Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Smartup: Firibgarlikda ayblangan startapdan yangi tizimgacha 

by Pivot
Iyun 22, 2026
in Asoschilar hikoyalari
Reading Time: 3 mins read
A A
Smartup: Firibgarlikda ayblangan startapdan yangi tizimgacha 
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Smartup tarixi 2009-yillarda boshlangan. O‘sha davrda biznes masalalar ko‘proq choyxonalarda hal qilinar, ma’lumotlar esa A4 formatdagi daftarlarda saqlanar edi. Korxonalarda avtomatlashtirish esa faqat xizmat mashinalaridagi uzatma qutilarida bo‘lar edi xolos. Smartup asoschisi Abduqahhor Toshmuxamedov, biznesi ilk mijozlar shubhasidan qanday qilib xalqaro darajaga chiqqani va nega hali oldinda uzoq yo‘l borligini so‘zlab beradi.

Men biznesni boshlaganimda bozor umuman yo’q edi. Tadbirkorlar umuman dasturiy ta’minotdan foydalanishmasdi, yoki uni Yangioboddan 5 dollarga olib qulaygina ishlatishardi. O‘sha davrda jamoa bilan kelajak sari intilardik. O‘zbekistondagi biznesni tizimli qilib, o‘zida big data, bozor, savdo hamda chakana nuqtalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyda jamlab, o‘zaro samarali ishlashini xohlardik. Chunki biz, biznesning kengayishi faqat shu yo‘l bilan amalga oshishini bilardik. 

Dastlab odamlarni mahsulotimiz kerakligiga ishontirish juda qiyin bo‘lgan. Meni oddiy va hammaga oson narsani qimmatga sotmoqchi bo‘lgan firibgar deb atashgan paytlar ham bo‘lgan. Avtomatizatsiyaning qiymatini xalqaro kompaniyalar birinchi bo’lib tushundi. Mars, Nestlé, Pepsi esa mahalliy biznes bu savolni o’ylab ham ko’rmagan paytda Smartupning yirik mijozlariga aylandi. 2018-yil burilish nuqtasi bo’ldi: mamlakatda tizimli o’zgarishlar boshlandi va samaradorlikni hisoblash zaruriyatga aylandi.

Shaffoflik bilan ma’lumotlar va jarayonlar boshqarilmasa, o‘sish bo‘lmasligini tushungan mahalliy tadbirkorlar yirik korxonalar ortidan bizga murojaat qilishni boshlashdi. Odamlar vaziyatni tushunishi bilan birgalikda tezlikni oshirdik. Bozorni oldinga tortishni boshladik va buni deyarli 14 yildan beri qilib kelmoqdamiz. Avvalroq davlat organlari darajasida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 7% Smartup mijozlar tizimi orqali o‘tishi baholangan edi. Bu quvonarli holat, lekin buning natijasida bizga katta mas’uliyat ham yuklangan. 

O‘tmishga nazar tashlab, nima uchun o‘sishni boshlaganimizni va o‘zbek biznesi nega biz tomonga intilganini aniq tushunaman: bunga kadrlar almashinuvi, davlat tomonidan markirovka, tovarlar harakatini nazorat qilish va ularni kuzatib borish kabi talablarning kuchayishi sabab bo‘ldi. Qolaversa, davlat miqyosidagi biznes standartlari va jahon tendensiyalari o‘zgardi, biz esa ana shu standartlarning bir qismiga aylandik. Bunday o‘zgarishlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ruxsat berish rejimi joriy etildi, kassa apparatlari endilikda shunchaki pul sanaydigan qurilma emas, balki nazorat nuqtasiga aylandi. Agar siz biznes sifatida bu jarayonlarni to‘g‘ri boshqara olmasangiz, operatsion darajada ishlay olmaysiz.

Bunday tezlikda ishlash juda qiyin. Jamoam o‘z kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib, mahsulotimiz va bozorga yangiliklarni joriy etayotgani uchun ulardan juda minnatdorman. Hozirda biz to’laqonli ekotizim yaratmoqdamiz: sotuv, ombor, moliya, treyd-marketing, integratsiya modullari va kelajakda O’zbekiston biznesi hayotini yengillashtiradigan boshqa qo’shimcha xizmatlar. Oddiy qilib aytganda maqsadimiz, biznesmen uchun barcha kerakli ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni bir joyda, qo‘l ostida bo‘lishi. Bu umumiy samaradorlik darajasini sezilarli ravishda oshiradi.

