Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Trump AQShda sun’iy intellekt uchun $500 milliard dollarlik infratuzilma loyihasini e’lon qildi

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 23, 2025
in AI, Yangiliklar
Reading Time: 3 mins read
A A
Trump AQShda sun’iy intellekt uchun $500 milliard dollarlik infratuzilma loyihasini e’lon qildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

“Stargate” nomli loyiha AQShning sun’iy intellekt sohasida yetakchiligini ta’minlash va 100,000 ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan

Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda OpenAI bosh direktori Sem Altman, SoftBank bosh direktori Masayoshi Son va Oracle kompaniyasining raisi Larri Ellison prezident Donald Trump bilan birgalikda yangi kompaniya – Stargate loyihasini e’lon qilishdi. Trump buni “sun’iy intellekt infratuzilmasidagi eng yirik loyiha” deb atadi.

Loyiha doirasida dastlab 100 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, keyingi yillarda bu summa 500 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Trumpning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha nafaqat AI infratuzilmasini rivojlantirish, balki 100,000 yangi ish o‘rni yaratishga ham xizmat qiladi.

“Stargate” qanday loyiha?

Loyiha sun’iy intellekt uchun jismoniy va virtual infratuzilma, jumladan, AQSh bo‘ylab ma’lumot markazlarini qurishni o‘z ichiga oladi. Larri Ellisonning ta’kidlashicha, birinchi, 1 million kvadrat futlik ma’lumot markazi Texasda qurilmoqda.

Sem Altman ushbu tashabbusni “davrning eng muhim loyihasi” deb atadi va AQShning sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlash uchun infratuzilma talab qilinishini ta’kidladi. Altman Trump ma’muriyatining bu boradagi qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholab, “Bu loyihani sizsiz amalga oshira olmasdik, janob Prezident,” dedi.

Loyihaning maqsadlari va muammolari

Altman va boshqa AI mutaxassislari kelajakda sun’iy intellektni rivojlantirish uchun ko‘proq ma’lumot markazlari, chiplar, elektr va suv resurslari kerakligini ta’kidlashmoqda. OpenAI o‘z siyosiy hujjatida AQSh hukumati tomonidan infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqishni taklif qildi. Unda qayd etilishicha, AQSh sun’iy intellekt sohasida yetakchilik qilish uchun xalqaro fondlardagi 175 milliard dollarni AI loyihalariga jalb qilish imkoniyatiga ega.

Agar bu sarmoyalar AQShga kelmasa, ular Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan loyihalarga yo‘naltirilishi va Xitoy Kommunistik partiyasining global ta’sirini oshirishi mumkin, deya ta’kidlangan.

Hamkorlar

Stargate loyihasida SoftBank moliyaviy mas’uliyatni, OpenAI esa operatsion boshqaruvni o‘z zimmasiga oladi. Oracle va Abu-Dabi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan MGX ham moliyaviy hissa qo‘shadi. Loyiha boshqaruvini SoftBank rahbari Masayoshi Son amalga oshiradi.

Loyihadagi xavf va muvaffaqiyat

Sun’iy intellekt infratuzilmasiga qaratilgan bu kabi katta loyihalar tarixda aralash natijalar bilan tugagan. Masalan, Trump 2017 yilda Foxconn bilan Wisconsin shtatida 10 milliard dollarlik elektronika zavodini qurishni e’lon qilgan edi. Ammo loyiha qisqartirilib, kutilgan 13,000 ish o‘rnidan atigi 1,500 ish o‘rni yaratilgan.

Biroq, Trump sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishda bu loyiha oldingilaridan ancha muvaffaqiyatli bo‘lishini va AQSh iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishini ta’kidladi. U, shuningdek, oldingi prezident Jo Bayden tomonidan sun’iy intellekt xavflarini tartibga solishga qaratilgan 2023 yildagi ijroiy farmonni bekor qildi.

Oracle ushbu loyihani “AQShning sun’iy intellekt sohasidagi yetakchiligini mustahkamlash, yuz minglab ish o‘rinlari yaratish va global iqtisodiyotga katta foyda keltirish” deb atadi. Shu bilan birga, loyiha AQShning milliy xavfsizligi va global ittifoqchilari uchun strategik imkoniyatlarni oshirishga xizmat qiladi.

Tags: AQShning AI yetakchiligiIsh o‘rinlari yaratishStargate loyihasiSun’iy intellekt infratuzilmasi
Previous Post

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini 2024 yilda 6 foiz deb baholadi

Next Post

Ben Horowitz: Kichik startap Nikirani 1,26 milliardga sotish hikoyasi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026
Next Post
Ben Horowitz: Kichik startap Nikirani 1,26 milliardga sotish hikoyasi

Ben Horowitz: Kichik startap Nikirani 1,26 milliardga sotish hikoyasi

Google HTC’ning XR biznesining bir qismini 250 million dollarga sotib oldi

Google HTC'ning XR biznesining bir qismini 250 million dollarga sotib oldi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

«SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?

«SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?

May 19, 2026
Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • «SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?
  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?