Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Portfel diversifikatsiyasi nima?

by Gulnoza Sobirova
Iyun 14, 2025
in Venchur kapitali
Reading Time: 5 mins read
A A
Portfel diversifikatsiyasi nima?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Investitsiya olamida bir qadimiy hikmat doimo dolzarbligicha qoladi: “Barcha tuxumlarni bir savatga solma.” Bu ibora bugungi kunda portfel diversifikatsiyasi nomi bilan mashhur bo‘lgan strategiyaning asosi hisoblanadi. Uning maqsadi — kapitalni turli aktivlar, sohalar va geografik hududlarga taqsimlash orqali boylikni himoya qilish va barqarorlikka erishishdir.

Ayniqsa, bu yondashuv startapga investitsiya kiritishda yanada muhim bo‘ladi, chunki bu sohada tavakkal darajasi yuqori, ammo muvaffaqiyatli holatlarda daromad ham eksponensial darajada katta bo‘lishi mumkin.

Portfelni diversifikatsiya qilish nimani anglatadi?

Portfelni diversifikatsiya qilish degani — mablag‘ni faqat bitta loyiha yoki imkoniyatga tikib qo‘yish emas, balki uni turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash demakdir. Masalan, startap investorlari kapitalni fintech, healthtech, sun’iy intellekt kabi turli sohalarga, B2B va B2C kabi har xil biznes modellarga, shuningdek, geografik hududlar va rivojlanish bosqichlariga qarab tarqatadilar.

Maqsad — shunday portfel yaratishki, u ba’zi startaplar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ham yo‘qolib ketmasin, g‘oliblar orqali foyda keltirsin.

Oddiy misol: agar investor €20,000 mablag‘ni faqat bitta startapga kiritib, u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa — butun sarmoya yo‘qoladi. Ammo bu mablag‘ni to‘rt startapga, har biriga €5,000 qilib taqsimlasa, yo‘qotish xavfi sezilarli darajada kamayadi. Aynan mana shu — diversifikatsiya kuchi.

Nega startapga investitsiyada diversifikatsiya muhim?

Startaplarga investitsiya qilish yuqori tavakkal va katta muvaffaqiyatsizlik ehtimoli bilan tanilgan. Biroq aynan shu soha eng katta daromadlar imkonini ham taqdim etadi. Tarixiy jihatdan, venchur kapital natijalari ko‘pincha “power law” (kuch qonuni) deb ataladigan taqsimotga amal qiladi: faqat bir necha startaplar (masalan, Airbnb yoki Stripe) g‘oyat katta daromad olib keladi, boshqalari esa umuman muvaffaqiyatsiz bo‘ladi yoki juda kam daromad beradi.

Shu sababli, investorlar ana shu noyob “superg‘olib” startaplarni tutib olish uchun keng va diversifikatsiyalashgan portfellarga ega bo‘lishi kerak.

Diversifikatsiya startapga investitsiyada quyidagi afzalliklarni beradi:

— Bir kompaniya muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, butun sarmoya yo‘qolib ketish xavfini kamaytiradi.
 — Bir vaqtning o‘zida bir nechta jamoa, soha va bozorni qo‘llab-quvvatlash orqali katta muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi.
 — Investorlar uchun toza energiya, biotexnologiya yoki generativ AI kabi tez rivojlanayotgan, lekin har xil darajadagi noaniqliklarga ega bo‘lgan sohalarga kirish imkonini beradi.
 — Geografik diversifikatsiya esa turli hududlardagi tartibga solish muhitlari va bozor sharoitlarida harakat qilishda qo‘shimcha barqarorlikni ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytganda, diversifikatsiya — bu startap investitsiyalarida risk va imkoniyatlar o‘rtasidagi muvozanatni ushlab turishning eng samarali yo‘li.

