Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Narxlash modelining qulashi: AI dasturlari narx siyosatini o‘zgartirmoqda

by Gulnoza Sobirova
Aprel 26, 2025
in AI
Reading Time: 3 mins read
A A
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Yillar davomida dasturiy ta’minot kompaniyalari foydalanuvchilar soniga qarab haq olish ya’ni “o‘rinlar soni” (yoki “seats”) modeliga amal qilishgan. Ammo sun’iy intellekt bu tizimni tubdan o‘zgartirmoqda. AI vositalari yanada ilg‘or bo‘lib borayotgani sari, ularni ishlatish xarajatlari ham ancha qimmatga tushmoqda. Endi esa yangi davr kirib kelmoqda. Bu dasturiy ta’minot sanoatini tubdan o‘zgartirishi mumkin: foydalanganingga qarab to‘lash (“pay-as-you-go”).

AI nega qimmatga tushmoqda?

Bu o‘zgarishning markazida yangi turdagi AI yotadi — faqat tezkor javob bermaydigan, balki bosqichma-bosqich fikrlaydigan, o‘z ishini tekshiradigan va javobdan oldin bir necha marta hisob-kitob qiladigan kuchli modellar. Bu esa “inference-time compute” deb ataladigan jarayonda juda katta hisoblash quvvatini talab qiladi.

Masalan, OpenAI’ning eng yangi o3-high modeli bitta savolga javob berish uchun avvalgi o1 modeliga qaraganda 1,000 baravar ko‘proq qayta ishlash, ya’ni “tokenlari”dan foydalanadi. Barclays tahlilchilarining hisoblashicha, bitta foydalanuvchi so‘rovi uchun bir murakkab javob tayyorlash narxi taxminan $3,500 atrofida bo‘lishi mumkin.

Endi tasavvur qiling, bu miqdor millionlab foydalanuvchilarga ko‘payganida qanday xarajatlar yuzaga chiqadi.

Nega an’anaviy narxlash modellari endi ish bermayapti

Yaqin vaqtgacha Salesforce, Microsoft yoki Zoom kabi SaaS kompaniyalari an’anaviy tarzda har bir foydalanuvchi uchun barqaror to‘lov modelidan foydalangan. Bu usul foydalanuvchini xizmat bilan ta’minlash xarajati deyarli nolga teng bo‘lganda foydali edi. Ammo sun’iy intellekt bilan bu xarajat har bir foydalanuvchi uchun keskin o‘zgarishi mumkin — foydalanuvchi tizimdan qancha ko‘p foydalansa, xarajat ham shunga yarasha oshadi.

Bu esa belgilangan tarif (flat-rate) tizimini xavf ostiga qo‘yadi. Agar bitta mijoz boshqasiga nisbatan ancha ko‘p AI quvvatidan foydalansa, kompaniya zarar ko‘rishi mumkin.

Konsalting kompaniyasi AlixPartners bu muammoni aniq tushuntirgan: “AI agentlari an’anaviy SaaS xizmatlariga qaraganda daromad xarajatlarini ancha oshirishi mumkin, bu esa kompaniyalarni ushbu xarajatlarni boshqarish usullarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.”

Foydalanishga asoslangan narxlash tizimiga o‘tish

Bu muammoni hal qilish uchun ko‘plab kompaniyalar faoliyatga asoslangan narxlash modeliga o‘tmoqda. Bu modelda mijoz ishlov berilgan tokenlar, berilgan savollar, foydalanilgan funksiyalar yoki ishga tushirilgan avtomatlashtirishlar soniga qarab haq to‘laydi.

Bu yondashuv texnologiyaning boshqa sohalarida yangilik emas. Masalan, dasturchilar platformasi Vercel saytga qancha ko‘p tashrif buyurilsa, shuncha ko‘p to‘lov oladi. Yaqinda esa OpenAI bosh direktori Sem Altman kredit asosida ishlaydigan tizimni taklif qildi — foydalanuvchi asosiy obuna uchun haq to‘laydi va turli AI funksiyalaridan foydalanish uchun kreditlardan foydalanadi, kerak bo‘lsa qo‘shimcha kredit sotib oladi.

Bu yondashuv mijozlarga ko‘proq nazorat beradi va dasturiy ta’minot kompaniyalariga AI infratuzilmasining ortib borayotgan xarajatlarini boshqarishda yordam beradi.

Bu dasturiy ta’minot kelajagi uchun nimani anglatadi

Biz AI iqtisodiyotining yangi bosqichiga o‘tyapmiz — endi har bir interaksiya aniq xarajatlarga ega. Yashab qolishni istagan dasturiy ta’minot kompaniyalari narxlash tizimlarini ushbu haqiqatga moslashtirishi kerak bo‘ladi. Belgilangan tariflar asta-sekin yo‘qolishi, ularning o‘rnini moslashuvchan va foydalanishga asoslangan rejalar egallashi mumkin.

Foydalanuvchilar uchun bu ko‘proq shaffoflikni anglatadi — lekin shu bilan birga, foydalanish hajmini nazorat qilish zaruriyatini ham bildiradi. Kelajakda kuchli AI vositalaridan foydalanish telefoningizdagi internet-trafikni boshqarishga o‘xshab qolishi mumkin.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Google AI qidiruvining takomillashishi

Next Post

Meta Llama sun’iy intellekt modelini o‘zbek tilida ishlashga moslashtirishni ko‘zlamoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

OpenAI “Sky”ni sotib oldi — Mac uchun aqlli yordamchi bo‘ladigan sun’iy intellekt interfeysi

Oktabr 24, 2025
Apple hali ham sun’iy intellekt poygasida yutishi mumkin

Apple hali ham sun’iy intellekt poygasida yutishi mumkin

Oktabr 13, 2025
Reflection AI — Amerika uchun ochiq AI laboratoriyasi bo‘lish yo‘lida $2 milliard investitsiya oldi

Reflection AI — Amerika uchun ochiq AI laboratoriyasi bo‘lish yo‘lida $2 milliard investitsiya oldi

Oktabr 10, 2025
Next Post
Meta Llama sun’iy intellekt modelini o‘zbek tilida ishlashga moslashtirishni ko‘zlamoqda

Meta Llama sun’iy intellekt modelini o‘zbek tilida ishlashga moslashtirishni ko‘zlamoqda

O‘zbekiston va Meta: AI hamkorligi yangi bosqichda

O‘zbekiston va Meta: AI hamkorligi yangi bosqichda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Dekabr 28, 2024

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Fevral 27, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Noyabr 8, 2025
O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

Noyabr 7, 2025
Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Noyabr 6, 2025
TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

Noyabr 6, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam
  • O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi
  • Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?