Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘smir dasturchidan yirik tadbirkorgacha – Spotify muvaffaqiyati

by Gulnoza Sobirova
Fevral 11, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 4 mins read
A A
O‘smir dasturchidan yirik tadbirkorgacha – Spotify muvaffaqiyati
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Qariyb yigirma yil davom etgan moliyaviy yo‘qotishlardan so‘ng, musiqa sanoati nihoyat qayta tiklana boshladi. Buning asosiy tashabbuskorlaridan biri – Spotify asoschisi Daniel Ek bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, Ekning muvaffaqiyati musiqa sanoatning dastlabki inqirozida ayblangan shaxs – Napster asoschisi Shon Parker bilan bog‘liq. Bu ikkovlon qo‘shiqlarni noqonuniy nusxalash tufayli yuzaga kelgan inqirozni raqamli muvaffaqiyat hikoyasiga aylantirib, musiqadan foydalanish va undan daromad olish yo‘llarini qayta kashf etdi, rivojlantirdi.

Spotify isyon orqali emas, balki hamkorlik orqali dunyoga keldi. Daniel Ek bozorni buzishga uringan innovatorlardan farqli ravishda musiqiy yozuv kompaniyalari bilan qarama-qarshilik emas, yaqin hamkorlikka asoslangan strategiyani tanladi. U qo‘shiqlarni noqonuniy nusxalashga qarshi samarali kurash yo‘lini, aynan, qonuniy va qulay muqobil platforma yaratish orqaligina yechish mumkinligini anglab yetdi. Ammo bu oson vazifa emas edi. Bir necha yil davomida noqonuniy yuklab olishlardan jiddiy zarar ko‘rgan musiqa sanoatini yangi raqamli platforma orqali muvaffaqqiyatga erisha olishiga ishontirish uchun chuqur strategik ko‘nikma, qat’iyat va shaxsiy sarmoya talab etildi.

O‘smir dasturchi

Ekning hayoti Shvetsiyada, yolg‘iz onasi bilan kamtarin sharoitdan boshlandi. Atigi 14 yoshida u veb-dizayn xizmatlarini bozordagi mavjud firmalar taklif qilayotgan narxdan ancha past bahoda xizmat ko‘rsata boshladi. U asta-sekin narxlarni oshirib bordi va oxir-oqibat oyiga o‘n ming dollarlab daromad olishga erishdi. Texnik mahorati va rag‘batlantirish bo‘yicha intuitiv yondashuvi tufayli Ek tengdoshlaridan iborat kichik jamoa yig‘di va muvaffaqiyatli boshqara oldi.

O‘smir yoshidayoq Ek bir nechta bizneslarni, jumladan, SEO xizmatlari va server infratuzilmasi bo‘yicha loyihalarni boshqarayotgan edi. Ammo uning moliyaviy muvaffaqiyati uzoq davom etmadi. Kutilmaganda Shvetsiya soliq organlaridan kelgan to‘lov uni deyarli bankrotlik yoqasiga olib keldi. Vaziyat qaltis tus olgan bir paytda, Skype eBay tomonidan sotib olindi. Natijada Yevropa texnologiya sohasi jadal rivojlana boshladi. Ek bu vaziyatdan unumli foydalandi, bir nechta kompaniyalarini sotib, moliyaviy barqarorlikka erishdi.

Spotify: musiqa va texnologiya chorrahasida yangi davr

Musiqa va texnologiya doimo Ekning qiziqishlari markazida bo‘lgan, shuning uchun u bu ikki sohani global ta’sir ko‘rsatadigan tarzda birlashtiradigan kompaniya yaratishga qaror qildi. 2006-yil Spotify tashkil etildi, loyiha maqsadi musiqani har kim uchun qulay, tezkor va qonuniy tarzda taqdim etish edi.

Napster’ning musiqiy sanoatga qarshi tajovuzkor strategiyasidan farqli o‘laroq, Spotify dastlabdan musiqiy yozuv kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga intildi. Ek va uning hammuassisi Martin Lorentzon Yevropada litsenziyalash bo‘yicha muzokaralar olib borishga ikki yarim yilga yaqin vaqt sarfladi. Ikkovlon g‘oya muvaffaqiyatli ekanini isbotlash uchun o‘z mablag‘larini ham yo’naltirdi. Tinimsiz harakatlar mevani berdi va 2008-yilda Spotify ishga tushirildi. Biroq, AQSh bozoriga kirishda yanada murakkab sinovlarga duch keldi. Apple, Google va Amazon kabi texnologiya gigantlarining kuchli pozitsiyalari muzokaralarni qiyinlashtirdi, chunki musiqiy yozuv kompaniyalari tarqatish kanallari va daromad ustidan nazoratni yo‘qotishdan xavotirda edi.

Musiqa tinglash madaniyatidagi inqilob

Spotify’ning asosiy innovatsiyasi foydalanuvchilarga bepul va pullik xizmatlarning tanlovini taqdim etish edi. Reklama asosida qo‘llab-quvvatlanadigan bepul platforma millionlab odamlarning musiqani noqonuniy nusxalangan musiqalar xizmatidan foydalanmasdan tinglashiga imkon yaratdi, pullik obuna esa oflayn rejimda tinglash kabi qo‘shimcha qulayliklarni taklif qilardi. Ushbu premium modeli iste’molchilar xatti-harakatlarini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynadi va musiqani qonuniy tarzda tinglashni noqonuniy yuklab olishdan ko‘ra jozibadorroq qildi. Ek buni o‘z vaqtida Napster’dan olgan tajribalaridan kelib chiqib o‘rgangan edi. Qulaylik – foydalanuvchilarni jalb qilishning asosiy omili.

