Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Nima uchun O‘zbekistonda startap yopishdan qo‘rqmaslik kerak?

by Pivot
Fevral 13, 2026
in Maqolalar
Reading Time: 2 mins read
A A
Nima uchun O‘zbekistonda startap yopishdan qo‘rqmaslik kerak?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekiston staratp ekotizmi endi shakllanayotgan bo’lsa ham bir zararli qarash bor: agar loyiha yopilsa, bu «sharmandalik» yoki «omadsizlik» sanaladi. Atrofdagilarning «aytdim-ku ishlamaydi deb» degan pichinglari ko‘pincha istiqbolli tadbirkorlarning shijoatini so‘ndiradi. Biroq, global texnologiya olamida vaziyat butunlay boshqacha: u yerda startap yopish — mag‘lubiyat emas, balki qimmatbaho bilimga aylangan kapitaldir.

Killed by Google (Google o’ldirgan startaplar)

Dunyodagi eng boy korporatsiyalardan biri bo‘lgan Google bugungi kunga qadar 290 dan ortiq loyihasini (Google Plus, Stadia, Picasa) yopib yuborgan. Bu Google kuchsizligini emas, balki uning g‘oyatda aqlli ekanini anglatadi. «Killed by Google» ro‘yxati aslida dunyoning eng qimmat tajriba laboratoriyasidir. Google ishlamayotgan gipotezani tezda aniqlaydi va unga ketayotgan milliardlarni istiqbolliroq yo‘nalishlarga (masalan, sun’iy intellektga) o‘tkazadi. Ular uchun yopilish — bu resurslarni xatodan qutqarib qolish va ularni to’g’ri yo’nalishga qayta taqsimlash demakdir.

Ba’zida startapning o‘limi boshqa bir gigantning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, bugun qiymati 27 milliard dollardan oshgan Slack messenjeri aslida «Glitch» nomli muvaffaqiyatsiz onlayn o‘yinning qoldiqlaridan qurilgan. O‘yin yopildi, lekin jamoaning o‘zaro muloqoti uchun yaratilgan ichki chat platformaga aylandi. Amazon kompaniyasi ham Fire Phone smartfoni loyihasida 170 million dollar zarar ko‘rdi. Ammo aynan o‘sha «sharmandali» mag‘lubiyat ustida ishlagan muhandislar bugun butun dunyo foydalanadigan Amazon Echo (Alexa) aqlli dinamiklarini yaratishdi. Agar ular birinchi xatodan keyin to‘xtab qolishganida, bu inqilobiy mahsulotlar tug‘ilmas edi.

Silikon vodiysida investorlar birinchi marta startap boshlayotgan yosh tadbirkordan ko‘ra, 2-3 ta loyihasini yopgan «tajribali asoschi»ga ko‘proq ishonishadi. Statistika shafqatsiz: birinchi urinishda muvaffaqiyat ehtimoli atigi 18% ni tashkil qiladi. Yopilgan har bir startap — bu asoschi uchun eng amaliy va qimmat MBA darsidir. O‘zbekistonda ham startapni klassik biznes bilan adashtirmaslik kerak. Klassik biznesda yopilish bankrotlik bo‘lsa, startapda bu gipotezani tekshirish va keyingi bosqichga o‘tish demakdir.

Dunyodagi eng mashhur o‘yin — Angry Birds — Rovio kompaniyasining 52-urinishi edi. Ungacha bo‘lgan 51 ta loyiha «omadsiz» bo‘lgan. Agar O‘zbekistonda kuchli ekotizim bo‘lishini xohlasak, startap yopganlarni masxara qilishni emas, ularning jasoratini hurmat qilishni boshlashimiz kerak. Chunki risk qilganlargina kelajakni yaratadi.

Asoschi bo‘lsangiz va loyihangiz yopilgan bo‘lsa, bilib qo‘ying: siz yutqazmadingiz. Siz shunchaki ko‘pchilik jur’at qilmagan eng qimmatli bilimni qo‘lga kiritdingiz. Bu esa hali boshlanishi.

Previous Post

2030-yilgacha $2 Milliard dollar investitsiya: startaplar uchun ulkan imkoniyatlar eshigi ochildi

Next Post

EduBaza EdTech startapi $1 million baholash bilan ilk investitsiyani jalb qildi

Pivot

Related Posts

AI-startaplar va No-Code vositalari: Dasturchisiz startap yaratish imkoniyatlari

AI-startaplar va No-Code vositalari: Dasturchisiz startap yaratish imkoniyatlari

Oktabr 4, 2026
Scalability (Masshtablash) nima? Loyihani xalqaro bozorga olib chiqish

Scalability (Masshtablash) nima? Loyihani xalqaro bozorga olib chiqish

Oktabr 4, 2026
Post-mortem tahlil nima? Muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarish

Post-mortem tahlil nima? Muvaffaqiyatsizlikdan saboq chiqarish

Oktabr 4, 2026
Startaplarning 90%i nima uchun tanazzulga uchraydi (Fail boʻladi)? Asosiy 10 ta xato

Startaplarning 90%i nima uchun tanazzulga uchraydi (Fail boʻladi)? Asosiy 10 ta xato

Oktabr 4, 2026
Next Post
EduBaza EdTech startapi $1 million baholash bilan ilk investitsiyani jalb qildi

EduBaza EdTech startapi $1 million baholash bilan ilk investitsiyani jalb qildi

ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Samarqanddan Toshkentgacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda

Samarqanddan Toshkentgacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda

Oktabr 6, 2026
2026-yilning 3-choragida global venchur investitsiyalari $159 mlrdga yetdi

2026-yilning 3-choragida global venchur investitsiyalari $159 mlrdga yetdi

Oktabr 6, 2026
Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Oktabr 6, 2026
Dunyoda ishlayotgan sanoat robotlari soni 5 milliondan oshdi

Dunyoda ishlayotgan sanoat robotlari soni 5 milliondan oshdi

Oktabr 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Samarqanddan Toshkentgacha yangi 500 kV elektr uzatish liniyasi qurilmoqda
  • 2026-yilning 3-choragida global venchur investitsiyalari $159 mlrdga yetdi
  • Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?