Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Pekin qo‘llab-quvvatlaydigan startap jahon e’tiborini tortib, OpenAI’ni tashvishlantirmoqda

by Gulnoza Sobirova
Iyun 30, 2025
in AI
Reading Time: 3 mins read
A A
Pekin qo‘llab-quvvatlaydigan startap jahon e’tiborini tortib, OpenAI’ni tashvishlantirmoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Kamdan-kam hollarda kuzatiladigan holat sifatida, OpenAI yaqinda Xitoyning kamroq tanilgan, ammo muhim deb topilgan bir AI kompaniyasiga ochiqchasiga e’tibor qaratdi. Gap — Pekin tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Zhipu AI startapi haqida bormoqda. OpenAI ushbu kompaniyani Xitoyning sun’iy intellekt bo‘yicha global yetakchilikka intilishida muhim rol o‘ynayotgan subyekt sifatida ko‘rib, uni xalqaro miqyosda diqqat bilan kuzatish lozimligini ta’kidladi.

2019-yilda tashkil etilgan Zhipu AI ko‘pincha Xitoyning “AI yo‘lbarslari” deb ataluvchi yirik til modellari (LLM) ishlab chiquvchilari qatoriga kiradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi — Pekinning Amerika texnologiyalariga qaramligini kamaytirish va mustaqil AI infratuzilmasini rivojlantirishdir.

Yaqinda DeepSeek R1 modeli orqali xalqaro OAVda e’tiborga tushgan bo‘lsa-da, OpenAI’ning so‘nggi blog posti Zhipu AI’ning ham global miqyosda jiddiy raqib sifatida paydo bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, Zhipu AI davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan sarmoyalar doirasida 1,4 milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan. Ushbu qo‘llab-quvvatlash turli Xitoy mahalliy hukumatlari tomonidan amalga oshirilgan. OpenAI’ning ta’kidlashicha, kompaniya rahbariyati Xitoy Kommunistik Partiyasi rasmiylari, jumladan Bosh vazir Li Tsyan bilan yuqori darajadagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib kelgan.

Shuningdek, Zhipu AI o‘zining xalqaro ambitsiyalarini faol ravishda kengaytirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Yaqin Sharq, Buyuk Britaniya, Singapur va Malayziyada ofislar ochgan bo‘lib, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida, jumladan Indoneziya va Vyetnamda ham “innovatsion markaz”lar tashkil etishga boshchilik qilmoqda.  

OpenAI ushbu harakatlarni Xitoyning keng qamrovli “Raqamli Ipak Yo‘li” strategiyasi bilan bog‘lamoqda. Ushbu strategiyaning maqsadi – Amerika yoki Yevropa raqobatchilari mustahkam o‘rin egallashidan oldin rivojlanayotgan bozorlarda Xitoy texnologik standartlari va infratuzilmasini keng joriy etishdir. “Maqsad – Xitoy tizimlari va standartlarini rivojlanayotgan bozorlarga mustahkam joylashtirish va shu bilan birga, mas’uliyatli va shaffof AI haqidagi narrativni ilgari surish,” deyiladi OpenAI blog postida.

Hozircha Zhipu AI OpenAI’ning izohlariga jamoatchilik oldida rasmiy munosabat bildirmadi. Biroq, o‘tgan hafta Xitoy OAV bilan suhbatda, Zhipu AI boshqaruvi raisi Lyu Debin kompaniya missiyasi haqida shunday dedi: “Xitoyning AI kuchini butun dunyoga hissa sifatida taqdim etish.”

AQSh hukumati Zhipu AI’ga nisbatan tobora kuchayib borayotgan shubha bilan qaramoqda. 2025-yil yanvar oyida AQSh Savdo vazirligi kompaniyani Milliy xavfsizlikka tahdid sifatida “Entity List” ro‘yxatiga kiritdi. Bunga sabab sifatida Zhipu AI’ning Xitoy harbiylarining AI sohasidagi modernizatsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdagi ehtimoliy ishtiroki ko‘rsatildi.

Zhipu AI xalqaro faoliyatini kengaytirayotgan bir paytda, OpenAI ham global pozitsiyasini mustahkamlashga harakat qilmoqda. 2025-yil may oyida BAAga tashrifi chog‘ida Prezident Donald Tramp 200 milliard dollardan ortiq yangi tijorat kelishuvlari e’lon qildi. Ularga OpenAI, Oracle, Nvidia va Cisco Systems tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, 2026-yilda ochilishi kutilayotgan yirik AI kampusi – Stargate UAE loyihasi ham kiradi.

Boshqa tomondan, OpenAI yaqinda AQSh Mudofaa vazirligi bilan 200 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bu bitim doirasida kompaniya davlat sektoridagi xodimlar uchun AI vositalarini yetkazib berishi rejalashtirilgan. Shuningdek, OpenAI yangi “OpenAI for Government” tashabbusini ishga tushirib, o‘z xizmatlarini AQSh davlat tashkilotlariga taklif qila boshladi.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Zhipu AI dastlabki ommaviy taklif (IPO) imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Kompaniyaning oldingi baholanishi taxminan 20 milliard yuan (ya’ni 2,78 milliard AQSh dollari) atrofida bo‘lgan.

AI sohasida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobat tobora kuchayib bormoqda. Zhipu AI’ning siyosiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ostida global ekspansiyasi sun’iy intellekt ustunligi uchun kurash yakuniga yetmaganini yaqqol namoyon qilmoqda.  

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Telegram kompaniyasi rasmiy ravishda Markaziy Osiyodagi yetakchi texnologik markaz – Astana Hub innovatsion klasterining rezidenti maqomini oldi

Next Post

Sun’iy intellekt endi murakkab algoritmlar va real dunyo muammolarini yechishda insonlardan ustun chiqmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Anthropic o‘zining asosiy xavfsizlik va’dasidan voz kechdi

Fevral 28, 2026
Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Nvidia Synopsys’ga $2 milliard investitsiya kiritdi

Dekabr 2, 2025
Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Qozog‘iston sun’iy intellektni tartibga soluvchi yangi qonun qabul qildi

Noyabr 22, 2025
Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Sun’iy intellekt endi tanadagi og‘riqni o‘lchay oladimi?

Oktabr 25, 2025
Next Post
Sun’iy intellekt endi murakkab algoritmlar va real dunyo muammolarini yechishda insonlardan ustun chiqmoqda

Sun’iy intellekt endi murakkab algoritmlar va real dunyo muammolarini yechishda insonlardan ustun chiqmoqda

Sun’iy intellektga asoslangan ilovalarni yaratish yanada osonlashdi

Sun’iy intellektga asoslangan ilovalarni yaratish yanada osonlashdi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Mart 6, 2026
YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

Mart 4, 2026
O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

Mart 3, 2026
Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Central Eurasian Venture Forum 2026: Bitimlar tuziladigan va mintaqa kapitali shakllanadigan maydon

Mart 2, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar
  • YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi
  • O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?