Press ESC to close

Qozog‘istonlik startap Surfaice $1,5 mln miqdorida investitsiya jalb qildi

Surfaice – Qozog‘iston asoschilar tomonidan Silikon vodiysida tashkil etilgan texnologik kompaniya bo‘lib, qurilish sohasida innovatsion yechimlar ishlab chiqmoqda. Startap hozirda AQShning 5 shtatida faoliyat yuritib, yaqinda $1,5 mln miqdoridagi moliyalashtirish bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Mazkur jarayonda Big Sky Capital venchur fondi va Silikon vodiysining yetakchi fondlari ishtirok etdi. Ushbu ma’lumotni Digital Business nashriga bergan intervyusida Big Sky Capital fondining boshqaruvchi hamkori Adil Nurgojin ma’lum qildi.

Kompaniya sun’iy intellekt yordamida qurilish jarayonlarini optimallashtirish va loyiha boshqaruvini avtomatlashtirishga qaratilgan yechimlarni taklif etadi. “Biz qurilishning an’anaviy loyihalarini boshqarish uchun sun’iy intellekt platformasini yaratishga e’tibor qaratmoqdamiz”, – dedi kompaniya asoschilaridan biri Alim Uderbekov. Ushbu fikr u va uning hamkori Arman Suleymonov ishtirokidagi “Salom, Vodiy” hujjatli filmida e’lon qilindi.

Surfaice’ning rasmiy veb-saytida ta’kidlanishicha, startapning yechimlari yirik xalqaro operatorlar uchun quyidagilarni tezlashtirishga yordam beradi:

  • 150 dan ortiq obyektlarda reklamali bilbordlarni o‘rnatish jarayoni;
  • Elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish uchun chizmalar va hujjatlarni tayyorlash.

Surfaice o‘zining texnologik yondashuvi bilan qurilish sohasidagi odatiy jarayonlarni osonlashtirish va tejamkorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan