Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

by Pivot
Fevral 4, 2026
in Intervyu
Reading Time: 3 mins read
A A
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekiston chegaralari osha har yili ko‘zga ko‘rinmas, lekin qudratli bir daryo oqib kiradi. Bu daryoning nomi — Kapital.

Rasmiy statistika va xalqaro moliya institutlari ma’lumotlariga ko‘ra, xorijdagi vatandoshlarimiz — zahmatkash o‘zbek diasporasi har yili Vatanimizga 15 dan 20 milliard dollargacha mablag‘ yuboradi. Bu shunchaki raqam emas. Bu — millionlab insonlarning peshona teri, uyqusiz tunlari va oilasidan uzoqda chekkan mashaqqatlari mahsulidir.

Lekin keling, o‘zimizga achchiq bir savolni beraylik: Bu ulkan energiya qayerga ketyapti?

Afsuski, javob ko‘ngilni xira qiladi. Biz bu mablag‘larning katta qismini «o‘lik aktivlar»ga aylantiryapmiz.

Bizda pul topgan odamning birinchi ishi — uy qurish. Ikkinchisi — dabdabali to‘y qilish. Uchinchisi — yana uy qurish (hech kim yashamasa ham).

Biz beton devorlarga oshiqmiz. Bizga «g‘isht» ishonchliroq tuyuladi. Lekin iqtisodiyot tili bilan aytganda, bu — kapitalning muzlatilishidir.

  • To‘yga sarflangan 20 ming dollar ertasiga xotiraga aylanadi.
  • Bo‘sh turgan uchinchi uy iqtisodiyotga qo‘shimcha qiymat yaratmaydi, ish o‘rni ochmaydi, eksport qilmaydi.

Biz kelajakni emas, bugungi kunning soxta obro‘sini sotib olyapmiz. Holbuki, dunyo allaqachon o‘zgardi. Eng boy davlatlar va odamlar bugun binolarga emas, miyalarga sarmoya kiritmoqda.

1% qoidasi va $200M 

Startup Garage va Imkon.VC jamoasi sifatida biz oddiy bir taklifni o‘rtaga tashlayapmiz. Keling, o‘sha umumiy oqimning bor-yo‘g‘i 1 foizini betondan va bazmlardan innovatsiyalarga buraylik.

Matematika oddiy, lekin natijasi dahshatli: Yillik 20 milliard dollarning 1 foizi — bu 200 million AQSH dollari degani.

O‘zbekiston startap ekotizimi uchun bu shunchaki pul emas, bu — yadroli yoqilg‘i.

Agar biz har yili iqtisodiyotga 200 million dollarlik «aqlli pul» (smart money) kiritishni boshlasak, yaqin 10 yil ichida O‘zbekistonda nimalar sodir bo‘ladi?

  1. Mening ishonchim komil, bu sarmoya evaziga O‘zbekistondan kamida 10 ta Unicorn (milliard dollarlik kompaniya) va bir nechta Decacornlar chiqadi.
  2. Biz paxta yoki gaz emas, balki intellektual mulk eksport qiluvchi davlatga aylanamiz.
  3. Startaplar va xususiy kapital bozoriga to‘g‘ri tikilgan sarmoya investorlarga yillik 15-20% va undan yuqori daromad keltirishi mumkin. Bu har qanday bank depozitidan yoki ijara haqidan yuqoridir.

«Startup Garage» loyihasini boshlaganimizda biz bir narsani tushundik: O‘zbekistonda iste’dod bor. Biz azaldan Xorazmiylar, Beruniylar avlodimiz. Bizda «motor» bor. Lekin zamonaviy startaplar «ochlikdan» — mablag‘sizlikdan so‘nmoqda.

Siz istagancha inkubatorlar qurishingiz mumkin, lekin agar yasayotgan «dvigatel»laringizga quyish uchun «yoqilg‘i» bo‘lmasa, siz shunchaki prototiplar muzeyini quryapsiz.

Biz Imkon.VC orqali aynan shu yoqilg‘ini yetkazib bermoqchimiz. Biz an’anaviy moliya olamidagi to‘siqlarni olib tashladik va ulushli kraudfandingni joriy etdik. Endi oddiy o‘qituvchi, muhandis yoki xorijdagi migrant o‘z jamg‘armasini O‘zbekistonning eng kuchli kompaniyalariga tikishi mumkin.

Hurmatli vatandoshlar!

Siz yillar davomida o‘z vataningizni uzoqdan turib qo‘llab keldingiz. Endi uni qurish va uning egasi bo‘lish vaqti keldi. Biz beton devorlar emas, ko‘priklar qurishimiz kerak. Iste’mol emas, investitsiya qilishimiz kerak. Agar biz birlashib, o‘sha 1% oqimni to‘g‘ri yo‘naltira olsak, O‘zbekiston mintaqaning shunchaki geografik markazi emas, balki innovatsion yuragiga aylanadi.

Pulingizni o‘lik devorlarga emas, millatning «aqlli» kelajagiga tiking. Kelajak bugun boshlanadi. Imkon bering.

Muhammad Xalil — Startup Garage va Imkon.VC asoschisi

Previous Post

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Next Post

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Pivot

Related Posts

ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

Fevral 18, 2026
O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

Yanvar 11, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Oktabr 30, 2025
Next Post
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Mart 6, 2026
YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

Mart 4, 2026
O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

Mart 3, 2026
Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Mart 2, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar
  • YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi
  • O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?