Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Tramp xohlasa ham, nega iPhone AQShda ishlab chiqarilmaydi?

by Gulnoza Sobirova
May 26, 2025
in Yangiliklar
Reading Time: 4 mins read
A A
Tramp xohlasa ham, nega iPhone AQShda ishlab chiqarilmaydi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Prezident Donald Tramp bir necha bor Apple kompaniyasini iPhone’larini AQShda ishlab chiqarishga da’vat etib, chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 25% gacha boj solish bilan tahdid qilgan. Biroq sanoat ekspertlari va Apple’ni yaqindan kuzatib boruvchilari bu fikrni haqiqatdan yiroq, deya baholaydi. Sababi esa oddiy: bu Apple istagiga bog‘liq emas – bu ishni Amerika uddalay olmaydi.

Financial Times jurnalisti Patrick McGee, yangi chiqargan “Apple In China: The Capture of the World’s Greatest Company” nomli kitobida Apple qanday qilib Xitoyning mehnat bozori, infratuzilmasi va ta’minot zanjiri bilan chuqur bog‘lanib qolganini batafsil ochib beradi. Yillar davomida Apple’ni yoritib kelgan McGee shunday xulosa qiladi: Xitoydagi ekotizim Apple uchun nafaqat foydali, balki tubdan o‘zgartiruvchi bo‘lgan. Bu o‘zgarish faqat Apple uchun emas, Xitoy uchun ham, chunki u AQShning ilg‘or ishlab chiqarish tajribalariga misli ko‘rilmagan darajada kirib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

McGee izohiga ko‘ra, iPhone ishlab chiqarish murakkab mehnat va logistika tizimini talab qiladi. Xitoyning Zhengzhou yoki Shenzhen kabi shaharlarida bir necha hafta ichida yuz minglab iPhone qurilmalari yig‘ilishi mumkin. Foxconn va boshqa pudratchi ishlab chiqaruvchilar mavsumiy iPhone ishlab chiqarish davrida moslashuvchan ishchi kuchini jalb qiladi va bu ishchilar keyinchalik boshqa loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu model Apple uchun xarajatlarni kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi. Bunday tizimni AQShda qayta yaratish — butun shaharlarni qisqa muddatli ishchi kuchiga aylantirishga ko‘ndirishni anglatadi, biroq bu yerda Xitoydagidek moslashuvchan mehnat bozori mavjud emas.

Bu ishlab chiqarish quvvatini AQShda yo‘lga qo‘yish ko‘plab muammolarga duch keladi. Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, iPhone qurilmasining AQShda ishlab chiqarilishi uning narxini hozirgi $799–$1,200 oralig‘idan taxminan $3,500 gacha oshirishi mumkin. Bu keskin narx o‘sishi yuqori ishchi kuchi xarajatlari, yangi infratuzilma qurish zarurati va elektronika sohasida tajribali malakali ishchilar tanqisligi bilan izohlanadi.

Bu faqat mehnat kuchi bilan bog‘liq emas. Xitoyda Apple ehtiyojlariga maxsus moslashtirilgan, bir-biri bilan chuqur bog‘langan zavodlar, pudratchilar va logistika markazlaridan iborat tengsiz ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud. AQSh yangi zavod qurish uchun ekologik ruxsat olguncha, Xitoydagi zavod allaqachon ishlab chiqarishni boshlaydi. Apple Xitoyda faqat telefon yig‘mayapti — u ishlab chiqarish sohasidagi superdavlat imkoniyatlaridan foydalanmoqda.

Geosiyosiy ziddiyatlar va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish maqsadida Apple asta-sekin iPhone ishlab chiqarishni Hindistonda ko‘paytirib bormoqda. 2025-yil boshiga kelib, Hindiston global iPhone ishlab chiqarishining taxminan 17–20 foizini tashkil etdi. Prognozlarga ko‘ra, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich 60–65 foizgacha oshishi mumkin. Apple’ning asosiy ishlab chiqarish hamkori Foxconn bu kengayishni qo‘llab-quvvatlash uchun Tamil Naduda yangi zavod qurilishiga 1,5 milliard dollar sarmoya kiritdi.

