Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi

by Pivot
Noyabr 6, 2025
in Brendlar
Reading Time: 3 mins read
A A
TBC Bank brend salomatligini mustaqil baholash natijalariga koʻra, O‘zbekistondagi top-3 taniqli banklar qatoriga kirdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Toshkent, O‘zbekiston — 2025-yil, 3-noyabr — Research Group Central Asia (RGCA) tadqiqot agentligi O‘zbekistonda banklar va to‘lov xizmatlari brendlarining sog‘lomlik darajasini baholovchi Brand Health Tracking hisobotining dastlabki bosqich natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, TBC Bank mamlakatdagi 15 ta yirik bank orasida brendni bilish darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Bank o‘z natijalarini barcha yo‘nalishlarda — hech qanday eslatmalarsiz hamda eslatmalar bilan tanib olish bo‘yicha oʻz mavqeyini yaxshiladi. Ayniqsa, poytaxtda sezilarli o‘sish kuzatildi — Toshkent shahrida TBC Bank barcha banklar orasida taniqlilik bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Tadqiqot foydalanuvchilar turli vaziyatlarda brendlarni qanchalik oson eslashini hamda moliya bozorida raqobat kuchayayotgan bir sharoitda ularning tanlovlari dinamikasini aks ettiradi. Metodika to‘rtta asosiy ko‘rsatkichni muntazam ravishda o‘lchashni o‘z ichiga oladi:

  • Brendni bilish darajasi (Brand Awareness)
  • Foydalanish (Usage)
  • Kelajakda tanlash ehtimoli (Consideration)
  • Mijozlarning qoniqish(CSI) hamda sodiqlik indeksi (NPS)

2025-yilda o‘tkazilgan tadqiqotning birinchi bosqichi O‘zbekistonning barcha hududlaridan 18–65 yosh oralig‘idagi, bank kartasiga ega va to‘lov yoki bank ilovalaridan foydalanuvchi jami 2 000 nafar respondentni qamrab oldi. Tanlovda shahar va qishloq aholisi nisbati hamda daromad darajasidagi farqlar inobatga olindi.

Natijalarga koʻra, TBC Bank oʻz mijozlar bazasini ham sezilarli oshirgan: yangi tadqiqotda qatnashgan respondentlarning ko‘pchiligi bank xizmatlaridan soʻnggi uch oyda foydalanganliklarini va hozirda ham foydalanishda davom etayotganliklarini bildirishgan. RGCA ta’kidlashicha, asosiy o‘sish ko‘rsatkichlari asosan o‘rta va yuqori daromadli shahar aholisi orasida kuzatilmoqda. 

Tadqiqotda qayd etilishicha, TBC Bank mijozlar tomonidan “ishonchli” va “qulay” bank sifatida qabul qilinmoqda. Ishtirokchilar mobil ilova va xizmat ko‘rsatish sifati ancha yaxshilanganini ta’kidlashgan. Bankning taniqliligi ham ortib bormoqda — respondentlarning 11 foizi bank nomini hech qanday eslatmasiz tilga olgan bo‘lsa, 29 foizi esa nomi aytilganda darhol tanigan. Bu esa brendga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

“TBC Bank — bu nafaqat bank, balki raqamli xizmatlarni odamlarga yanada yaqinroq va tushunarliroq qilayotgan insonlar haqidagi hikoya. Biz mijozlarimiz bilan birga o‘smoqdamiz va ko‘ryapmizki, ishonch ortidan taniqlilik, qulaylik ortidan esa brendga samimiy bog‘liqlik paydo bo‘ladi”, — deydi TBC Uzbekistan marketing bo‘yicha direktori Nodira Sultanhodjayeva.

