Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Oʻzbekiston “Digital Almaty 2025” forumida ishtrok etdi

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 31, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
Oʻzbekiston “Digital Almaty 2025” forumida ishtrok etdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Olmaota shahrida 31-yanvar kuni “Digital Almaty 2025” xalqaro raqamli forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri O.Bektenov, Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri A.Asadov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri R.Golovchenko, Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti M.Aref, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi Rahbari A.Kasimaliyev, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi M.Mishustin, Armaniston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Grigoryan va boshqalar
ishtirok etdi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, yurtimizni sun’iy idrok texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan strategiya tasdiqlanib, muayyan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab berilgani qayd etildi.

Xususan, sun’iy ongga asoslangan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va raqamli xizmatlar ko‘rsatish hajmini 1,5 milliard dollargacha oshirish, bir qator ilmiy laboratoriyalar yaratish, yuqori samarali server infratuzilmasini shakllantirish singari ko‘plab ustuvor vazifalar maqsad qilib olingan.

Yalpi majlisda Strategiya doirasida yigirmadan ortiq loyiha amalga oshirilgani hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalari jadal tatbiq etilayotgani natijasida qator yutuqlarga erishilgani ma’lum qilindi.

Jumladan, Toshkent metropolitenida “Palm Pay”, to‘lov tizimi joriy etilib, to‘lovlarni amalga oshirishda yo‘lovchilarga qulaylik yaratildi, banklar va yirik savdo majmualarida “My ID” va “UzFace” tizimi yo‘lga qo‘yilgani esa mijozlarni identifikatsiyalashni tezlashtirish va raqamli firibgarlik xavfini kamaytirish imkonini berdi, soliq tizimi va davlat xizmatlari portalida aholiga maslahatlar berish va elektron xizmat olishga yordam beruvchi virtual yordamchilar ishga tushirildi.

Natijada, O‘zbekiston 2024-yilda “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorligi reytingi”da 17 pog‘onaga ko‘tarildi.

Yalpi majlisda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Bunda, ayniqsa, birinchi navbatda, IT infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bildirildi.

Shu maqsadda, O‘zbekiston sun’iy idrokni tartibga solish standartlarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha yetakchi tashkilotlar va IT kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni faol kengaytirmoqda.

Shuningdek, raqamlashtirish va sun’iy intellektning dolzarb masalalari, shu jumladan, mazkur yo‘nalishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.

Previous Post

Payme O‘zbekistonda raqamli platformaning ustun operatori deb tan olindi

Next Post

Guccio Gucci: Jahon miqyosidagi hashamatli imperiyani barpo etgan lift xizmatchisi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Iyun 15, 2026
Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Iyun 13, 2026
Apple AI poygasiga qaytdi: WWDC 2026 da yangi Siri taqdim etildi

Apple AI poygasiga qaytdi: WWDC 2026 da yangi Siri taqdim etildi

Iyun 12, 2026
Tojikiston IT Hub Dushanbe qurilishini boshladi

Tojikiston IT Hub Dushanbe qurilishini boshladi

Iyun 10, 2026
Next Post
Guccio Gucci: Jahon miqyosidagi hashamatli imperiyani barpo etgan lift xizmatchisi

Guccio Gucci: Jahon miqyosidagi hashamatli imperiyani barpo etgan lift xizmatchisi

Kiichiro Toyoda’ning merosi: Toyota’ning barqaror taraqqiyot strategiyasi

Kiichiro Toyoda’ning merosi: Toyota’ning barqaror taraqqiyot strategiyasi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Iyun 15, 2026
Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Iyun 13, 2026
Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi

Iyun 13, 2026
The real capital in the AI age is not technology, but the Founder

Sun’iy intellekt davrida eng katta qiymat — bu asoschi

Iyun 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Qirg‘iziston Prezidenti IT-kompaniyalar va startaplar uchun 5 yillik soliq imtiyozlarini taqdim etdi
  • Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi
  • Ilon Mask Forbesda milliarderlar ro‘yxatidan o‘chirildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?