Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?

by Pivot
Aprel 10, 2026
in Iqtisod
Reading Time: 4 mins read
A A
Naqdsiz to’lov majburiy bo’ldi — bu kim uchun yaxshi, kim uchun yomon?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

* Yashirin iqtisodiyot — qonun bilan man etilmagan, ammo soliqqa tortilmaslik va qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik maqsadida davlat organlaridan ataylab berkitilgan iqtisodiy faoliyat.

1-apreldan O’zbekistonda uy yoki mashina sotmoqchi bo’lsangiz, cho’ntagingizdan qalin dasta dollar chiqarib uzatolmaysiz. To’lov faqat bank orqali. Bu shunchaki texnik o’zgarish emas — bu davlatning yashirin iqtisodiyotga qarshi eng jiddiy qadamlaridan biri. Savol shuki: bu qadam o’z nishoniga yetib borarmikan?

2024-yil yakunida O’zbekistonda yashirin iqtisodiyot YaIMning 34,8 foizini tashkil etdi — bu taxminan 40 milliard dollar. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra, bu raqam 505 trln so’mdan oshadi. Milliy statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylari yakunlariga ko’ra yashirin iqtisodiyotning YaIMdagi ulushi 33,3 foizni tashkil etdi – biroz kamaygan, ammo hali ham YaIMning uchdan bir qismi.

Prezident Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida yashirin iqtisodiyot ulushi 45–50 foizdan 28 foizga tushirildi. Lekin bu hali dastlabki qadamlar ekani ta’kidlangan edi.  Eng qizig’i — yashirin iqtisodiyot eng ko’p qayerda to’planganiga qarasangiz: qishloq xo’jaligi, qurilish, xizmatlar sohasi — aynan shu uchlikda kuzatilmaydigan faoliyat eng yuqori. Ko’chmas mulk va avtomobil bozori esa aynan shu uchlikning o’zagi bo’lib kelgan. Prezidentning o’zi ham bu ikki sohani yashirin iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari sifatida alohida qayd etgan.

Sababi oddiy: uy sotayotgan kishi hujjatda narxni past ko’rsatib, qolganini qo’lma-qo’l olardi. Soliq qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, minglab notarial bitim bozor narxidan bir necha barobar past qilib rasmiylashtirilgan. Bu nafaqat soliq yo’qotishi — bu davlat umuman ko’ra olmaydigan, nazoratdan tashqarida qoladigan ulkan pul oqimi edi.

Yechim: eskrou tizimi nima va u qanday ishlaydi?

Aynan shu muammoni hal qilish uchun eskrou tizimi ishga tushirildi. Eskrou hisobvaraq — xaridor va sotuvchi o’rtasidagi «xavfsiz vositachi quti». Xaridor pulni to’g’ridan-to’g’ri sotuvchiga emas, bankdagi maxsus hisobga qo’yadi. Notarius shartnomani faqat bank mablag’lar mavjudligini elektron tarzda tasdiqlagach imzolaydi. Bitim rasmiy tus olgach, pul sotuvchiga o’tkaziladi. Agar bitim amalga oshmasa, pul xaridorga qaytariladi.

Xizmat bepul emas. Ko’chmas mulk uchun komissiya 206 ming so’mgacha, avtomobil uchun 103 ming so’mgacha. Bu tizimning mohiyati ikkita: xavfsizlik va shaffoflik. Har bir so’m elektron iz qoldiradi. Har bir bitim davlat ko’zi oldida sodir bo’ladi.

Birinchi hafta: raqamlar nimani ko’rsatdi?

Markaziy bank statistik ma’lumotlariga ko’ra, 1–7-aprel oralig’ida — tizim ishga tushganidan keyingi dastlabki yetti kun — 6156 ta shartnoma rasmiylashtirilib, jarayonga kiritildi. Shundan 3904 tasi transport vositalari, 2252 tasi ko’chmas mulk bo’yicha. Viloyatlar kesimida Toshkent shahri 1708 ta bitim bilan mutlaq yetakchi, Farg’ona 598 ta, Samarqand 519 ta bilan keyingida. Bir hafta — katta xulosa chiqarish uchun yetarli vaqt emas.

Prezidentning dekabrdagi PF-246-son farmoni bilan 2030-yilga qadar aniq maqsadlar belgilandi: yashirin iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga kamaytirish, naqdsiz to’lovlar ulushini 75 foizga yetkazish, rasmiy bandlik ulushini 64 foizga oshirish. Ko’chmas mulk va transport bozorlarini eskrou tizimiga o’tkazish aynan shu strategiyaning eng ko’zga ko’ringan qismi. Bu sohalar juda ko’p pul aylanadigan, ayni paytda yashirin iqtisodiyotining eng katta bo’shlig’i hisoblanadi.

