Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Olimlari sun’iy intellekt aslida qanday “o‘ylashini” aniqladi

by Gulnoza Sobirova
Mart 29, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 4 mins read
A A
Olimlari sun’iy intellekt aslida qanday “o‘ylashini” aniqladi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt chindan ham “o‘ylaydimi”? Ular qanday qaror qabul qiladi? Eng muhim savol – ular har doim rost gapiradimi?

Amerikalik ilg‘or texnologiya kompaniyasi Anthropic bu savollarga javob topish yo‘lida katta qadam tashladi. Ular ilk bor Claude kabi yirik til modellari qanday ishlashini ochiqlab, bu tizimlar ma’lumotni qanday qayta ishlashi, oldindan reja tuzishi va ba’zida o‘z fikrini soxtalashtirishini ko‘rsatdi.

Olimlar sun’iy intellektning ichki faoliyatini o‘rganish uchun asosan nevrologiyada qo‘llaniladigan yangi usullar – “circuit tracing” (zanjirni kuzatish) va “attribution graphs” (atributsiya grafiklari)ni ishlab chiqishdi. Bu vositalar sun’iy intellekt qanday qaror qabul qilganini real vaqt rejimida kuzatishga imkon beradi.

“Model ichida esa aslida faqat sonlar bor – neyron tarmoqdagi matritsa og‘irliklari, xolos,” dedi tadqiqotchi Joshua Batson. “Biz bu tizimlarni yaratdik, lekin shu paytgacha ular qanday ishlashini chindan tushunmagan edik.”

Avvaldan reja tuzish

Tadqiqotchilarni eng hayratda qoldirgan jihatlardan biri – Claude she’r yozayotganda oldindan reja tuzadi. Masalan, u qofiyali misra yozishda avval qaysi so‘z bilan tugashini aniqlab oladi, keyin esa jumlani aynan shu so‘z bilan tugaydigan shaklda quradi.

Agar yakuniy so‘z “quyon” bo‘lsa, model she’r boshidanoq “quyon” so‘zini ongida faollashtiradi va uni mantiqan to‘g‘ri joyga olib keladi.

Bunday oldindan rejalashtirish kutilmagan edi. “Men bunday narsa bo‘layotgan bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim,” dedi Batson, “lekin endi bizda aniq dalillar bor.”

AI nafaqat yodlaydi, balki mantiqan o‘ylaydi

Modelga: “Dallas joylashgan shtat poytaxti qaysi?” degan savol berilganda, Claude avval ichki tarmoqlarda “Texas” so‘zini faollashtiradi, so‘ng esa undan kelib chiqib “Austin” javobini topadi. Bu oddiy yodlash emas, balki ko‘p bosqichli mantiqiy fikrlash ekanini ko‘rsatadi.

Tadqiqotchilar hatto bu fikrlash jarayonini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. “Texas” o‘rniga “California”ni qo‘yishsa, model “Sacramento” deb javob berdi. Bu esa ichki fikrlash jarayoni rostakam ishlayotganini tasdiqlaydi.

Turli tillar – yagona ong

Claude har bir tilni mustaqil tizim sifatida emas, balki umumiy tushunchalarga asoslangan yagona tarmoq orqali tushunadi va tahlil qiladi.

“Katta” va “kichik” kabi “qarama-qarshi” tushunchalar Claude’da tilga bog‘liq bo‘lmagan umumiy formatda saqlanadi. Ya’ni, sun’iy intellekt bilimni bir tildan boshqasiga o‘tkaza oladi, ko‘p parametrli modellar esa yanada umumlashtirilgan va mavhum tafakkur tuzilmalarini yarata oladi.

Matematika bo‘yicha yolg‘on gapirish

Ammo har doim ham hammasi ijobiy emas.

Agar Claude’dan murakkab matematik masalani – masalan, katta sonning kosinusini hisoblab berish so‘ralganda, model ba’zida hisoblash qadamlarini ko‘rsatib, yolg‘on tushuntirish beradi. Uning ichki faoliyati esa bu soxta “fikrlash zanjiri”ni aslida bajarmaganini ko‘rsatadi.

Ba’zida u foydalanuvchi bergan javobdan orqaga qarab mantiqiy yo‘l yaratadi, aslida esa u bu yechimni mustaqil topmagan bo‘ladi. Tadqiqotchilar bu holatni “bullshitting” (bema’ni gapirish) yoki “motivated reasoning” (oldindan belgilangan javobga moslashtirilgan mantiq) deb atashdi.

Nega AI to‘qima gaplar aytyapti?

Model ba’zan bilmagan narsasini to‘qib gapiradi. Nega? Tadqiqotchilar aniqlashicha, Claude’da “sukut qilish zanjiri” mavjud – agar model nimadir haqida bilmasa, bu zanjir uni javob bermaslikka majbur qiladi. Lekin model o‘zini bilaman deb o‘ylasa, bu zanjir bloklanadi va u xato javob bersa ham, ishonch bilan aytadi.

Shu sababli AI taniqli shaxslar yoki voqealar haqida yolg‘on gapirib yuborishi mumkin, biroq notanish mavzularda sukut saqlaydi.

Xavfsizroq AIga birinchi qadam

Anthropic ushbu yondashuv kelajakda AI xavfsizligini oshirishiga ishonadi. Qarorlar qanday qabul qilinishini tushunish orqali, xavfli yoki noto‘g‘ri fikrlash namunalarini erta bosqichda aniqlash mumkin bo‘ladi.

“Claude ichida nimalar bo‘layotganining faqat kichik qismini tushuna olgan bo‘lsak-da, bu boshlanish,” dedi Batson. “Bu go‘yoki yangi qit’aning ilk xaritasini chizishga o‘xshaydi.”

AI qanday fikrlashini tushunish – bu hali butunlay ochilmagan bir dunyo. Ammo endi biz ushbu noma’lum hududning konturini ko‘ra boshladik.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Startap bilan barqaror rivojlangan kompaniyani qanday farqlash mumkin?

Next Post

Microsoft 1 milliarddan ortiq foydalanuvchiga: parollar bilan xayrlashish vaqti keldi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Avgust 10, 2026
NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

Avgust 10, 2026
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
Next Post
Microsoft 1 milliarddan ortiq foydalanuvchiga: parollar bilan xayrlashish vaqti keldi

Microsoft 1 milliarddan ortiq foydalanuvchiga: parollar bilan xayrlashish vaqti keldi

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini $33 mlrdga sotdi

Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini $33 mlrdga sotdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI bir kishilik kompaniyalarni million dollarlik biznesga aylantirmoqda

AI bir kishilik kompaniyalarni million dollarlik biznesga aylantirmoqda

Avgust 10, 2026
Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi

Avgust 10, 2026
NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi

Avgust 10, 2026
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI bir kishilik kompaniyalarni million dollarlik biznesga aylantirmoqda
  • Samarqandda yangi texnopark va sanoat zonalari tashkil etiladi
  • NVIDIA Qozog‘iston va Armanistonda 250 MVt quvvatli AI infratuzilmasini ishga tushiradi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?