sifati va samaradorligiga qaysi tarkibiy qismlar ta’sir qilishini aniqlashga urinadi.

Meta olib borgan tajribalarda ajablanarli holat kuzatildi: trening ma’lumotlariga LibGen kabi saytlardan olingan pirat kitoblar qo‘shilgach, model asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli darajada yaxshilangani aniqlangan. Bularga BooIQ va SIQA kabi og‘ir mulohaza testlari kiradi – ularning ikkalasi ham sun’iy intellektning murakkab savollar va ijtimoiy vaziyatlarni qanchalik yaxshi tushuna olishini o‘lchaydi.

Ya’ni, o‘g‘irlangan ilmiy fantastika, akademik darsliklar va badiiy asarlar Meta AI’ni “aqlliroq” qilishda muhim rol o‘ynagan.  

Meta nima uchun qaroqchilik kitoblaridan foydalangan?

AI modellarini rivojlantirishda aniq tarkibga ega, izchil hikoya yoki tushunchalarni o‘z ichiga olgan uzun matnlar nihoyatda muhim. Bunday matnlar modellarga ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa postlar yoki Vikipediyadagi maqolalardan ko‘ra yaxshiroq mulohaza yuritish, hikoya qilish va muammolarni hal qilishni o‘rganishga yordam beradi.

Lekin bir muammo bor: mualliflik huquqi bilan himoyalangan kitoblarni litsenziyalash qimmat va yuridik jihatdan murakkab. Shuning uchun Meta tadqiqotchilari LibGen kabi ochiq qaroqchilik ma’lumotlar bazalaridan kontentni jimgina tortib olishdi, platformada yuz minglab mualliflik huquqiga ega skanerlangan kitoblar mavjud.

Ichki yozishmalarda Meta jamoasi bu materiallar model natijalari uchun juda zarur deb o‘ylaganini, shu bilan birga huquqiy va axloqiy muammolarni ham tan olganini ko‘rish mumkin. Biroq ular bu haqida jamoatchilikka yoki mualliflarga xabar bermaslikka qilmaslikka qaror qilgan. Bunga sabab sifatida “fair use” huquqiy asosi va alohida har bir kitob yakuniy mahsulotga katta ta’sir qilmaydi degan fikr keltirilgan.

Axloqiy janjallar va huquqiy oqibatlar

Meta bu qarorlar bilan jamiyatda jiddiy tanqidlarga duch keldi. Yozuvchilar, noshirlar va huquqshunoslarning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt kompaniyalari o‘zlari yaratmagan va haq to‘lamagan ishlardan foyda ko‘rmoqda. Hozirda bir nechta da’vo arizalari ko‘rib chiqilmoqda, jumladan Kadrey v. Meta, bu yerda mualliflar ularning kitoblaridan roziliksiz foydalanilganini da’vo qiladi.

Bu yerda muammo faqat qonuniy huquqlar haqida emas. Bu masala shaffoflik va ma’suliyat haqida. Meta, OpenAI va Google kabi sun’iy intellekt kompaniyalari ko‘pincha o‘z modellari qanday o‘qitilganini to‘liq ochiqlamaydi. Ammo bu modellarning sifati va ularning potensial xavf-xatarlari ko‘p jihatdan ular o‘rgangan narsalarga bog‘liq.

Bir savol tug‘iladi: agar milliardlab dollar sarflanayotgan tizimlar mualliflik huquqiga ega asarlardan foydalangan holda shakllansa, bu asar mualliflari bunga ta’sir qilish yoki kamida haq olish huquqiga ega emasmi?

Taraqqiyot va tamoyillar

Meta’ning maxfiy tajribalari kompaniyalar yuqori natijalarga erishish uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyorligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu hodisa sun’iy intellekt sohasida axloqiy me’yorlarning qanchalik e’tiborsiz qoldirilayotganidan ham darak beradi. Bu yerda qimmatli kontent roziliksiz olinadi va innovatsiyalar ko‘pincha javobgarlikdan ustun bo‘ladi.

Albatta, ilg‘or sun’iy intellekt – bu hayajonli istiqbol. Ammo agar uni o‘g‘irlangan bilimlar ustiga qurayotgan bo‘lsak, bu qanday kelajak bo‘ladi?

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

OpenAI’ning yangi “reasoning” modellari ko‘proq xato qiladi

Next Post

Tuz bilan ishlaydigan muzlatkich: Hindistonlik o‘smirlarning hayotni saqlab qoluvchi ixtirosi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Sentabr 8, 2026
Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Sentabr 8, 2026
Next Post
Tuz bilan ishlaydigan muzlatkich: Hindistonlik o‘smirlarning hayotni saqlab qoluvchi ixtirosi

Tuz bilan ishlaydigan muzlatkich: Hindistonlik o‘smirlarning hayotni saqlab qoluvchi ixtirosi

Narxlar ortidagi psixologiya: aqlli narxlash mijoz qaroriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Narxlar ortidagi psixologiya: aqlli narxlash mijoz qaroriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?