Bir qator mutaxassislar majburlash orqali amalga oshirilgan naqdsiz to’lovlar ba’zan aksincha qora bozorni kuchaytirishi mumkinligini aytmoqda. Yirik hajmdagi savdo bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarning bir qismi rasmiy tizimdan chetlab o’tishga intilishi ehtimoldan xoli emas. Raqamli tizimlar kengaygani sari ma’lumotlar xavfsizligi ham alohida masalaga aylanadi. Notarius, bank va soliq organlari o’rtasida real vaqtli ma’lumot almashinuvi kuchayishi — bu bir tomondan nazorat, boshqa tomondan kiberxavfsizlikka yangi talablar. Ba’zilar esa majburlash o’rniga rag’batlantirish — naqdsiz to’lov uchun keshbek yoki soliq imtiyozi — samaraliroq natija berishi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Amalda nima bo’ldi?

Eng og’riqli muammo esa boshqa joyda yuzaga keldi — infratuzilma va kommunikatsiyada. 1-apreldan yonilg’i quyish shoxobchalarida naqd pul qabul qilinishi to’xtatilishi haydovchilar orasida vahimani yuzaga keltirdi. Surxondaryo viloyatidagi shoxobcha egalari Paynet bilan ixtiyoriy shartnoma tuzishga majbur etilganliklarini, va’da qilingan yoqilg’i kartalari esa berilmaganini aytdi. «Ko’pchilik — taxminan 70–80 foiz odam naqd pul bilan kelmoqda», — dedi shoxobcha egallaridan biri. 

Qishloq joylarda esa elektr o’chishi, aloqa signalining yo’qligi va terminallarning ishlamasligi oddiy fuqaroning kundalik to’lovini ham murakkablashtirdi. Bu esa islohot g’oyasi to’g’ri bo’lsa-da, infratuzilma unga hali tayyor emasligini ko’rsatdi. Balki naqd pulsiz hisob-kitoblarga bosqichma-bosqich, sohalar kesimida asta-sekin o’tish bu og’riqlarning ko’pini oldini olgan bo’lardi.

Raqamli tizimlar kengaygani sari ma’lumotlar xavfsizligi ham alohida masalaga aylanadi. Notarius, bank va soliq organlari o’rtasida real vaqt rejimida ma’lumot almashinuvi kuchayishi — bu bir tomondan nazorat, boshqa tomondan kiberxavfsizlikka yangi talablar. Ba’zilar esa majburlash o’rniga rag’batlantirish — naqdsiz to’lov uchun keshbek yoki soliq imtiyozi — samaraliroq natija berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Chuqur ildiz otgan «qo’lma-qo’l pul» amaliyotini o’zgartirish — bu faqat qonunchilik emas, madaniyat masalasi. Agar tizim o’z maqsadiga yetsa — davlat har yil yo’qotib kelayotgan o’nlab milliard dollarga yaqin yashirin iqtisodiyotining bir qismi budjetga, ya’ni maktab, kasalxona va yo’lga aylanadi. Ko’chmas mulk bozori shaffof bo’ladi — narxlar haqiqiy bo’ladi, firibgarlik kamayadi, xaridor himoyalanadi. Rasmiy bandlik o’sadi, soliq bazasi kengayadi. Agar tizim ishlamasa — yoki odamlar uni chetlab o’tish yo’lini topsalar — qora bozor yangi shakl oladi, banklar texnik muammolar bilan band bo’lib qoladi, aholi tizimga ishonmay ikkilanadi.

Previous Post

O‘zbekiston startaplari uchun Afrika va MENA bozorlariga yangi ko‘prik qurilmoqda

Next Post

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Pivot

Related Posts

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya AgriTech universiteti va “aqlli ferma” tashkil etmoqchi

Avgust 13, 2026
Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Toshkentda $173 mlnlik 7 ta kogeneratsiya majmuasi quriladi

Avgust 12, 2026
AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

AQSh fond bozoridagi qiymatning deyarli barchasini atigi 4% kompaniya yaratgan

Iyul 15, 2026
Oʻzbekistonda islomiy moliya bozori shakllanmoqda: 2030-yilga borib hajm 15 trillion soʻmga yetishi mumkin

Oʻzbekistonda islomiy moliya bozori shakllanmoqda: 2030-yilga borib hajm 15 trillion soʻmga yetishi mumkin

Iyul 13, 2026
Next Post
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O'zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O'zbekiston va Qozog'iston VClari hajmi $2 mln bo'lgan qo'shma fond tuzmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi

Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi

Avgust 19, 2026
OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi

Avgust 19, 2026
Korxonalarda sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Korxonalarda sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

Avgust 19, 2026
SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi

SpaceX Cursor’ni $60 mlrdga sotib olish bitimini rasman yakunladi

Avgust 17, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda muhim tashabbuslarni e’lon qildi
  • OpenAI yangi modellarini o’qitishni to’xtatdi
  • Korxonalarda sun’iy intellekt joriy etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?