Apple tomonidan e’lon qilingan bayonot — ya’ni ko‘pchilik AQShdagi iPhone’lar endi Hindistonda ishlab chiqarilishi — strategik burilishdek ko‘rinishi mumkin. Biroq McGee buni chalg‘ituvchi harakat deb ataydi. Agar iPhone yaratishning 1000 bosqichidan 999 tasi Xitoyda bajarilsa, va faqat oxirgi bosqich — masalan, qutiga joylash — Hindistonda amalga oshirilsa, bu baribir nomidan boshqa hamma jihati bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotdir. Uni “Hindistonda ishlab chiqarilgan” deb belgilash boj to‘lovlaridan qochishga yordam beradi, biroq Apple’ning Xitoyga bo‘lgan real qaramligini kamaytirmaydi.

Yangi bojlar har chorakda Apple’ga taxminan 900 million dollarga tushishi mumkin. Ammo yillik 100 milliard dollardan ortiq foyda ko‘radigan kompaniya bu xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi yoki mijozlarga yuklashi mumkin. iPhone’ning ba’zi yakuniy yig‘ish bosqichlarini Hindistonga o‘tkazish — bu xarajatlardan qochish strategiyasi, ammo Xitoydan chinakam ajralish emas.

Ammo McGee ogohlantiradi: asl muammo shundaki, Apple’ning Xitoydagi faoliyati katta va uzluksiz texnologik bilimlar oqimini yuzaga keltirdi. Yuqori texnologiyali mahsulotlarni AQShda loyihalab, ularni Xitoyda ishlab chiqargan holda, Apple Xitoy muhandislari va ishlab chiqaruvchilariga ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur tushunish imkonini berdi. Bu esa, ayniqsa Xitoy o‘zini AQShning asosiy geosiyosiy raqibi sifatida ko‘rsatayotgan bir paytda, milliy xavfsizlik bilan bog‘liq savollarni tug‘diradi.

Apple Xitoyni tark etmoqchi bo‘lsa ham, bu ehtimol allaqachon juda kech bo‘lgan. Yetkazib berish zanjiri haddan tashqari chuqur ildiz otgan, hamkorlik aloqalari juda mustahkam, muqobil variantlar esa yetarli emas. Vyetnam yoki Hindiston kabi davlatlar kelajakda Apple ishlab chiqarishining katta qismini o‘z zimmasiga olishi mumkin, biroq bu mamlakatlar Xitoy darajasidagi imkoniyatlarni taqdim eta olishiga hali yillar kerak bo‘ladi.

Tramp ilgari surgan boj tariflari mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilga bo‘lsa-da, ularni amalga oshirish huquqiy jihatdan murakkab. Bunday bojlarni joriy etishda Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA)dan foydalanish qonuniy jihatdan muammolarga duch kelishi mumkin, va bu yondashuv AQShga ishlab chiqarish ish o‘rinlarini qaytarishda qanchalik samarali bo‘lishi — bahsli masala.

Shunday ekan, hozircha AQSh faqat tahdid qiladi, yoki rag‘batlaydi. Ammo haqiqat o‘zgarmaydi: iPhone – bu Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulot. Va bu holat, Amerika sanoat tizimini tubdan qayta yaratmaguncha, o‘zgarishi qiyin.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Trampning YI uchun tariflari rejasi: Global savdo urushining navbatdagi bobi

Next Post

Apple’ning afsonaviy dizayneri Jonni Ayv OpenAI’ga qo‘shildi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

O‘zbekiston davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlar sizib chiqishi: fuqarolar nima qilishi kerak?

Fevral 4, 2026
Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Imkon VC O‘zbekistonda startap investitsiyalarini soddalashtirish va kraudfanding orqali asoschilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ish boshladi

Fevral 1, 2026
Qozog‘iston SI rivoji bo‘yicha ilk hisobotini taqdim etdi

Qozog‘iston SI rivoji bo‘yicha ilk hisobotini taqdim etdi

Yanvar 29, 2026
Next Post
Apple’ning afsonaviy dizayneri Jonni Ayv OpenAI’ga qo‘shildi

Apple’ning afsonaviy dizayneri Jonni Ayv OpenAI’ga qo‘shildi

Big Tech tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yadro bo‘linishi bo‘yicha startaplar

Big Tech tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yadro bo‘linishi bo‘yicha startaplar

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?

Fevral 9, 2026

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Raqamli balog‘at: ijtimoiy tarmoqlar bolalar uchun yopiq zonaga aylanadimi?
  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?