2 000 ta biznesning bizga ishonch bildiriganining yana bir sababi — avtomatlashtirishni joriy etishning soddaligi va tezligi. Oldin ham, hozir ham ko‘pchilik avtomatlashtirishni oylar davom etadigan, qiyin va uzoq jarayon deb o‘ylaydi. Biz esa hatto chuqur avtomatlashtirishni real biznesga ancha tezroq, standartlashtirilgan tarzda va sifatli joriy qilish mumkinligini amalda isbotladik.

Lekin, bizning yechimimiz yagona hamda muqobilsiz degani emas: sohamiz va texnologiyalar rivojlanib bormoqda, har qanday mahsulotdan nusxa ko‘chirish, kodni qayta yozish, shablonlarni o‘zlashtirish mumkin. Mahsulot darajasidagi o‘ziga xos taklif (UTP) bizning biznes modelimizda amalda erishib bo‘lmaydigan holatdir.  Lekin, aynan bizning ekspertizamiz va ko‘p yillik tajribamiz bizni O‘zbekistonda sifat standartiga aylantiradi. Tajribamiz mevalari — savdo hajmi, yo‘nalishlar, savdo nuqtalarining xatti-harakati hamda turli toifadagi o‘zbek biznesining samaradorligi haqidagi bilimlardir. 

Men Smartupni 200 km/soat tezlikda ketayotgan, lekin 400 km/soatgacha tezlashmoqchi bo‘lgan lokomotivga o‘xshataman. Hali juda ko‘p ishlashimiz kerakligini aniq tushunamiz. Smartup yiliga $40 mlrd+ daromad qiladigan kompaniyalar bilan raqobatlashmoqda. Bizning benchmarklarimiz shunday darajada bo‘lgani uchun, hozirda millionlab dollar investitsiyalarni jalb qilib, jamoani rivojlantirish, tuzilmani yangilash hamda kengayishga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirmoqdamiz. 

Biz Qirg‘izistonda ofis ochdik, tez orada Qozog‘iston va Tojikistonda ham o‘z faoliyatimizni yo‘lga qo‘yamiz. Keyingi qadam — Kavkaz va arab bozorlari. Kengayish deganda faqat geografik o’sishni nazarda tutmayapmiz. Yangi ofislar va bozorlar — bu natija, maqsad emas. Maqsadimiz ancha ambitsiyali: savdo qanday ishlashini belgilaydigan to’laqonli infratuzilmaga aylanish — avval Markaziy Osiyoda, keyin butun dunyoda.

Tags: #Smartup
Previous Post

Saudiyaning DataVolt kompaniyasi O‘zbekistonda AI uchun yirik data-markaz qurmoqda

Next Post

19 yoshimda qurol yaratish uchun MIT’ni tashlab ketdim

Pivot

Related Posts

From ride-hailing to physical AI: Uber’s next trillion-dollar vision

Uber endi shunchaki taksi ilovasi emas: kompaniya $1 trillionlik bozorni nishonga olmoqda

Iyul 4, 2026
Tohirjon Mirzajonovning hikoyasi: $400 million dollarlik boshqaruvdan O‘zbekiston startaplarigacha

Tohirjon Mirzajonovning hikoyasi: $400 million dollarlik boshqaruvdan O‘zbekiston startaplarigacha

Iyun 21, 2026
Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Brokerlikdagi muammodan AI startapgacha: TheCarGo hikoyasi

Iyun 13, 2026
Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Yanvar 28, 2026
Next Post
19 yoshimda qurol yaratish uchun MIT’ni tashlab ketdim

19 yoshimda qurol yaratish uchun MIT’ni tashlab ketdim

Toshkent Markaziy Osiyoning navbatdagi moliyaviy markazi bo‘ladimi?

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Avgust 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi
  • Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?