Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

President Tech Award: startaplar muvaffaqiyatga erishish sirlari ochildi!

by Gulnoza Sobirova
Avgust 1, 2025
in Voqealar
Reading Time: 3 mins read
A A
President Tech Award: startaplar muvaffaqiyatga erishish sirlari ochildi!
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

U-ENTER innovatsion markazida bo’lib o’tgan President Tech Award tanlovining orientatsion sessiyasi startap ekotizimiga kirib kelayotgan yoshlar uchun qimmatli darslar va amaliy maslahatlar bilan to’ldi. Umumiy mukofot jamg’armasi $1 million dollarni tashkil etuvchi ushbu nufuzli tanlovga qiziqish bildirganlar uchun, tadbirning asosiy e’tibori muvaffaqiyatli startap qurishning muhim jihatlariga qaratildi.

Muvaffaqiyatli pitch va kuchli jamoa – g’alaba garovi

Sessiya davomida ko’p marotaba ta’kidlanganidek, pitch – bu shunchaki taqdimot emas, balki loyihaning «qalbi»ni investorlarga yetkazish san’atidir. «Online Hamshira» loyihasi g’olibining tajribasi bunga yaqqol misol bo’ldi. Birinchi urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab, traction (sotuvlar va foydalanuvchilar soni)ning sustligi, shaxsiy tajribaning kamligi va pitch ko’nikmalarining yetishmasligi bo’lgan. Demak, g’oya qanchalik noyob bo’lmasin, uni amaliy ko’rsatkichlar bilan tasdiqlay olish va ta’sirchan qilib taqdim etish muhim.

«Pitch qilayotgan odam o’z loyihasini chuqur bilishi va tushunishi kerak. Shunday loyihalarni ko’rdikki, loyiha zo’r, lekin uni tushuntirib berolmaydi.» Bu yerda til bilish muhim bo’lsa-da, eng muhimi – loyihaning hikoyasini his-hayajon bilan aytib berish, nega bu loyiha yaratilgani va nima uchun aynan ular g’olib bo’lishi kerakligini yetkaza olishdir. Loyihaning jamiyatga ko’rsatadigan ijobiy ta’siri ham investitsiya olishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Texnik detallar

Sessiyada texnik masalalarga ham alohida to’xtalib o’tildi. Loyihaning texnik asosini tekshirish uchun GitHub kodlarining taqdim etilishi zarur ekani aytildi, ammo ularning xavfsizligi ta’minlanishi kafolatlandi. Eng muhimi, «no-code» platformalarda yaratilgan loyihalar ham tanlovda ishtirok etishi mumkinligi ko’plab yangi startaperlar uchun katta imkoniyat eshigini ochdi. Bu texnik bilim darajasidan qat’i nazar, barcha innovatsion g’oyalarga imkon berilishini anglatadi. Shuningdek, loyihalarda murakkab texnik yechimlardan voz kechish va soddalik, funksionallikka urg’u berish tavsiya etildi.

Moliyaviy jihatdan, g’olib bo’lgan startaplarga beriladigan mablag’lar qaytarib olinmasligi ta’kidlandi. Biroq, mablag’lar ikki bosqichda – birinchi qismi dastlab, ikkinchi qismi esa belgilangan KPI (muvaffaqiyatning asosiy ko’rsatkichlari) bajarilgandan so’ng taqdim etilishi tushuntirildi. Bu mexanizm startaplarni doimiy rivojlanishga va ayniqsa, xalqaro bozorga chiqishga undashni maqsad qilgan.

Muvaffaqiyatli startap yo’lini belgilovchi resurslar va maslahatlar

Sessiya ishtirokchilarga startap olamida muvaffaqiyatga erishish uchun bir qator qimmatli maslahatlar va resurslarni taqdim etdi:

  • VC fondlarning media-kanallariga obuna bo’lish va pitch-day musobaqalarida faol qatnashish orqali investorlar bilan aloqa o’rnatish muhim.
  • «Y Combinator»ning YouTube’dagi videolarini ko’rish startap ekotizimini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
  • Startupbase.uz saytidagi dasturlardan foydalanish O’zbekistondagi mavjud imkoniyatlarni o’rganishda qo’l keladi.

Sessiya yakunida O’zbekiston va Silicon Valley startap muhitlari o’rtasidagi asosiy farq tezlik ekanligi ta’kidlandi. Global bozorda g’oya bugun paydo bo’lsa, ertaga MVP tayyor bo’lishi va jamoaning shiddatli ishlashi talab etiladi. Bu, O’zbekistonlik startaperlarni yanada faolroq harakat qilishga undaydi.

President Tech Award orientatsion sessiyasi yosh startaperlar uchun nafaqat tanlovning o’zi, balki umuman startap olamidagi muvaffaqiyat sirlarini o’rganish uchun ajoyib imkoniyat bo’ldi. U erishilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan xatolar haqidagi samimiy hikoyalar bilan kelajakdagi innovatsiyalar uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Tayyorladi: Gulnoza Mixailovna

Previous Post

Yandex Uzbekistan sun’iy intellektli yangi qidiruv tizimini taqdim etdi

Next Post

AI tezlikni oshiradi, lekin unumdorliknichi? Yangi texnologiyaning ish joylaridagi haqiqiy ta’siri tahlil qilinmoqda

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Startup Garage Grand Demo Day – $235,000 soft commitment berildi

Oktabr 8, 2026
Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandi

Sentabr 22, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Next Post
AI tezlikni oshiradi, lekin unumdorliknichi? Yangi texnologiyaning ish joylaridagi haqiqiy ta’siri tahlil qilinmoqda

AI tezlikni oshiradi, lekin unumdorliknichi? Yangi texnologiyaning ish joylaridagi haqiqiy ta’siri tahlil qilinmoqda

Raqamli sog‘liqni saqlashda exit strategiyalari: 2025-yilning yangi bosqichida barqarorlik sari yo‘l

Raqamli sog‘liqni saqlashda exit strategiyalari: 2025-yilning yangi bosqichida barqarorlik sari yo‘l

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi

O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi

Oktabr 17, 2026
IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi

IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi

Oktabr 17, 2026
Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi

Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi

Oktabr 17, 2026
O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Xitoy sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Oktabr 16, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda biznes peshlavhalari uchun reklama joyi pasporti talabi bekor qilindi
  • IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi
  • Qozog‘iston investorlar uchun raqamli «oltin viza» joriy etadi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?