Fintex segmentida payme va Click Oʻzbekistondagi eng taniqli toʻlov servislaridan boʻlib qolmoqda. Tadqiqot ma’lumotlariga koʻra, payme Toshkentda spontan taniqlilik boʻyicha yetakchilikni saqlab turibdi — respondentlarning 19 foizi “qaysi toʻlov ilovalarini bilasiz?” degan savolga birinchi boʻlib aynan payme’ni tilga olgan. Brendning umumiy taniqliligi 70 foizdan oshiq bo‘lib, xizmatdan foydalanish darajasi ayniqsa shahar aholisi va oʻrta daromadli foydalanuvchilar orasida yuqori darajada. Tadqiqot shuni ham koʻrsatdiki, ayollar payme’ni erkaklarga qaraganda ko‘proq eslashadi, poytaxtdagi har beshinchi foydalanuvchi esa ilovadan kelgusida ham foydalanishini bildirgan.

“Biz Oʻzbekistonda nafaqat Toshkentda, balki viloyatlarda ham onlayn-banklar va fintex xizmatlariga boʻlgan ishonch ortib borayotganini kuzatmoqdamiz. Bugungi kunda foydalanuvchilar uchun omonat stavkasi yoki komissiya miqdori emas, balki ilova orqali moliyaviy masalalarni qanchalik tez va qulay hal qilish mumkinligi muhim. Bu ayniqsa 25–40 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar orasida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Aynan ular raqamli xizmatlarga bo‘lgan asosiy talabni shakllantirmoqda va ko‘pincha bir nechta ilovalardan bir vaqtning o‘zida foydalanadi. Raqamli mahsulotlar endi tor doiradagi yechim emas, balki kundalik moliyaviy hayotning ajralmas qismiga aylanmoqda. Bu esa banklar va fintex kompaniyalari uchun muhim signal: raqobat tobora narx siyosatidan foydalanuvchi tajribasi va texnologiyalar sohasiga o‘tayapti,” — deydi RGCA bosh direktori Vyacheslav Karpov.

Brand Health Tracking tadqiqoti Research Group Central Asia tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib, bozordagi brendlar haqidagi tasavvur dinamikasini kuzatish imkonini beradi. 2025-yilgi tadqiqotning birinchi bosqichi natijalari shuni ko‘rsatadiki, TBC Uzbekistan ekotizimi bank va fintex mahsulotlari o‘rtasidagi sinergiya orqali o‘z pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda — TBC Bank yirik banklar orasida mavqeyini oshirayotgan bo‘lsa, payme raqamli to‘lovlar bozorida yetakchiligini saqlab qolmoqda.

Hamkorlik

Previous Post

Qozog‘istonlik Armeta AI startapi Alchemist Accelerator dasturiga qabul qilindi va AQSh–Qatar venchur fondidan $1 mln investitsiya jalb qildi

Next Post

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Pivot

Related Posts

Apple hali ham sun’iy intellekt poygasida yutishi mumkin

Apple hali ham sun’iy intellekt poygasida yutishi mumkin

Oktabr 13, 2025
SEO va qidiruv tizimlari aslida qanday ishlaydi? Yandeks vakilining izohi

SEO va qidiruv tizimlari aslida qanday ishlaydi? Yandeks vakilining izohi

May 8, 2025
Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan Market marketpleysini ishga tushirdi

Aprel 7, 2025
Lipton brendining sirli sahifalari: innovatsiya va global mojarolar

Lipton brendining sirli sahifalari: innovatsiya va global mojarolar

Mart 4, 2025
Next Post
Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

Siz hech qachon yutqazmaydigan o‘yin

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi — bu Apple Pay va Google Pay tizimlarini ishga tushirishga yo‘l ochadi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?

Dekabr 15, 2025
YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi

Dekabr 11, 2025
Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti

Dekabr 11, 2025
O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

O‘zbekiston farmatsevtika sektori: tizimli muammolar va ularni yechishi mumkin bo‘lgan startaplar bozori

Dekabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Oʻzbekiston kapital bozori burilish nuqtasida: $1 mlrd investitsiya, dual listing va Bazel III nimani anglatadi?
  • YouTube: hazildan boshlangan startap 2026 yilda janrga asoslangan TV obunalarini ishga tushiradi
  • Pitch yoki failure: pitchdan oldin startap asoschilari uchun yakuniy tayyorlik cheklisti
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?