Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan rejalar taqdimoti bilan tanishdi

by Gulnoza Sobirova
Dekabr 28, 2024
in Voqealar
Reading Time: 3 mins read
A A
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan rejalar taqdimoti bilan tanishdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatimizni mintaqadagi “IT-HUB” markaziga aylantirish maqsadi belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun raqamli texnologiyalar bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Barcha hududlarda IT-parklar tashkil qilinib, bu sohada o‘qish va ishlash imkoniyatlari kengaymoqda. Internetning tezligi va qamrovi oshirilgan bo‘lib, 190 mingdan ortiq aholi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlandi.

So‘nggi yillarda ushbu sohaga 3 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilingan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobar oshgan bo‘lib, hozirda ularning soni mingdan oshdi. Bugungi kunda soha xodimlarining har o‘n nafaridan biri xalqaro kompaniyada faoliyat olib bormoqda. Agar yetti yil avval atigi 12 ta eksportchi korxona bo‘lgan bo‘lsa, bu yil ularning soni 650 taga yetgan. Yil oxiriga kelib axborot texnologiyalari va aloqa xizmatlari eksporti 900 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Turli sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish jadal rivojlanmoqda. Ushbu texnologiya asosida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirilib, yirik tarmoq va korxonalar uchun yana 70 ga yaqin loyiha ishlab chiqildi. Xalqaro reytinglarda O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 17 pog‘onaga yuqoriladi.

Shu yilning 14-oktabrida Prezident tomonidan qabul qilingan qaror asosida, 2030-yilgacha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu strategiyada sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini oshirish, texnik infratuzilmani kengaytirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish kabi muhim maqsadlar belgilandi.

Taqdimotda Raqamli texnologiyalar vaziri kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xususan, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida “bulutli” ma’lumotlar markazlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Startaplarga yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari va Inha universitetlarida sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi. Shuningdek, davlat idoralarining 3 mingga yaqin xodimi, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari bu yo‘nalishda malaka oshiradi.

Mutasaddilarga sun’iy intellektga asoslangan loyihalar sonini 100 taga yetkazish, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 50 million dollarga oshirish vazifasi qo‘yildi.

Tarmoq korxonalarida amalga oshirilgan transformatsiya yaxshi natija bermoqda. Shu yilning o‘zida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 16 foizga o‘sib, 21 trillion so‘mni tashkil etdi. “Uztelecom” kompaniyasining daromadi esa 9 trillion so‘mdan oshgan.

Kelgusi yilda boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashish, xarajatlarni optimallashtirish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etib, xalqaro reytingda o‘z o‘rniga ega bo‘lish muhimligi qayd etildi.

“O‘zbekiston pochtasi” tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu yil pochta xizmatlaridan tushgan daromad 1,4 barobar oshdi, eksport ko‘rsatkichlari esa 20 foizga ko‘paydi. Yangi xizmat turlari joriy qilingani sababli pochta jo‘natmalari hajmi 50 foizga oshdi.

Rejaga ko‘ra, kelasi yilda 1 600 ta pochta bo‘limida elektron tijorat mahsulotlarini yetkazib berish tizimi joriy etiladi. Raqamli saralash markazi tashkil qilinib, elektron tovarlar va pochta jo‘natmalarini qayta ishlash sifatini oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan mablag‘lar jalb qilinadi.

Soha rivoji uchun muhim qadam sifatida Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Endilikda ushbu qonun asosida barcha tarmoq va hududlar kesimida ikki yillik raqamlashish dasturi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda 6 mingta yangi tayanch stansiya qurilishi, 30 ming kilometr optik tolali kabellar tortilishi va internet qamrovini 98 foizga yetkazish maqsad qilib qo‘yildi. Shuningdek, soha eksport hajmini 1,2 milliard dollarga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi haqidagi qonunning ishlab chiqilishi ushbu soha rivojiga yangi bosqich ochadi. “Enterprise Uzbekistan” deb nomlangan mazkur markazda “ingliz huquqi” tamoyillari, kapitalning erkin harakati, xalqaro standartdagi mehnat munosabatlari va xorijiy bank filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Taqdimot davomida sun’iy intellektga oid qonuniy asoslarni yaratish hamda raqamli texnologiyalar sohasida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Previous Post

Toshkentda Central Asian Business Expo 2024 bo‘lib o‘tdi

Next Post

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Oktabr 8, 2026
Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Sentabr 22, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Next Post

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Qarag‘andida venchur investorlar hamjamiyati tashkil etilmoqda. Startaplarga 50 million tengedan ortiq mablag‘ kiritildi

Qarag‘andida venchur investorlar hamjamiyati tashkil etilmoqda. Startaplarga 50 million tengedan ortiq mablag‘ kiritildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI agentlari poygasi: investorlar chip ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqda

AI agentlari poygasi: investorlar chip ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqda

Oktabr 9, 2026
Apple’ning ilk buklanadigan iPhone Duo modeli 16-oktabrda oldindan buyurtmaga ochiladi

Apple’ning ilk buklanadigan iPhone Duo modeli 16-oktabrda oldindan buyurtmaga ochiladi

Oktabr 9, 2026

Alisher Hasanov akseleratsiyasidan o‘tgan startaplar $3 milliongacha yillik takrorlanuvchi daromadga erishdi

Oktabr 9, 2026
EBRD: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8% o‘sadi

EBRD: Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8% o‘sadi

Oktabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI agentlari poygasi: investorlar chip ishlab chiqaruvchilarga yuzlanmoqda
  • Apple’ning ilk buklanadigan iPhone Duo modeli 16-oktabrda oldindan buyurtmaga ochiladi
  • Alisher Hasanov akseleratsiyasidan o‘tgan startaplar $3 milliongacha yillik takrorlanuvchi daromadga erishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?