Spotify musiqa tinglash madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Raqamli musiqa xizmatlari paydo bo‘lishidan avval tinglovchilar ko‘pincha o‘zlari afzal ko‘ruvchi ma’lum bir janr yoki ijodkorni tanlardi. Ammo Napster va Spotify’dan keyin musiqiy did sezilarli darajada xilma-xillashdi. Bugungi kunda foydalanuvchilar turli janrlarni bemalol o‘rganib, yangi ijodkorlarni ham tinglamoqda va shaxsiy pleylistlar yaratilmoqda.

Shon Parker bilan muloqot va murakkab hamkorlik

2010-yilda Ek bilan Sean Parker bog‘landi. U Spotify’ning eng noodatiy va e’tibor tortuvchi hamkorliklaridan biri edi. Garchi Parker musiqa bozorida tartibsizliklar keltiruvchi sifatida tanilgan bo‘lsa-da, u Ekning qonuniy musiqa platformasi yaratish haqidagi tasavvuri bilan bo’lishdi. Ularning hamkorligi ilhom va ziddiyatni o‘zida jam etdi. Parkerning o‘ziga xos xarakteri va o‘zgarmas ish tartibi munosabatlarga vaqti-vaqti bilan salbiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki u uchrashuvlarga ba’zan soatlab kechikib kelishi bilan tanilgan edi. Shunga qaramay, uning raqamli musiqa sohasidagi chuqur tushunchasi va iste’dodni ilg‘ash qobiliyati uni Spotify’ning AQShdagi dastlabki kengayishida muhim hamkorga aylantirdi.

Qiyinchilik va muvaffaqiyatlar

Spotify’ning rivojlanishi oson kechmadi. Kompaniya musiqiy yozuv kompaniyalari, investorlar va raqobatchilar tomonidan katta bosimga duch keldi. Litsenziya kelishuvlarini doimiy ravishda qayta kelishib olish kerak edi va yirik manfaatdor tomonlar Spotify’ga ehtiyotkorlik bilan qarashardi. Chunki ular bu platforma mavjud daromad manbalariga zarar yetkazishi mumkin deb o‘ylardi. Ammo Ekning qat’iyati va mohirona muzokaralari sabab asta-sekin ishonch qozonildi.

Ko‘plab Silikon vodiysi startaplari faqat bozorni ag‘darishga e’tibor qaratgan bir paytda, Spotify muvozanatli yondashuvni tanladi. Ek san’atkorlar va musiqiy yozuv kompaniyalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni kuchaytirishga harakat qildi. U raqamli xizmatlari musiqiy savdolarni oshirishi va tinglovchilar ishtirokini kuchaytirishi mumkinligini aniq ma’lumotlar orqali ko‘rsatib bera oldi. Bu hamkorlikni mustahkamlash Spotify’ni muvaffaqiyat sari olib chiqdi va bu yutuq kompaniyaga, ko‘pchilik muvaffaqiyatsizlikka uchragan joyda, yutuqqa erishish imkonini berdi.

Innovatsion meros

Bugungi kunda Spotify milliardlab dollarlik global platformaga aylanib, musiqa tinglash madaniyatining kelajagini shakllantirmoqda. Uning muvaffaqiyati nafaqat musiqiy sanoat daromadlarini qayta tikladi, balki san’atkorlarga dunyo bo‘ylab tinglovchilar orttirish imkoniyatini berdi.

Spotify o‘z faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda: podkastlar, sun’iy intellekt asosida tavsiyalar va yangi daromad olish modellarini izchil rivojlantirmoqda. Ammo bu yo‘lda yangi qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Shunga qaramay, Daniel Ekning hikoyasi qat’iyat, moslashuvchanlik va strategik fikrlashning kuchini yaqqol isbotlab beradi. Uning o‘smir dasturchidan texnologiya sohasidagi yirik tadbirkorga aylangan yo‘li nafaqat musiqiy sanoatni o‘zgartirdi, balki yangi avlod tadbirkorlarini kattaroq orzu, samarali hamkorlik qilishga va maqsadga yo‘naltirilgan innovatsiyalar yaratishga ruhlantirdi.

Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova

Previous Post

Investorlar 2025-yilda qanday sohalarga sarmoya kiritadi?

Next Post

Ilon Mask OpenAI’ni sotib olish uchun $97 milliardlik taklif berdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Next Post
Ilon Mask OpenAI’ni sotib olish uchun $97 milliardlik taklif berdi

Ilon Mask OpenAI’ni sotib olish uchun $97 milliardlik taklif berdi

Kremniy vodiysi tajribalari: Oʻzbek startaplari nimalarni oʻrganishi mumkin?

Kremniy vodiysi tajribalari: Oʻzbek startaplari nimalarni oʻrganishi mumkin?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?