Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

SaaS o‘lyaptimi? Oskar Hartmanning obuna modeli haqidagi prognozi 

by Pivot
Mart 30, 2026
in Maqolalar
Reading Time: 2 mins read
A A
SaaS o‘lyaptimi? Oskar Hartmanning obuna modeli haqidagi prognozi 
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Hozir hamma joyda bir xil gap: podkastlar va LinkedIn AI-agentlar SaaS ilovalarini yo‘q qilishini bashorat qilmoqda. Investor Oskar Hartman o’zining Unicorn Lab tahlillarida bu borada qat’iy fikr bildirdi.

SaaS o‘lgani yo‘q, shunchaki «planka» ko‘tarildi. Ilgari sifatli yechim yaratish uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qilardi. Bugun esa har kim dam olish kunlari AI yordamida chiroyli «o‘ram» yasab, uni mahsulot deb atashi mumkin.  Agar sizning loyihangiz shunchaki interfeys va oddiy avtomatlashtirishdan iborat bo‘lsa — siz mahsulot emassiz, siz ikki kunda nusxa ko‘chirib bo‘ladigan qoralamasiz xolos. Qoralamalar esa qimmat turmaydi.

Ilgari mantiq oddiy edi: Kompaniyangizda 10 ta xodim bormi? Demak, dasturdan foydalanish uchun 10 ta o‘rin (seat) sotib olasiz va 10 kishi uchun pul to‘laysiz. Xuddi avtobusga chipta olgandek. O‘sha 10 ta xodim bajaradigan ishni endi bitta AI-agent (bot) bajaryapti. Jamoada odam soni kamaydi, lekin ish hajmi o‘sha-o‘sha.

AI-agentlar davrida faqat raqobatbardosh mahsulot qurganlar omon qoladi. Bu — tizimlar bilan uzviy bog‘lanish, yillar davomida yig‘ilgan noyob ma’lumotlar bazasi va yirik korporatsiyalar talab qiladigan xavfsizlik kafolatidir. Shunchaki chiroyli interfeys emas, balki biznesning ajralmas, xavfsiz va murakkab qismiga aylangan mahsulotnigina hech qanday bot almashtira olmaydi.

Strategiya oddiy, lekin ko‘pchilik bunga amal qilmaydi: mijoz ayni damda his qilayotgan bitta og‘riqli nuqtani toping. Agentni qo‘ying — u buni tuzatsin. Va natijani ko‘rsating. Taqdimotni emas, jonli natijani.

Loyiha qiymatini aniqlash uchun bitta strategik savolga javob berish kifoya: Mahsulotingiz aynan nima vazifani bajaradi?

Agar u faqat jarayonlarni tashkil etsa: Ya’ni eslatmalar yuborish, dashboardlar orqali ma’lumotlarni vizuallashtirish kabi «yordamchi» funksiyalar bilan cheklansa — mahsulotingiz jiddiy xavf ostida. Bunday vazifalarni AI-agentlar ancha tez, samarali va arzonroq bajarishga o‘tib bo‘ldi.

Agar u operatsion natija bersa: Ya’ni murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirsa, tranzaksiyalarni kelishsa, tizimli integratsiyalarni ta’minlasa va eng muhimi — yakuniy natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olsa, uning bozordagi qadri faqat oshib boradi.

Bugungi bozorda chiroyli interfeys emas, balki biznesning uzluksiz ishlashini ta’minlovchi ajralmas infratuzilmaga aylangan mahsulotlar g‘alaba qozonadi. Shunday darajaga yetingki, mahsulotingizni tizimdan sug‘urib olish biznesning to‘xtab qolishiga sabab bo‘lsin — shunda hech qanday AI-agent sizning o‘rningizni bosa olmaydi.

Previous Post

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan Qonun qabul qilindi

Next Post

Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Pivot

Related Posts

Mahsulotingiz o‘sishdan to‘xtadimi? Jason Cohen’dan 2 bosqichli strategiya

Mahsulotingiz o‘sishdan to‘xtadimi? Jason Cohen’dan 2 bosqichli strategiya

Sentabr 4, 2026
$100 minglik B2B bitimni qanday yopish mumkin? Enterprise sotuvlar bo‘yicha 5 ta asosiy tamoyil

$100 minglik B2B bitimni qanday yopish mumkin? Enterprise sotuvlar bo‘yicha 5 ta asosiy tamoyil

Sentabr 3, 2026
AI bir kishilik kompaniyalarni million dollarlik biznesga aylantirmoqda

AI bir kishilik kompaniyalarni million dollarlik biznesga aylantirmoqda

Avgust 10, 2026
Y Combinator Fall 2026: Mahalliy founderlar qaysi g‘oyalarga e’tibor qaratishi kerak?

Y Combinator Fall 2026: Mahalliy founderlar qaysi g‘oyalarga e’tibor qaratishi kerak?

Avgust 4, 2026
Next Post
Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston bo‘ylab 1000 dan ortiq restoranlarga xizmat ko‘rsatayotgan Samarqandlik asoschi “Taqdimot O‘zbekiston”da $200,000 investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston bo‘ylab 1000 dan ortiq restoranlarga xizmat ko‘rsatayotgan Samarqandlik asoschi “Taqdimot O‘zbekiston”da $200,000 investitsiya jalb qildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda

Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda

Sentabr 7, 2026
Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi

Sentabr 5, 2026
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?

Sentabr 5, 2026
Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Sentabr 5, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston mintaqaviy venchur bitimlarida yetakchilik qilmoqda, ammo exit jarayonlari ortda qolmoqda
  • Katta til modellari oddiy tovarga aylanmaydi
  • Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi?
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?