Diversifikatsiyalangan startap portfelini qanday qurish mumkin

Samarali diversifikatsiya — bu shunchaki tasodifiy tarqatish emas, balki puxta strategik yondashuvdir. Ideal portfel quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Sohaviy xilma-xillik: faqat fintech yoki AI bilan cheklanmaslik kerak. Portfelga healthtech, greentech, logistika kabi tez o‘sayotgan boshqa yo‘nalishlarni ham qo‘shish kerak.
  • Bosqichlar bo‘yicha balans: dastlabki bosqichdagi yuqori riskli startaplar bilan bir qatorda daromadga yaqinlashgan yoki chiqib ketishga tayyor kompaniyalarni ham qo‘shish kerak.
  • Geografik tarqoqlik: iqtisodiy yoki siyosiy xavflarni kamaytirish uchun startaplarni AQSh, Yevropa, Markaziy Osiyo yoki MENA mintaqalari bo‘yicha tarqatish kerak.
  • Biznes modellar xilma-xilligi: obuna asosidagi B2B platformalar, iste’molchiga yo‘naltirilgan marketplace’lar, chuqur texnologiyali (deep-tech) mahsulotlar — hammasini birlashtirish foydali.
  • Chiqish yo‘llari: ba’zi startaplar IPOni nishonga oladi, boshqalari esa sotib olinadi. Shunday kombinatsiya yaratingki, bu likvidlik imkoniyatlarini kengaytirsin.

Bugun Doorway kabi platformalar ushbu jarayonni yengillashtirmoqda — ular orqali investorlar har bir kelishuvga atigi €5,000 dan boshlab turli startaplarga sarmoya kiritib, puxta diversifikatsiyalangan portfellarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa strategiyani saqlab qolgan holda, kirishni yanada ochiq va qulay qiladi.

Vaqtga va soliqqa asoslangan diversifikatsiya

Diversifikatsiya faqat nimaga sarmoya kiritishingiz bilan emas — qachon va qanday kiritishingiz bilan ham bog‘liq.

Startaplar odatda 5–10 yillik chiqish davriga ega, bu ularni aksiyalar yoki kriptovalyutalarning qisqa muddatli tebranishlariga nisbatan uzoq muddatli himoya vositasiga aylantiradi. Bu vaqt bo‘yicha diversifikatsiya sizning investitsiyalaringizni iqtisodiy tebranishlar fonida kengaytiradi va bardavom qiladi.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya kabi hududlarda investorlar SEIS (Seed Enterprise Investment Scheme) va EIS (Enterprise Investment Scheme) kabi soliq imtiyozlariga ega — bu dasturlar ilk bosqichdagi sarmoyalarda 50% gacha soliq chegirmasi taqdim etadi. Bunday imtiyozlar sarmoyani nafaqat jozibadorroq qiladi, balki potensial yo‘qotish xavfini ham sezilarli darajada kamaytiradi.

Venchur kapitalda “Babe Ruth effekti”

Beysbol afsonasi Babe Ruth nafaqat ko‘p home run (yirik zarbalar) bilan mashhur edi, balki ko‘p marta muvaffaqiyatsiz zarbalar bilan ham tanilgan. Startap investitsiyasida ham aynan shu yondashuv amal qiladi: bir nechta katta yutuq ko‘plab kichik yo‘qotishlarni qoplaydi.

Shu sababli tajribali investorlar ko‘pincha 20–30 ta startapga bir vaqtning o‘zida sarmoya kiritadilar — ular yaxshi biladi: bitta “unicorn” bir nechta muvaffaqiyatsizliklarni to‘liq qoplab ketishi mumkin.

Bu hodisa hozir “Babe Ruth Effekti” deb ataladi — va aynan shu yondashuv diversifikatsiyaning erta bosqichdagi sarmoyalarda nima uchun ishlashini tushuntirib beradi.

Tegishli tahlil va faol ishtirokning kuchli tomoni

Ommaviy aksiyalardan farqli ravishda, startap investorlari ko‘pincha due diligence — ya’ni chuqur tahlil va tekshiruv jarayonini o‘zlari olib boradi. Bu jarayonda ular asoschilar jamoasi, bozor hajmi, mahsulotning rivojlanish darajasi va moliyaviy barqarorlikni baholaydilar. Bu nafaqat zaif imkoniyatlarni ajratib olishga yordam beradi, balki investor uchun startap taqdiriga ta’sir ko‘rsatish imkonini ham ochadi.

Agar oddiy investorlar ommaviy kompaniyalarda deyarli hech qanday nazoratga ega bo‘lmasa, startaplardagi angel investorlar ko‘pincha maslahat beradi, foydali tanishlarni tanishtiradi yoki hatto operatsion yordam ko‘rsatadi — bu esa sarmoyaning yo‘nalishini faol boshqarish imkonini yaratadi.

Cheklovlar: Likvidlik pastligi va chiqishdagi noaniqlik

Startap aksiyalari odatda likvid emas — ya’ni ularni istalgan paytda sotish imkoni yo‘q. Ular yoki IPO, yoki sotib olish orqali yakun topadi, bu esa ko‘p yillik sabr talab qiladi.

Shu bois, startap portfelini boshqa — likvid aktivlar bilan muvozanatlashtirish tavsiya etiladi: obligatsiyalar, REITs va boshqa daromadli vositalar bunga misol bo‘la oladi.Shu sababli, investorlar startaplar bilan birga likvid aktivlarni — masalan, obligatsiyalar yoki REITs (ko‘chmas mulk fondlari) — o‘z portfellariga qo‘shishlari tavsiya etiladi. Bu barqarorlik va pul oqimini muvozanatlashtirishga yordam beradi.

Xulosa: Diversifikatsiya — tanlov emas, zarurat

Startap investitsiyasi o‘ziga xos: unda tavakkal baland, lekin foyda ulkan. Portfel diversifikatsiyasi esa bu yo‘ldagi eng samarali strategiyadir. Investorning mablag‘ini turli sohalar, bosqichlar va geografiyalarga tarqatish — tavakkalni kamaytiradi, muvaffaqiyat ehtimolini esa oshiradi.

Yakuniy haqiqat shuki: startapga investitsiya qilishda eng asosiysi — hammasi to‘g‘ri chiqishi emas, bir marta to‘g‘ri tanlov qilish va o‘sha g‘alabaga tayyor bo‘lishdir.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

IBM 2028-yilga borib xatolarni tuzata oladigan keng ko‘lamli kvant kompyuter qurishni rejalashtirmoqda

Next Post

Profilni o‘zingizga moslab tartiblang!

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Markaziy bank qoshida $50 million dollarlik venchur fond tashkil etildi

Markaziy bank qoshida $50 million dollarlik venchur fond tashkil etildi

May 25, 2026
IT Park Ventures O‘zbekiston startap-ekotizimini rivojlantirish uchun fond kapitalini $30 mln’gacha oshirmoqda

IT Park Ventures O‘zbekiston startap-ekotizimini rivojlantirish uchun fond kapitalini $30 mln’gacha oshirmoqda

May 20, 2026
Markaziy Osiyoga investitsiya kiritayotgan 11 venchur fond

Markaziy Osiyoga investitsiya kiritayotgan 11 venchur fond

Oktabr 27, 2025
Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Oktabr 21, 2025
Next Post
Profilni o‘zingizga moslab tartiblang!

Profilni o‘zingizga moslab tartiblang!

Sun’iy intellekt davrida kollej darajalari o‘z kuchini yo‘qotyaptimi?

Sun’iy intellekt davrida kollej darajalari o‘z kuchini yo‘qotyaptimi?

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi

Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi

Iyun 8, 2026
McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

Iyun 8, 2026
Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Askar Ismailov Aloqa Finance kompaniyasini sotib oldi
  • McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi
  • Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?