Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Tramp Arab dunyosidan nima yutdi?  

by Gulnoza Sobirova
May 20, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Tramp Arab dunyosidan nima yutdi?  
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

2025-yil may oyida AQSh prezidenti Donald Trampning Birlashgan Arab Amirliklariga safari tantanali kutib olish marosimi bilan cheklanmadi. U bilan birga CEOlar, yirik bitimlar va sun’iy intellektga oid katta rejalar ham kelgan edi. Bu tashrif faqat diplomatiya emas, balki Vashington va Abu-Dabi o‘rtasida texnologiya, AI va infratuzilma sohalarida jasur strategik ittifoqning boshlanishini anglatadi.

Raqamlar nihoyatda yirik. Ammo milliardlar ortida global iqtisodiy kuch muvozanatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan strategik siljishlar yashiringan. Quyida aynan nima bo‘lganini — va nima uchun bu muhimligini ko‘rib chiqamiz.

Mintaqada $2 trillion — va bu raqam o‘sishda davom etmoqda

Trampning BAAga tashrifi davomida $200 milliardlik yangi kelishuvlar e’lon qilindi. Bu bitimlar aerokosmik sanoat, toza energiya va chip ta’minot zanjirlarini qamrab olgan holda — faqat umumiy manzaraning bir qismi xolos. Trampning Fors ko‘rfazi davlatlari bilan olib borgan muzokaralari natijasida jami $2 trilliondan ortiq investitsiya va’dalari kafolatlandi:

  • Saudiya Arabistonidan $600 milliard
  • Qatardan $1.2 trillion (shu jumladan $243.5 milliardlik AQSh-Qatar savdo va mudofaa bitimlari)
  • BAAdan $1.4 trillionlik mart oyida imzolangan kelishuv mustahkamlanishi, va unga qo‘shimcha $200 milliardlik tijorat shartnomalari

Energitika esa ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishiga aylandi. BAA energetika vaziri Sulton Al Jaber BAAning AQShdagi energiya investitsiyalari 2035-yilgacha $70 milliarddan $440 milliardga yetishini ma’lum qildi. U, shuningdek, AQShda va BAA ichida yangi, noan’anaviy neft va gaz qazib olish loyihalari uchun $60 milliard ajratilishini ham tasdiqladi.

Bu shunchaki Ko‘rfaz sarmoyasining Amerikaga oqimi emas. Bu — ikki tomonlama, chuqur strategik hamkorlik. Microsoft va Oracle kabi yirik AQSh texnologiya kompaniyalari mintaqada o‘z ishtirokini kengaytirishga tayyor turibdi — xususan, bulutli xizmatlar va sun’iy intellekt sohalarida. Abu-Dabiga yetkazib berilayotgan chiplar esa, ehtimol, AQShda o‘qitilgan navbatdagi AI modellarning quvvati bo‘lib xizmat qiladi — cho‘ldagi serverlarda ishlaydi, lekin global raqobatda yetakchilik uchun xizmat qiladi.

Kutilmagan bitim

Tashrif doirasida eng diqqatga sazovor voqea – BAAga Nvidia H100 chiplarini eksport qilishga ruxsat berilishi bo‘ldi. Bu chiplar AI sohasida inqilobiy ahamiyatga ega bo‘lib, ilgari faqat AQShda va ba’zi ittifoqchilarda mavjud edi.

Endilikda BAA 2027-yilgacha yiliga 500,000 tagacha H100 chiplarini olishga ruxsat oldi. Bitimga ko‘ra, har yili ularning 20 foizi — ya’ni 100,000 dona — BAAning G42 texnologik kompaniyasiga ajratiladi, qolganlari esa Microsoft va Oracle kabi yirik AI infratuzilmasiga ega AQSh kompaniyalari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular ham o‘z navbatida BAAda yangi data markazlar qurishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, G42 va AQSh texnologiya kompaniyalari Abu-Dabida 10 kvadrat mil maydonga ega, 5 gigavattli sun’iy intellekt kampusini barpo etadi. Bu Shimoliy Amerikadan tashqaridagi eng yirik AI markaziga aylanadi — model o‘rgatish, simulyatsiyalar va global bulut operatsiyalarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Bu oddiy infratuzilma emas — bu ma’lumotlar ustidan suverenitet haqida. Fors ko‘rfazi AI ni faqat ijaraga olmoqchi emas — u uni o‘zi boshqarmoqchi.

Disney’ning kutilmagan kengayishi

Tashrif fonida kutilmagan yangilik: Disney va BAAning Miral kompaniyasi Yaqin Sharqda birinchi to‘liq Disney bog‘ini qurishini e’lon qildi. Bu bog‘ mintaqaviy madaniyat va global brend uyg‘unligi asosida quriladi.

Xulosa

Trampning BAAga tashrifi diplomatiya doirasidan chiqib, texnologik qudrat va iqtisodiy strategiyalar maydoniga ko‘chdi. BAA sun’iy intellekt va ma’lumot infratuzilmasi bo‘yicha global o‘yinchiga aylanish sari jiddiy qadam qo‘ymoqda. Tramp esa bu tashrif orqali AQSh tashqi siyosatini iqtisodiy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirayotganini ko‘rsatdi: biznes – bu uning geosiyosati.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

TBC Digital 4 trln so‘mlik oddiy aksiyalarni sotuvga chiqaradi

Next Post

Windows AI Foundry taqdim etildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Keyingi unicorn bolalar telefoni ishlab chiqaruvchisi bo’lishi mumkinmi?

Keyingi unicorn bolalar telefoni ishlab chiqaruvchisi bo’lishi mumkinmi?

Iyul 18, 2026
Apple OpenAI’ni sudga berdi

Apple OpenAI’ni sudga berdi

Iyul 18, 2026
Kimi K3 front-end dasturlash bo‘yicha dunyoning eng kuchli AI modeliga aylandi

Kimi K3 front-end dasturlash bo‘yicha dunyoning eng kuchli AI modeliga aylandi

Iyul 18, 2026
Hyundai’da robotlar sabab kasaba uyushmasi bilan kelishmovchilik yuzaga keldi

Hyundai’da robotlar sabab kasaba uyushmasi bilan kelishmovchilik yuzaga keldi

Iyul 17, 2026
Next Post
Windows AI Foundry taqdim etildi

Windows AI Foundry taqdim etildi

Apple App Store qoidalari yumshadi — Spotify ilovasida yangi imkoniyat

Apple App Store qoidalari yumshadi — Spotify ilovasida yangi imkoniyat

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi

Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi

Iyul 18, 2026
Keyingi unicorn bolalar telefoni ishlab chiqaruvchisi bo’lishi mumkinmi?

Keyingi unicorn bolalar telefoni ishlab chiqaruvchisi bo’lishi mumkinmi?

Iyul 18, 2026
Apple OpenAI’ni sudga berdi

Apple OpenAI’ni sudga berdi

Iyul 18, 2026
Kimi K3 front-end dasturlash bo‘yicha dunyoning eng kuchli AI modeliga aylandi

Kimi K3 front-end dasturlash bo‘yicha dunyoning eng kuchli AI modeliga aylandi

Iyul 18, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi
  • Keyingi unicorn bolalar telefoni ishlab chiqaruvchisi bo’lishi mumkinmi?
  • Apple OpenAI’ni sudga berdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?